Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek.uz

Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz X
Kanaldagi mavzular:
Қурбонлик
Перевод
Euro
Abituriyent
Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz
Kanaldagi mavzular:
Қурбонлик
Перевод
Euro
Abituriyent
Kanal manzili: @xushnudbek
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 551.00K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•fb.com/xushnudjohn
•twitter.com/xushnudbeck
•instagram.com/xushnudbek
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 14

2024-05-20 18:02:21 Bugundan oʻrta maxsus (akademik litsey) va professional taʼlim muassasalarining 7576 nafar pedagoglari attestatsiyasi boshlandi.

Hududlar kesimida test sinovlari quyidagi OTMlarda boʻlib oʻtmoqda:

● Qoraqalpoq davlat universiteti;
● Andijon davlat tibbiyot instituti;
● Buxoro muhandislik-texnologiya instituti;
● Jizzax politexnika instituti;
● Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti;
● Navoiy davlat pedagogika instituti;
● Namangan davlat pedagogika instituti;
● Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;
● Guliston davlat universiteti;
● Termiz davlat universiteti;
● Toshkent davlat pedagogika universiteti;
● Fargʻona politexnika instituti;
● Urganch davlat universiteti;
● Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti.

Har bir hududdagi test sinovlari ikki smenada o‘tkazilib, soat 10:00 va 14:00 da boshlanadi.

Talabgorlar test sinovlari oʻtkaziladigan obyektlar va test sinovlari vaqti haqidagi maʼlumotlarni pedagog.edu.uz saytidan bilib olishlari mumkin.

Attestatsiyadan ozod qilingan pedagoglar ro’yxati bilan mana bu yerda tanishishingiz mumkin.

Test sinovlari 24-mayga qadar davom etadi.


@xushnudbek
150.2K views15:02
Ochish/sharhlash
2024-05-20 16:15:22 24, 25, 26-may kunlari 775/776-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi:
Samarqand 11:11
Toshkent 13:26


776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi:
Toshkent 13:51
Samarqand 16:05



@xushnudbek
147.8K views13:15
Ochish/sharhlash
2024-05-20 15:07:11
AKFA BUILD “Yil brendi-2023” tanlovida 3 ta nominatsiyada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

18-19-may kunlari bo‘lib o‘tgan “Yil brendi-2023” tanlovida AKFA BUILD kompaniyasi 3 ta mukofotni qo‘lga kiritdi.

Mukofotlarning 2 tasi AKFA BUILD brendiga tegishli bo‘lsa, yana bir nominatsiya bo‘yicha mukofot kompaniyaning Royal subbrendiga topshirildi.

Ushbu mukofot va nominatsiyalar bilan esa yuqoridagi videolavhada tanishishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun:
95-323-33-33
95-325-55-55

Instagram | Telegram | Website | YouTube | Facebook | Reklama
151.3K views12:07
Ochish/sharhlash
2024-05-20 13:09:18
Doniyor Madirimov Ohangaron tumani hokimi etib tayinlandi.

U bunga qadar Toshkent viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo'yicha yordamchisi edi.


@xushnudbek
152.0K views10:09
Ochish/sharhlash
2024-05-20 10:36:10
Muhiddinov Erkin Madorbekovich Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

U bunga qadar Ohangaron tumani hokimi edi.


@xushnudbek
157.3K views07:36
Ochish/sharhlash
2024-05-20 10:04:02
Shavkat Mirziyoyev Eron shimolida yuz bergan fojia oqibatida Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy va unga hamrohlik qilgan shaxslarning vafot etgani munosabati bilan ushbu mamlakat Oliy diniy rahbari oyatulloh Ali Xomaneiyga hamdardlik bildirdi.

Davlatimiz rahbari doʻst Eron xalqiga, marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etdi.


@xushnudbek
153.8K views07:04
Ochish/sharhlash
2024-05-20 08:48:24
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘lgani rasman e'lon qilindi. Halokat natijasida kamida 8 kishi vafot etgan.

Toki muddatidan oldin saylovlar o‘tgunga qadar birinchi vitse-prezident Muhammad Moxber Eron prezidenti vazifasini bajaruvchi bo‘ladi.

Eron Konstitutsiyasiga ko‘ra, muddatidan oldin prezidentlik saylovlari 50 kun ichida o‘tkaziladi.


@xushnudbek
160.5K views05:48
Ochish/sharhlash
2024-05-20 08:14:46
Hayotingizning eng muhim yillarini boy bermang!

Farmatsevtika texnik universiteti
Buyuk Britaniyaning Sanderland va De Montfort universitetlari bilan hamkorlikda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha Britaniya oliy ta'lim dasturlarini taqdim etmoqda:

farmatsiya;
biokimyo;
biotibbiyot fanlari.

Darslar toʻliq ingliz tilida olib boriladi. Universitet bitiruvchilari xalqaro tan olingan Britaniya universitetlari diplomlarini qoʻlga kiritadilar.

xalqaro nufuzli va istiqbolli dasturlar;
xalqaro mutaxassis boʻlish va dunyoga chiqish imkoniyatlari;
grant oʻrinlari.

Talablar
:
5.5 ballga teng boʻlgan IELTS sertifikati yoki shunga muqobil boʻlgan xalqaro sertifikat;
— tugallangan oʻrta ta'lim shahodatnomasi yoki litsey/kollej diplomi.

Dasturlar haqida batafsil maʼlumotni ushbu havola yordamida olish mumkin.

Shoshiling, bor yoʻgʻi 180 ta oʻrin qolgan!

Aloqa uchun telefon:
+998999508080
+998958338181

Mazkur universitet Vazirlar Mahkamasining 17.05.2022-yildagi 263-son qarori bilan tashkil qilingan davlat oliygohi hisoblanadi.

Telegram-kanal | Telegram-bot

Reklama
158.1K viewsedited  05:14
Ochish/sharhlash
2024-05-19 22:34:43 O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonoti:

"Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyotning favqulodda qo‘ndirilishi to‘g‘risidagi xabarni chuqur tashvish bilan qabul qildik.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vertolyot yo‘lovchilari, jumladan Eronning yuqori martabali vakillari taqdiri haqidagi ma’lumotlarni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Barcha yo‘lovchilar tez orada sog‘-salomat topilishiga umid qilamiz. O‘zbekiston tomoni zarurat bo‘lishi bilan Eronlik do‘stlarimizga barcha yordam ko'rsatilishiga to‘liq tayyorligini bildiradi", — deyiladi TIV bayonotida.

Ma’lumot uchun: bugun Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir-Abdullohiyan bo‘lgan vertolyot favqulodda "qattiq qo‘nishni" amalga oshirgan (halokatga uchradi desa ham bo‘ladi).

Raisiy Sharqiy Ozarbayjonga safar qilib, u yerda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashib qaytayotgan edi. Hodisa sodir bo‘lgan tog‘li hududda noqulay ob-havo bo‘lib turgani sababli, qutqaruvchilar hozirgacha vertolyotni topa olishgani yo‘q.


@xushnudbek
165.8K views19:34
Ochish/sharhlash
2024-05-17 15:20:18
Korzinka aksiyasida ishtirok etib, Lixiang L7 krossoveri egasiga aylaning!

Aksiyada qatnashish uchun O‘zbekistonda chiqarilgan Visa kartasidan foydalanib, to‘lov qilishingiz kerak.

Aksiyada faqat Visa kartalari egalari ishtirok eta oladi va buning uchun Visa kartasi bilan 200 000 so‘mlik xarid qilish kifoya. Karta bilan to‘lovni siz uchun qulay usulda — do‘konda yoki Korzinka mobil ilovasida qilishingiz mumkin.

Shuningdek, mini-oʻyin doirasida mahsulotlar uchun mobil ilova orqali to‘lov qilayotganlar va unda ishtirok etayotganlar orasida har kuni Korzinka’da 20 000, 30 000 va 50 000 soʻmlik sertifikatlar ham o‘ynaladi. Xaridlar qancha ko‘p bo‘lsa, g‘olib bo‘lish imkoniyati ham shuncha ko‘p bo‘ladi!

Aksiya 23-iyungacha davom etadi!

Batafsil maʼlumot Korzinka
saytida.

App | Telegram-bot | Facebook | Insta | Web | Reklama
25.4K views12:20
Ochish/sharhlash