Kanal manzili:
Toifalar:
Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar:
24.06K
Kanalning ta’rifi
🎓 Toshkent amaliy fanlar universiteti
📄 Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) №029914:
https://utas.uz/staticfiles/newLicense.pdf
👇 Universitet haqida batafsil:
https://utas.uz/
👇 Aloqa uchun:
@utasunibot
Ratings & Reviews
Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.
5 stars
0
4 stars
0
3 stars
2
2 stars
0
1 stars
1
Oxirgi xabar 8
2023-12-07 13:14:47
Hafta oxiri yaqinlashmoqda, ammo talabalarimizning bilimga boʻlgan ishtiyoqini toʻxtatib boʻlmaydi. Ular uchun sevimli kasbini egallash juda muhim boʻlganligi sababli, har kuni darslarni puxta o'zlashtirib, kutubxonada shugʻullanib qatʼiyat bilan maqsad sari astoydil harakat qilishadi
Siz ham oʻz kasbingizni tanladingizmi?
16.0K views10:14
2023-12-06 09:30:50
Iste’dodli talabalarimiz bilan tanishtirishda davom etamiz
Nurullayeva Nargiza — matematika va informatika fakulteti talabasi. Uning o‘z faniga bo‘lgan qiziqishidan tashqari, boshqa ko‘plab sevimli mashg‘ulotlari ham bor.
Nargiza sayohat qilishni, shirinliklar pishirishni va K-pop yo‘nalishidagi qo‘shiqlar tinglashni yoqtiradi. Sport ham uning jon-dili bo‘lib, karate va voleybol bilan shug‘ullanadi
Nargizaning hayotdagi shiori — hech qachon taslim bo‘lmaslik. Shuning uchun u magistratura va doktoranturani tugatib, ajoyib ustoz bo‘lish uchun astoydil IELTS imtihoniga tayyorlanmoqda.
Sizning hayotdagi shioringiz nima?
12.7K views06:30
2023-12-01 10:57:43
Toshkent amaliy fanlar universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor
Abdusalom Umarov “O’zbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi”dan o’rin oldi.
Bu bo’yicha 23-dekabr “Turkiston” san’at saroyida yilning eng tantanali “OLIMLAR BAYRAMI” taqdirlash marosimi bo’lib o’tadi!
O’zbekistonning taniqli olimlari eksiklopediyasi va tadbir haqida sayt orqali ma’lumot olishingiz mumkin: www.taniqliolimlar.uz
19.3K views07:57
2023-11-29 15:46:29
Talabalarimiz juda ham omadli
Kompyuter injiniringi fakulteti talabalarining yangi o’quv binosi mana shunday koʻrinishda. Bu yer ham boshqa kampuslarimiz kabi yorugʻ va keng. Kuchli kompyuterlar bilan jihozlangan auditoriyalar dizayni esa talabalarni yetuk mutaxassis bo’lishga ilhomlantiradi. Ajoyib chiqqan, shunday emasmi?
Siz universitetimizning qaysi fakultetida oʻqiysiz?
14.3K views12:46
2023-11-24 14:52:40
Salom doʻstlar! Bugun talabalarimizdan biri — Asilbek Abadakimov haqida soʻzlab beramiz!
Axborot xavfsizligi fakulteti talabasi haqiqiy kitob shinavandasi va isteʼdodli rassom hisoblanadi. Uning olamida soʻzlar va ranglar birga jamlanib, gʻaroyib hikoyalar yaraladi.
Har bir kitob Asilbekka oʻzgacha ilhom tuhfa qilsa, chizgan suratlari esa uning ichki dunyosini aks etadi. U oʻqishga butunlay shoʻngʻigan boʻlsada, sevimli mashgʻulotlarini davom ettirishga ham vaqt topadi.
Siz ham kitob oʻqish va surat solishni yoqtirasizmi? Izohlarda oʻzingizning sevimli ijodiy mashgʻulotlaringiz haqida soʻzlab bering!
21.2K views11:52
2023-11-23 11:24:52
Talabalarimizni ko'pincha IT xonalarida va kutubxonada kitob mutolaasi ustida uchratishingiz mumkin. Ular doimiy ravishda yangi bilimlar o'rganib, kelajakda kerakli kadrga aylanish tomon qadam tashlamoqda.
Universitetimizda mana shunday muhit hukm surmoqda. Siz qaysi fakultetda o'qiysiz?
14.0K views08:24
2023-11-21 09:57:27
Ba'zan biror savolning javobi yo'qdek tuyuladi, ammo do'stlar bilan birga bo’lganingizda istalgan muammoning yechimi topiladi. Shuning uchun ham talabalarimiz hal qila olmaydigan vazifalar yo'q, chunki ular hamma narsaga hamjihatlikda yondashadi.
Sizningcha, fotosuratda talabalarimiz nima ustida bosh qotirishmoqda?
17.1K views06:57
2023-11-19 09:01:57
O'qituvchilar — universitetimizning faxri hisoblanadi
Meliqo'ziyev Rustambek bizdagi hisoblash texnikasi kafedrasi mudiri bo'lib ishlaydi. Uning ta'lim berishga mehri o'qituvchi bo'lgan otasi tufayli tushgan.
O'qituvchimiz nafaqat ajoyib o'qituvchi, balki tan olingan yakkama-yakka kurash ustasi hamdir. U ushu sport turi bo'yicha ikki karra O'zbekiston chempionidir. Bo'sh vaqtlarida u startap ishlari bilan shug'ullanadi.
Qahramonimizni yangi yutuqlarga Viktor Soyning "Kukushka" qo'shig'i va "Opengeymer" filmi ilhomlantiradi.
13.6K views06:01
2023-11-18 09:01:50
Universitetimizda ta'lim olish jarayonida u yoki bu talabada ko'pincha yangi mavzu bo'yicha savollar tug'ilishi mumkin. Ammo, yoningizda qiyin damda yordam beradigan do'stlar bo'lganda, yechim har doim topiladi.
Shuning uchun talabalarimiz orzu qilgan kasblariga yana bir qadam yaqinlashadilar
16.8K views06:01
2023-11-16 18:29:56
Toshkent amaliy fanlar universiteti hamda Sungkonghoe universiteti o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.Sungkonghoe universitetidan prorektor Keyongmoon Kim universitetimizga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida universitetimizda koreys tilini xorijiy til sifatida o'quv dasturiga kiritish, ikkala universitetlar o'rtasida 3+1 dasturi bo'yicha mutaxassis tayyorlash hamda boshqa bir qator muhim masalalar muhokama qilindi.
15.7K views15:29