Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent amaliy fanlar universiteti

Telegram kanalining logotibi utasuz — Toshkent amaliy fanlar universiteti T
Telegram kanalining logotibi utasuz — Toshkent amaliy fanlar universiteti
Kanal manzili: @utasuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.18K
Kanalning ta’rifi

🎓 Toshkent amaliy fanlar universiteti
📄 Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) №029914:
https://utas.uz/staticfiles/newLicense.pdf
👇 Universitet haqida batafsil:
https://utas.uz/
👇 Aloqa uchun:
@utasunibot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 11

2023-09-30 10:38:35
Bo’sh/vakant o’rinlar uchun imtihon yakunlandi

Bugun, 30-sentabr, Toshkent amaliy fanlar universiteti kirish imtihonlari bo'lib o'tdi.

Imtihon javoblari 4-oktabrda SMS orqali e'lon qilinadi.

Yangiliklardan xabardor bo’lish uchun rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.

Telegram | Instagram
17.4K views07:38
Ochish/sharhlash
2023-09-27 16:10:41
Talaba bo’lish uchun yana bir imkoniyat!

30-sentabr
, ya'ni shanba kuni soat 11:00 da bo'sh/vakant o'rinlar uchun Toshkent amaliy fanlar universiteti ichki imtihoni bo'lib o'tadi. Imtihon onlayn, bu degani - Toshkentga/Universitetga kelish shart emas.

Imtihonga kirish uchun link (havola) sizga - SMS tarzida 29-sentabr soat 15:00 dan keyin jo'natiladi.

Muhim: Imtihonda ishtirok etish uchun utas.uz/admission saytidan ro'yxatdan o'tib, yo'nalish va ta'lim shaklini tanlagan bo'lishingiz kerak.

Imtihon topshirish tartibi bo'yicha batafsil bu yerda.

Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot
16.3K views13:10
Ochish/sharhlash
2023-09-26 12:02:30
Tanishing — axborot texnologiyalari fakulteti ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari Xojibolayev Yodgorbek

Bizning bugungi qahramonimiz juda samimiy inson! U komediya va jangari filmlarni tomosha qilishni, Munisa Rizaeva va Shohruhxon qo'shiqlarini tinglashni yoqtiradi. Ob-havo yaxshi bo'lganda esa farzandlari bilan shahar bo'ylab sayr qilishdan zavqlanadi

Siz esa bo'sh vaqtingizda nima bilan shug'ullanishni yoqtirasiz?
18.9K viewsedited  09:02
Ochish/sharhlash
2023-09-23 11:03:40 Hurmatli talabalar

Siz uchun storislar joylashimiz uchun bizga ovoz bering

Faqat Premium foydalanuvchilari ovoz berishlari mumkin

Siz shunchaki havolaga o'tishingiz va "ovoz berish" tugmasini bosishingiz kerak

Ovoz berish uchun Telegram’ni yangilash kerak.
19.9K views08:03
Ochish/sharhlash
2023-09-22 16:22:51
Abituriyentlar va ularning ota-onalaridan kelib tushgan murojaatlar hisobga olinib, kontrakt to'lovini amalga oshirishning oxirgi muddati 30-sentabrga qadar uzaytirildi.

Kerakli hujjatlarni ham yuqorida ko'rsatilgan sanagacha universitetga olib kelishingiz talab etiladi.

Eslatib o'tamiz, shartnomaning 3.6-bandida "3.3-bandda koʼrsatilgan toʼlov shartlari buzilgan taqdirda, Universitet Talabani talabalar safidan chiqarishga haqli" ekanligi belgilangan.

Shunga ko'ra, kontrakt to'lovini ushbu xabarda ko'rsatilgan muddatdan kech qolmasdan amalga oshirishingizni so'raymiz.

Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot
12.8K views13:22
Ochish/sharhlash
2023-09-21 13:44:20
Kuz yaqindagina boshlanganiga qaramasdan, talabalarimiz allaqachon kitoblar ummoniga sho'ng'ib, darslarga berilib ketishdi! Keling, ularni chalg'itmaylik

Yaxshisi, yangi o'quv yili siz uchun qanday boshlangani haqida so'zlab bering? Nechta kitob o'qishga ulgurdingiz?
17.1K views10:44
Ochish/sharhlash
2023-09-20 17:50:27 Ochiq eshiklar kuni haqida eslatma!

Eslatib o'tamiz, Toshkent amaliy fanlar universitetida 21-sentabr kuni ochiq eshiklar kuni bo'lib o'tadi.

Filial manzillari va aniq vaqtlari haqida batafsil bu yerda.
20.1K views14:50
Ochish/sharhlash
2023-09-20 10:43:49
Imtihon javoblari e'lon qilindi

Toshkent amaliy fanlar universiteti 16-sentabr kuni bo'lib o'tgan kirish imtihonlari natijalari SMS orqali e'lon qilindi.

SMSda berilgan havola orqali shartnomani yuklab olishingiz mumkin.

Agar siz SMS olmagan bo'lsangiz, universitet rasmiy sayti (shartnoma olish tugmasi) orqali javobingizni tekshira olasiz.

Kontrakt to’lovini 30-sentabr sanasigacha amalga oshirishingiz va kerakli hujjatlarni universitetga olib kelishingiz kerak bo’ladi.

Universitetda faqat bitta yagona telefon raqami va telegram-boti bor:

+998712000540
@utasunibot

Boshqa nomer va botlardan ogoh va ehtiyot bo’ling!

Veb-sayt | Telegram | Instagram
20.9K views07:43
Ochish/sharhlash
2023-09-19 11:47:08
Universitetimizdagi ta'lim sizga cheksiz imkoniyatlarni ochib beradi. Biz dastlabki kundanoq talabalarimizning qulay sharoitlari uchun zarur bo'lgan barcha kerakli kitoblar va ta’lim resurslari bilan ta'minlab, ularga g'amxo'rlik qilamiz. Eng muhimi, uyg'unlik va xotirjamlik muhitini yaratamiz.

Toshkent amaliy fanlar universitetida ta'lim olsangiz, yuksak marralarni zabt etish ancha oson bo'ladi!
13.1K viewsedited  08:47
Ochish/sharhlash
2023-09-16 18:20:18
Toshkent amaliy fanlar universiteti imtihonlari yakunlandi

Bugun, 16-sentabr, Toshkent amaliy fanlar universiteti kirish imtihonlari bo'lib o'tdi.

Imtihon javoblari 20-sentabr kuni SMS orqali e'lon qilinadi.

Qabul jarayonlari yakunlandi, yangiliklardan xabardor bo'lish uchun bizni kuzatib boring.
21.5K views15:20
Ochish/sharhlash