Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent amaliy fanlar universiteti

Telegram kanalining logotibi utasuz — Toshkent amaliy fanlar universiteti T
Telegram kanalining logotibi utasuz — Toshkent amaliy fanlar universiteti
Kanal manzili: @utasuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.18K
Kanalning ta’rifi

🎓 Toshkent amaliy fanlar universiteti
📄 Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) №029914:
https://utas.uz/staticfiles/newLicense.pdf
👇 Universitet haqida batafsil:
https://utas.uz/
👇 Aloqa uchun:
@utasunibot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 25

2022-12-30 15:51:40
Yangi yil kirib kelishiga oz qoldi

Toshkent amaliy fanlar universitetining navbatdagi talabasi bilan tanishing. “Dilime” nomi bilan mashhur bo’lgan Dilshod Nazarov Toshkent amaliy fanlar universiteti Bank ishi va auditi yo'nalishi talabasidir.

Oddiy xalq ichidan chiqqan Oddiy bola”dan barcha talaba va ustozlarimizga atalgan yangi yil tabrigini kutib oling.

Barchangizga omad va yaxshi kayfiyat tilaymiz
15.6K viewsedited  12:51
Ochish/sharhlash
2022-12-28 09:04:28
Talabalarimiz naqadar omadli

Iqtisodiyot va kompyuter muhandisligi fakulteti talabalari Farg'ona yo'li ko’chasidagi yangi kampusda ta'lim oladilar. 8 qavatdagi keng auditoriyalar va dam olish xonalari, har atrofda gullab turgan o'simliklar va diqqatga sazovor asosiy joy — qulay kovorking hududi

O'qish nafaqat foydali, balki yoqimli ham bo'lishi kerak, shunday emasmi?

Yangi kampus manzili: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Farg’ona yo’li kochasi, 736 uy
16.2K viewsedited  06:04
Ochish/sharhlash
2022-12-26 12:56:55
Yashasin, bayram vaqti ham keldi

28-dekabrdan 10-yanvargacha Toshkent amaliy fanlar universiteti talabalari uchun ta'til! Darsliklarni chetga surib, do'stlar va yaqinlar bilan Yangi yil bayramini nishonlash mumkin

Miriqib dam olishingizga tilakdoshmiz
17.4K views09:56
Ochish/sharhlash
2022-12-25 19:00:28
Talabalarning tahliliy fikrlari taqdim etildi

Toshkent amaliy fanlar universitetida iqtidorli yoshlarning ilmiy faoliyatiga bag’ishlangan “XXI asr shaxs taraqqiyoti: muammo va yechimlar” mavzusida konferensiya bo’lib o’tdi.

Anjumanda talabalar psixologiya faniga oid ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi.

Ma'ruzalarda XXI asr shaxs taraqqiyoti, globallashuv sharoitida internet tizimining insoniyat psixikasiga ta'siri, bo'lajak mutaxassislarni kasbiy tayyorlashda psixologik bilimlarning zarurati singari mavzular yoshlar tomonidan tahliliy va ilmiy jihatdan o'rganib chiqilgan holda slaydlar orqali taqdim etildi.
20.9K views16:00
Ochish/sharhlash
2022-12-23 13:13:20
Yangi yilga juda oz vaqt qoldi

Ko'p o'tmay darslar o'rniga mushaklar va yaqinlaringiz bilan to'kin dasturxon atrofida uchrashishning sehrli fursati keladi. Archani bezash va sovg'alarni tayyorlash vaqti keldi

Izohlarda bayram kechasidagi istak va rejalaringiz bilan bo'lishing
26.0K views10:13
Ochish/sharhlash
2022-12-21 10:58:47
Prezident murojaatnomasi

Kecha 2022-yil, 20-dekabrda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga va O'zbekiston xalqiga murojaat yo'lladi. Davlatimiz rahbari o‘z so‘zini mamlakatimiz milliy rivojlanishning yangi davriga dadil qadam qo‘yayotgani, hayotimizning barcha jabhalarida ulkan o‘zgarishlar yuz berayotgani bilan boshladi.

O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlashni ustuvor vazifa etib belgilangani aytib o'tildi. Undan tashqari, davlatimiz rahbari o'z nutqida ta'lim haqida “Taʼlim sifatini oshirish – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining yakka-yu yagona toʻgʻri yoʻlidir!” deb ta'kidladi.

Shu bois, Prezidentimiz 2023-yilni “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deb eʼlon qilishni taklif etdi.

Prezident so‘zining yakunida yig‘ilganlarni, butun xalqimizni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan chin qalbdan samimiy tabriklab, sihat-salomatlik, fayzu baraka, oilaviy baxt tiladi.
33.8K views07:58
Ochish/sharhlash
2022-12-20 14:54:07
Dekabr oxiri — sarhisob qilish vaqti

Hozir 2022-yilda erishgan yutuqlaringizni sarhisob qilishning ayni vaqtidir. Universitetimizning qaysi fakultetida tahsil olayotganingiz va kelgusi yil uchun qo'ygan maqsadlaringiz haqida gapirib bering

Izohlarda kutamiz ️
29.0K views11:54
Ochish/sharhlash
2022-12-16 16:12:31
Universitetimiz talabalarini tanishtirishda davom etamiz

Bugungi qahramonimiz — pedagogika va psixologiya fakulteti talabasi Raimqulova Nigora. Kelajakda u insonlarga ruhiy holatlarini yaxshilashda va muammolarini hal qilishda yordam berishni juda xohlaydi.

Nigoraning sevimli mashg'uloti — turli syujetlar haqida o'ylashga majbur qiladigan kitoblarni o'qishdir. Bizning ana shunday iqtidorli talabalarimiz bor
44.4K views13:12
Ochish/sharhlash
2022-12-14 17:02:11
Talabalar uchun foydali tavsiyalar

O'qishni oson va yoqimli jarayonga aylantirish hamda sessiyadan muvaffaqiyatli o'tish uchun foydali tavsiyalar bilan ulashamiz.

Birinchisi, yangi yilni o'zingiz kutgandek yuqori kayfiyatda boshlash uchun sessiyaga jiddiyroq tayyorgarlik ko'ring.

Undan so'ng, darslarni samarali o'zlashtirish uchun kursdosh do'stlaringiz yordamidan foydalaning.

Va nihoyat, yangi yil uchun yangi maqsadlaringizni hozirdan rejalashtirib qo'ying
40.7K views14:02
Ochish/sharhlash
2022-12-12 15:59:51
Siz fransuz tili darslarini yoqtirasizmi?

Utanova Shoira universitetimizning fransus tili o'qituvchisi hisoblanadi. Talabalar uning mashg'ulotlarini juda ham yoqtirishadi va doimo o'zlarining sevimli ustozlarini hayratda qoldirishga harakat qilishadi

Shoira Akbarovna bolalikdan ta'limga qiziqqanligi sabab, o'ziga o'qituvchilik kasbini tanlagan. U bo'sh vaqtlarida sport bilan shug'ullanishni va turli mamlakat tangalarini to'plashni yoqtiradi. Uning sevimli qo'shig'i — «Lara Fabian – Je T'aime»
40.2K viewsedited  12:59
Ochish/sharhlash