Get Mystery Box with random crypto!

Salom doʻstlar! Bugun talabalarimizdan biri — Asilbek Abadakim | Toshkent amaliy fanlar universiteti

Salom doʻstlar! Bugun talabalarimizdan biri — Asilbek Abadakimov haqida soʻzlab beramiz!

Axborot xavfsizligi fakulteti talabasi haqiqiy kitob shinavandasi va isteʼdodli rassom hisoblanadi. Uning olamida soʻzlar va ranglar birga jamlanib, gʻaroyib hikoyalar yaraladi.

Har bir kitob Asilbekka oʻzgacha ilhom tuhfa qilsa, chizgan suratlari esa uning ichki dunyosini aks etadi. U oʻqishga butunlay shoʻngʻigan boʻlsada, sevimli mashgʻulotlarini davom ettirishga ham vaqt topadi.

Siz ham kitob oʻqish va surat solishni yoqtirasizmi? Izohlarda oʻzingizning sevimli ijodiy mashgʻulotlaringiz haqida soʻzlab bering!