Kanal manzili:
Toifalar:
Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar:
24.18K
Kanalning ta’rifi
🎓 Toshkent amaliy fanlar universiteti
📄 Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) №029914:
https://utas.uz/staticfiles/newLicense.pdf
👇 Universitet haqida batafsil:
https://utas.uz/
👇 Aloqa uchun:
@utasunibot
Ratings & Reviews
Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.
5 stars
0
4 stars
0
3 stars
2
2 stars
0
1 stars
1
Oxirgi xabar 26
2022-12-09 11:01:10
Universitetning kafedra mudiri yuksak nishonga munosib ko’rildi
Toshkent amaliy fanlar universiteti Tarix kafedrasi mudiri, tarix fanlari nomzodi, dotsent Ozoda Rahmatullayeva
“O'zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Ushbu esdalik nishon O'zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
49.8K views08:01
2022-12-08 07:00:31
Bugun O'zbekiston Respublikasi uchun eng muhim kunlardan biri — Konstitutsiya kuni!
8-dekabr faqatgina kalendarda alohida belgilanganligi uchun emas, huquqlarimiz, burchlarimiz va vakolatlarimiz jamlangan qomus qabul qilinganligi uchun ham yurtimizdagi har bir fuqaro uchun alohida
ahamiyat va
qadrga ega
Toshkent amaliy fanlar universiteti ustozlari va talabalarining samimiy tabriklarini qabul qiling. Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun muborak bo'lsin!
42.1K views04:00
2022-12-06 12:50:49
Yurtimizga haqiqiy qish kirib keldi Kimdir yangi yilga tayyorgarligini hozirdan boshlab yuborgan bo’lsa, kimdir tugayotgan yil sarhisobi bilan band.
Bizning talabalarimiz esa imtihonlarga astoydil tayyorgarlik ko’rmoqdalar.
Chunki, sessiyaga oz vaqt qoldi.
Keling, barcha talabalarga sessiyani topshirishda muvaffaqiyat tilaylik
39.9K views09:50
2022-12-03 12:49:18
Toshkent amaliy fanlar universiteti vakillari "Jalinga" interaktiv studiyasiga tashrif buyurishdi
Tashrifda universitetimiz vakillari studiyaning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi.
Undan tashqari, yaqin kelajakda universitetimizda zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda darslarni tashkil etish bo'yicha hamkorlik kelishuvlari rejalashtirildi
47.0K views09:49
2022-12-02 11:15:02
Siz ham IT sohasiga qiziqasizmi?
Sizga Toshkent amaliy fanlar universiteti talabasi - Soliyev Sobirni tanishtirishdan mamnunmiz. U kompyuter injiniringi fakultetining birinchi bosqich talabasi.
Sobir sportga qiziqadi va u o’z karyerasini IT sohasida qurishni niyat qilgan. Kitob o'qish ishtiyoqi unga maqsadlari sari muvaffaqiyatli intilishiga yordam beradi. Sevimli kitobi: Robert Kiyosakining "Boy ota, kambag’al ota"
44.1K views08:15
2022-11-30 11:05:35
Do'stlar davrasidagi mashg'ulotlar o'ziga xos jozibaga ega: zerikish yo'qoladi, yaxshi kayfiyat va raqobat hayajoni paydo bo'ladi. Shu tarzda istalgan mavzuni tezda o'zlashtirish mumkin
Qishki sessiya yaqinlashmoqda. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish uchun do'stlaringiz bilan birgalikda tayyorlaning
45.4K views08:05
2022-11-28 11:43:04
Ba'zan chindan ham darslarga e'tibor qaratish kerak
Universitetda kutubxona va sokin xonaning har kuni ochiqligi naqadar yaxshi. Kutilganidek, u yerda tinchlik hukm surmoqda: har doim kerakli kitobni olib, kerakli mavzuni o'rganishga astoydil kirishishingiz mumkin
Yolg'iz yoki do'stlaringiz bilan shug'ullaning. A'lo baholar tilaymiz
47.8K viewsedited 08:43
2022-11-26 11:44:27
"Talabalikka bag'ishlov" tadbiri
2022-yil 25-noyabr kuni Toshkent amaliy fanlar universiteti talabalari ishtirokida "Talabalikka bag'ishlov" tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbir "O'zbek milliy akademik drama teatri"da bo'lib o'tdi.
Tadbir so'ngida ishtirokchilar va mehmonlar uchun "Adolat fasli" spektaklining premyerasi namoyish etildi.
Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot
Toshkent shahar, Chilonzor, Gavxar ko'chasi, 1-uy
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Youtube
47.9K views08:44