Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent amaliy fanlar universiteti

Telegram kanalining logotibi utasuz — Toshkent amaliy fanlar universiteti T
Telegram kanalining logotibi utasuz — Toshkent amaliy fanlar universiteti
Kanal manzili: @utasuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.03K
Kanalning ta’rifi

🎓 Toshkent amaliy fanlar universiteti
📄 Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) №029914:
https://utas.uz/staticfiles/newLicense.pdf
👇 Universitet haqida batafsil:
https://utas.uz/
👇 Aloqa uchun:
@utasunibot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2023-10-24 13:31:04
O’qituvchilik kasbiga bo'lgan qiziqish ko'pincha bolalikdayoq paydo bo'ladi. Bizning qahramonimiz bilan ham xuddi shunday bo'lgan.

Mamnuniyat bilan sizlarni tarmoq iqtisodiyoti kafedrasi o'qituvchisi Farmonova Maftuna bilan tanishtiramiz. U yangi tillarni o'rganishni, hamda detektiv asarlar va jangari filmlarni yoqtiradi. Dars berish istagi unda maktabdagi mehribon o'qituvchilari tufayli uyg'ongan.

Keling, ajoyib o'qituvchimizning ishlarida muvaffaqiyat va ulkan yutuqlar tilaymiz
17.0K viewsedited  10:31
Ochish/sharhlash
2023-10-21 09:01:39
1989-yil 21-oktyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida o'zbek tiliga davlat tili maqomi berildi.

Bugun barchani ushbu muhim tarixiy voqea bilan tabriklaymiz. Milliy tilimiz bu — millatimizning ma’naviy salohiyati va mustaqilligi ekanini unutmaylik!
21.3K views06:01
Ochish/sharhlash
2023-10-19 12:22:33
Toshkent amaliy fanlar universiteti zakovat intellektual tanloviga start berildi

Tanlov 1-kurs talabalari o'rtasida bo'lib o'tadi. O'tkazilish vaqti va joyi haqida ro'yxatga olish yakunlangan vaqt (31.10.2023)dan so'ng e'lon qilinadi.

Tanlovda jamoaviy g'oliblar bilan birgalikda turli nominatsiyalar ("Eng bilimdon jamoa sardori", "Eng bilimdon talaba yigit", "Eng bilimdon talaba qiz") bo'yicha g'oliblar aniqlanadi.

Ro'yxatdan o'tish vaqti: 2023-yil 31-oktabrgacha
Murojaat uchun: @Jaloliddin_Yusubov
15.8K views09:22
Ochish/sharhlash
2023-10-17 13:32:18
Darslarning qanchalik qizg’in o’tishini ko’tarilgan qo’llardan bilish mumkin!

Talabalarning bilimga intilib, har bir yangi mavzuni chuqurroq o'rganishga harakat qilishini ko'rish juda ajoyib. Ular bilimlarni yaxshi o’zlashtirish bilan birga o'qituvchilarga qiziqarli savollar ham berishadi. Bunday yondashuv bilan bo'lajak mutaxassislar albatta muvaffaqiyatga erishadilar!

Siz ham universitetimizda o'qishni xohlaysizmi?
21.6K views10:32
Ochish/sharhlash
2023-10-15 16:42:07
Abituriyentlar va ularning ota-onalaridan kelib tushgan murojaatlar hisobga olinib, kontrakt to'lashning oxirgi muddati 31-oktabrga qadar uzaytirildi.

To'lovni amalga oshirishingiz bilan kerrakli hujjatlarni universitetga olib kelishingiz talab etiladi.

Universitet binosiga kelish uchun havola

Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot
18.3K views13:42
Ochish/sharhlash
2023-10-13 15:21:58
Bu o'qituvchi bo'lajak moliyachi talabalarimizning eng yaqin do’sti! Sizlarga mamnuniyat bilan bank ishi kafedrasi o'qituvchi-assistenti To'layev Dilshod Xolmurodovichni tanishtiramiz

Dilshod Xolmurodovichning ta'lim sohasiga qiziqishi Bank va moliya akademiyasida o'qiyotganida paydo bo'lgan. Unda universitetda olgan biznes va ijodiy fikrlash sohasidagi qimmatli bilimlarini yoshlarga ham yetkazish istagi paydo bo'ldi.

Dilshod Xolmurodovich bo'sh vaqtlarida ko'pincha klassik musiqa (Vivaldining "Fasllar") tinglaydi hamda sevimli filmlari bo'lgan "O'z o'rnidagi kishi" va “Zulmat hududi"ni tomosha qiladi
15.2K views12:21
Ochish/sharhlash
2023-10-11 10:14:39
Toshkent amaliy fanlar universiteti va O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Universitetimiz rektori, texnika fanlari doktori, professor Abdusalom Umarov boshchiligida ustozlar, faxriylar hamda talabalar Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti mehmon boʻlib, taʼlim maskani imkoniyatlari, shart-sharoitlari, dars jarayonlari, shuningdek, oʻquv sinflari, kutubxona, sport inshootlari, aloqa vositalari muzeyi bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbirdan lavhalar

Veb-sayt | Telegram | Instagram
15.4K viewsedited  07:14
Ochish/sharhlash
2023-10-09 15:39:07
Talabalarimiz bir-biriga o'xshamagan, ularning har biri o'z qiziqishlari va sevimli mashg'ulotlariga ega

Bugun sizlarni Nigora bilan tanishtiramiz. U uchinchi bosqich talabasi bo'lib, pedagogika va psixologiya fakultetida tahsil oladi. Shuningdek, u koreys tilini ham o'rganmoqda, chunki u koreys madaniyati va k-pop musiqa uslubini juda yoqtiradi

Siz bo'sh vaqtingizda nima bilan shug'ullanasiz?
17.8K viewsedited  12:39
Ochish/sharhlash
2023-10-05 13:27:49
Diqqat, abituriyentlar!

Kontrakt to'lovini amalga oshirib bo'lganingizdan so'ng, kerakli hujjatlarni Toshkent amaliy fanlar universiteti asosiy binosiga olib kelishingizni so'raymiz.

Shundan keyingina siz bilan mentorlar bog'lanib, guruh raqami va boshqa barcha kerakli ma'lumotlarni yetkazishadi.

Kerakli hujjatlar

Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot

Toshkent shahar, Chilonzor, Gavxar ko'chasi, 1-uy

Veb-sayt | Telegram | Instagram
13.2K views10:27
Ochish/sharhlash
2023-10-01 12:02:13
Keling, qadrli o'qituvchilarimizni Ustoz va murabbiylar kuni bilan tabriklaylik

Ustoz uchun o'quvchilarining muvaffaqiyatidan muhimroq maqsad yo'q. Bolaligimizdan boshlab, butun hayotimiz davomida ustozlarimiz katta natijalarga va muvaffaqiyatga erishishimizda yordam berib, bizga g'amxo'rlik qilib kelishadi. Ular chuqur ehtirom va minnatdorchilikka loyiqdirlar

Bayramingiz muborak bo'lsin, aziz ustozlar! Biz sizni qadrlaymiz va doimo qalbimizdasiz!
13.2K views09:02
Ochish/sharhlash