Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent amaliy fanlar universiteti

Telegram kanalining logotibi utasuz — Toshkent amaliy fanlar universiteti T
Telegram kanalining logotibi utasuz — Toshkent amaliy fanlar universiteti
Kanal manzili: @utasuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.29K
Kanalning ta’rifi

🎓 Toshkent amaliy fanlar universiteti
📄 Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) №029914:
https://utas.uz/staticfiles/newLicense.pdf
👇 Universitet haqida batafsil:
https://utas.uz/
👇 Aloqa uchun:
@utasunibot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2024-05-15 17:27:27
Xalqaro amaliy fanlar universitetlari rektorlarining Birinchi forumi Toshkentda bo‘lib o‘tdi

Ushbu tadbir nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni muhokama qilish, shuningdek, 14 davlatdan keladigan 18 ta universitet bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish imkoniyatini taqdim etdi.
6.6K views14:27
Ochish/sharhlash
2024-05-14 13:13:17
Toshkentda xalqaro amaliy ta’lim konferensiyasi bo‘lib o'tdi

Konferensiya Toshkent amaliy fanlar universiteti hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi hamkorligida tashkil etildi.
7.7K views10:13
Ochish/sharhlash
2024-05-12 09:32:53
Universitetimizdagi soʻnggi yangiliklar

Oʻtgan hafta davomida koʻplab qiziqarli voqealar boʻlib oʻtdi va ularning eng muhimlari haqida sizlarni xabardor qilmoqchimiz.

1-may kuni Adiblar shohkoʻchasida universitetimizning buyuk sanʼat arboblari xotirasiga bagʻishlangan "Hisobot konserti" va muvaffaqiyatli talabalarni mukofotlash marosimi boʻlib oʻtdi.

6-may kuni "Zakovat" intellektual oʻyini oʻtkazildi va unda sirtqi shaklida tahsil olayotgan turli fakultet hamda talabalar jamoalari bahslashdi.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Oʻzbekiston bayrogʻi ranglari tushirilgan faxriy tasmalar tarqatildi hamda talaba va ustozlarning faxriylar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

9-may kuni Toshkent amaliy fanlar universiteti talabalariga "Qo’rqma" romani asosida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan suratga olingan film namoyish etildi.

Ayni damda professorlarimiz Baxtiyor Mengliyev va Gʻofur Hamroyev Finlyandiyada amaliyot oʻtamoqda. Ularni tabriklaymiz va taʼlim sohasida yangi tajribalar orttirishda muvaffaqiyatlar tilaymiz.
11.2K views06:32
Ochish/sharhlash
2024-05-11 09:02:45
Siz ham dedlayngacha choʻzib yurasizmi?
10.0K views06:02
Ochish/sharhlash
2024-05-09 09:03:27
Xalqaro amaliy ta’lim konferensiyasi hamda dunyoda ilk marotaba amaliy fanlar universitetlari rektorlari forumi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent amaliy fanlar universiteti tashabbusi bilan amalga oshirildi.

Undan tashqari, konferensiya doirasida dunyoda ilk marotaba amaliy fanlar universitetlari rektorlari forumi ham bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv ishtirokchilari dunyoning turli mamlakatlari: Germaniya, Latviya, Estoniya, Chexiya universitetlari vakillari edi.
12.8K views06:03
Ochish/sharhlash
2024-05-07 16:40:50
Joriy yilning 4-may kuni "Quvnoqlar va zukkolar" ko‘rik tanlovining Premyer ligasi 2-mavsum yarim final bosqichi 4-o‘yini o‘tkazildi.

ZO‘R TV pavilonida o‘tkazilgan ushbu qiziqarli bellashuvda kuchli va QVZ bo‘yicha o‘z tarixiga ega bo‘lgan tajribali jamoalardan hech hayiqmay ishtirok etgan bizning “Amaliyotchilar” jamoasi ham qisqa tayyorgarlik ko‘rishiga qaramay, faxrli 3-o‘rinni egallashdi.

Universitetimizdan 200 nafarga yaqin talabalar ZO‘R TV paviloniga borib, o‘sha yerni o‘zida jamoamizni qo‘llab-quvvatlab turdilar.
12.8K views13:40
Ochish/sharhlash
2024-05-04 10:29:11
Xalqaro amaliy fanlar universitetlari rektorlari forumi O’zbekistonda o’tadi

Ushbu tadbir joriy yilning 6-8 may kunlari Toshkentda bo’lib o’tadi.

Forumda nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llashning ilg'or tajribalari muhokama qilinadi hamda 14 davlatdan keladigan 18 universitet bilan hamkorlik o'rnatiladi.

Shuningdek, "ERASMUS+" doirasida Toshkent amaliy fanlar universiteti va Yevropa universitetlari yangi loyihaga start berishadi.

Qo'shimcha ma'lumot:
https://conf.eutas.uz/
16.5K views07:29
Ochish/sharhlash
2024-04-14 13:13:05
Talabalarimiz nihoyatda birdam va inoqdir. Vazifa qanchalik qiyin boʻlmasin, ular har doim yechim topadi. Bizning talabalarimiz oʻz misolida jamoaviy ish uchun imkonsiz narsa yoʻqligini isbotlaydi.

Sizning doʻstlaringiz koʻpmi?
13.1K views10:13
Ochish/sharhlash
2024-04-12 13:12:51
U chindan ham dekanatda edi
12.8K views10:12
Ochish/sharhlash
2024-04-11 12:28:36
Prezidentimizning Jizzax viloyatidagi Kibersport arenasida yoshlar bilan uchrashuvida TAFU "Axborot xavfsizligi" yo'nalishi talabasi Mamasadikov Samandar o'zining ko'rgazmalari bilan ishtirok etdi.

U tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otdi. Ushbu talaba dars jarayonlarida faol bo'lishiga qaramasdan, u hozirgi vaqtda "Dron technology" MCHJ da IT bo'lim boshlig'i lavozimida faoliyat ham olib bormoqda.

Biz bunday iqtidorli talabalarimiz bilan faxrlanamiz!
14.2K views09:28
Ochish/sharhlash