Get Mystery Box with random crypto!

Umr Falsafasi

Telegram kanalining logotibi umr_falsafasi — Umr Falsafasi U
Telegram kanalining logotibi umr_falsafasi — Umr Falsafasi
Kanal manzili: @umr_falsafasi
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.04K
Kanalning ta’rifi

✍️ She'riyat
🖇 Falsafa
🌱 Psixologiya
📖 Mazmunli satrlar
❤️ Qalbga yaqin so‘zlar
📚 Mulohaza

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2023-06-08 16:28:10
Ba‘zi insonlar o‘zgarishini kutmang.
Ular ilonga o‘xshab po‘st tashlaydi, ammo o‘zgarishmaydi!

@Umr_Falsafasi
3.0K views13:28
Ochish/sharhlash
2023-06-08 15:52:32
Qadringizni qadrlang.
Kimnidir xursand qilish uchun o‘zingizni xafa qilmang.
Kimdir kulishi uchun o‘zingiz yig‘lamang.
Kimgadir "yengil" bo‘lsin deb o‘zingizga og‘ir qilmang.
Doimo imkoningizga qarab, ko‘nglingiz malol olmaydigan va toqatingiz darajasiga qarab ish tuting.
Qadringizni qadrlasangizgina qadrdonlaringiz ko‘payadi.

@Umr_Falsafasi
3.1K views12:52
Ochish/sharhlash
2023-06-08 14:23:09
Aytadigan gaplarim juda ko‘p. Qalbim tubiga ko‘milib borayotgan hislarim, orzularim va maqsadlarim haqida kimgadir aytishni xohlayman. Ammo arzirli kimsa yo‘q...

@Umr_Falsafasi
3.0K views11:23
Ochish/sharhlash
2023-06-06 13:22:31
NAJOTKOR  UMID

Insonning taftini inson olarkan,
Dilni azob tig‘siz qonatgan chog‘i.
Unut bo‘larkan-u barcha alamlar,
Lekin, o‘chmas bo‘lib qolarkan dog‘i.
Burnim qon, lek dilda orzu-la o‘sdim,
Har kimga bir davron keladi, do‘stim!

Taqdir ko‘chalari o‘yimday chalkash,
Bizlar berk ko‘chaga duch kelaverdik.
Sinovli kunlarda bo‘lishib dilkash,
Orzuga ergashib, kuch yig‘averdik.
Bu kun — hali unut bo‘ladi, do‘stim,
Har kimga bir davron keladi, do‘stim!

Ko‘zlangan manzillar garchi olisdir,
Qimirlab qir oshib yeturmiz, albat!
Bizga kuch bag‘ishlar bu yo‘lda duo,
Ham sodiq hamdamli otash muhabbat!
Ishqda sinov — hijron bo‘ladi, do‘stim,
Har kimga bir davron keladi, do‘stim!

Kimga g‘am kelgani, kimgadir quvonch,
Sabru harakatdan tolmasak bo‘ldi.
Oy — o‘n beshi zulmat, o‘n beshi yog‘du,
Zulmatda adashib qolmasak bo‘ldi.
Bizning oy ham bir kun to‘ladi, do‘stim,
Har kimga bir davron keladi, do‘stim!

Biz tongni kutyapmiz, tong uzoq emas...

Dilmurod Do‘st

@Umr_Falsafasi
4.0K views10:22
Ochish/sharhlash
2023-06-06 05:35:27
Tug‘ilding, bu hayot ostonasida,
Seni qarshi oldi, bir yog‘och beshik.
Ulg‘ayib, yashab so‘ng ko‘zing yumganda,
Qabringa kuzatdi, tebranmas beshik.

Bu hayot — shu ikki beshik orasi

Tug‘ilding, o‘rashib oppoq yo‘rgakka,
Erkalab, e’zozlab, sevib-suyushdi.
Ruh oxir tanangni tark etgan kuni,
Yana oq yo‘rgakka o‘rab qo‘yishdi.

Bu hayot — shu ikki yo‘rgak orasi

Ko‘z ochib, hayotni ko‘rganing zahot,
Odamlar yig‘ingga jim quloq osdi.
Bandalikni bajo keltirgan kuning,
Dunyoni o‘zgalar ko‘z yoshi bosdi.

Bu hayot — shu ikki yig‘i orasi

Shu qisqa hayotda eng muhim yumush,
Yaxshi nom qoldirib, yashamoq ekan.
Angladim, tug‘ilish aslida do‘stim,
O‘limga ilk qadam tashlamoq ekan.

Bu hayot — tug‘ilish va o‘lim orasi...

@Umr_Falsafasi
4.6K viewsedited  02:35
Ochish/sharhlash
2023-06-06 05:21:43
#Mulohaza

Ma’mun va uning ustozi

Horun ar-Rashidning o‘g‘li Ma’mun kichkinaligida ustozi uni tayoq bilan sababsiz urdi. Ma’mun undan: "Meni nega urdingiz?" deb so‘radi. Ustozi: "Jim!" dedi. Ma’mun har safar ustoziga mazkur savolni bersa, ustozi unga: "Jim! derdi.
Oradan yigirma yil o‘tgandan so‘ng Ma’mun xalifalik mansabini egalladi. Uning birinchi qilgan ishi ustozini o‘z huzuriga chorlash bo‘ldi. Ustozi kelgach, undan: "Bolaligimda meni nega urgan edingiz?" deb so‘radi. Ustozi tabassum qildi va: "Haliyam unutmadingmi?" deb so‘radi. Ma’mun: "Allohga qasamki, unutmadim", deb javob berdi.
Shunda ustoz Ma’munga: "Mazlum zulmni unutmasligini bilishing uchun shunday qilgandim. Hech kimga zulm qilma! Zulm mazlumning qalbidagi olov bo‘lib, yillar o‘tsa ham o‘chmaydi. Bandalarning bandalarga qilgan zulmlari eskirmaydi, chirimaydi. Agar mazlum zolimni kechirmasa, Alloh zolimga javob qaytarish paytini, munosib vaqtda va munosib joyda hukm qilishni belgilab qo‘yadi.

Nozimjon Hoshimjon tarjimasi

@Umr_Falsafasi
3.8K views02:21
Ochish/sharhlash
2023-06-05 09:58:10 #Mulohaza

Qarilik chog‘ingizda quyidagi narsalardan qattiq afsus chekasiz

Televizor qarshisida juda ko‘p vaqtingizni o‘tkazganingizdan, oxiri yo‘q seriallar va dasturlarni tomosha qilganingizdan qattiq afsuslanasiz.
• Hayotni asl go‘zalligidan bahra olmay, shoshqaloqlik bilan umr kechirganingizdan afsus chekasiz.
• Umringiz mobaynida kam kulib, haddan tashqari jiddiy bo‘lganingizdan afsuslanasiz.
• O‘zingizga yetarlicha baho bermaganingizdan, ko‘plab ishlarga jur’at eta olmaganingizdan afsus chekasiz.
• Hayotingiz mobaynida juda ham ko‘p qo‘rqqaningizdan afsuslanasiz.
• O‘z ota-onangiz qadriga yetmaganingizdan, ular bilan kam vaqt o‘tkazganingizdan qattiq afsus chekasiz.
• Baxtli bo‘lishga harakat qilish o‘rniga, o‘zingizni baxtli qilib ko‘rsatishga bexuda uringaningizdan afsus chekasiz.

@Umr_Falsafasi
2.0K views06:58
Ochish/sharhlash
2023-05-31 19:26:29
Tilsiz dema har qalbning Robb eshitgan uni bor,
Mazlum toʻkkan koʻz yoshning, qiyomatda xuni bor.
Balki har bir Musoga dengizdan yoʻl ochilmas,
Ammo har bir zolimning, choʻkadigan kuni bor.

@Umr_Falsafasi
5.1K views16:26
Ochish/sharhlash
2023-05-31 19:23:22 #Mulohaza

Bir yigit donishmandning oldiga kelib:
— Men Oksford universiteti magistriman, Garvard universiteti faxriy doktoriman, dunyo falsafasi bo‘yicha nomzodlik darajasiga, Mantiq fani bo‘yicha doktorlik darajasiga egaman. Bilimlarimda mabodo oq dog‘lar qolgan bo‘lsa o‘shalarni ham to‘ldirish uchun sizdan biror narsa o‘rganmoqchiman, — debdi.
Shunda donishmand:
— Senga biror narsa o‘rgatish befoyda, — debdi.
Unga javoban yigit:
— Befoydami yoki o‘rgatishga ilmingiz yetishmaydimi, — debdi kulib.
— Mayli, senga mantiq bo‘yicha bitta savol beraman, agar unga to‘g‘ri javob bersang, seni shogird sifatida birinchi sinfga olaman, — debdi donishmand. —Eshit, o‘g‘lim, mantiq bo‘yicha savol: Ikki kishi bir mo‘ridan tushishdi. Birining beti qora bo‘ldi, ikkinchisiniki esa toza. Qani aytchi qaysi biri betini yuvgani boradi?
Yigitni jahli chiqib, shu ham savolmi, shu ham mantiqmi, axir buni omi odam ham biladiku, albatta, beti qora bo‘lganida
— Yo‘q sen adashding, — debdi donishmand. — Mana, mantiqan o‘ylab qara. Ikkalasi mo‘ridan tushdi va bir-birining betiga qaradilar. Beti qora sherigining betiga qarasa u toza, o‘zini ham betini toza deb o‘ylaydi. Ikkinchisi esa sherigining betining qoraligini ko‘rib, o‘zini ham shunday o‘ylab betini yuvgani boradida. Beti tozasi boradi.
— Ha, bu tomonini o‘ylamabman. Mayli, yana bir savol bering-chi, — debdi yigit shashti tushib.
— Mayli eshit yana bitta mantiqiy savol debdi donishmand. Ikki kishi bir mo‘ridan tushishdi. Birining beti qora bo‘ldi, ikkinchisiniki esa toza. Qani aytchi qaysi biri betini yuvgani boradi?
— Voy ustimdan kulayapsizmi, hozir aniqlab oldik-ku, albatta, beti tozasi-da.
— Yo‘q, yana adashding, — debdi donishmand. — Mana, o‘zing mantiqan o‘ylab qara. Beti toza inson sherigining betini ko‘rib, yuvingani boradi. Ikkinchisi esa o‘zining ham betini qoraligini sezib u ham yuvingani boradi. Ikkalasi ham yuvingani boradi
— Ha, men yana bunisini o‘ylamabman. Yana bitta savol mo‘mkinmi, — debdi yigit sekingina.
— Mayli, eshit. Ikki kishi bir mo‘ridan tushishdi. Birining beti qora bo‘ldi, ikkinchisiniki esa toza. Qani aytchi qaysi biri betini yuvgani boradi?
— Axir aniqladik-ku ikkalasi ham boradida, — debdi yigit asabiylashib.
— Yo‘q, yana topa olmading. Mantiqan o‘ylamayapsan. Beti qorasi sherigining betini tozaligini ko‘rib yuvgani bormaydi. Ikkinchisi esa bundan o‘zining beti tozaligini bilib, u ham bormaydi. Demak ikkalasi ham bormaydi.
— Xo‘p, mayli, men yengildim, — deb taslim bo‘libdi, professor. — Lekin men sizga shogird bo‘lib, o‘rgatayotganingizni o‘zlashtira olaman. Boshqa biror narsa so‘rang, — debdi.
— Ikki kishi mo‘ridan...
— Bo‘ldi, bo‘ldi, axir, bildik-ku, mantiqan ikkalasi ham bormaydida.
— Yo‘q sen mantiqan adashding.
— Sening "Men hamma narsani bilaman" degan fikring seni ko‘r qilgan. Sen oddiy haqiqatni ko‘rmayapsan. Sen ustozingni eshitmayapsan. Axir o‘zing mantiqan o‘ylab qara, qanday qilib bir mo‘ridan tushgan ikki insonning birini beti toza ikkinchisiniki qora bo‘lishi mumkin. Ushbu savolning o‘ziyoq mantiqsiz edi. Sen shunday mantiqsiz savollarga javob qidirsang, hayotingda mantiq qolmaydi. Sen boshidanoq xato yo‘lda eding. O‘rganish uchun keldingmi, o‘rganishga tayyor bo‘l. Asosni, maqsadni ko‘zdan qochirma. Mantiqsiz, keraksiz narsani izidan quvma.
To‘la idishga suv quyib bo‘lmaydi. Sen o‘zingcha to‘lasan, senga bilim quyib bo‘lmaydi, to‘kilib ketadi. Sen avvalo idishingni bo‘shat,  bilim olish uchun, o‘rganish uchun tayyor bo‘l. O‘zingdan oldin ushbu yo‘lni bosib o‘tgan, sen bormoqchi bo‘lgan manzilga borgan insonni eshitishni, uni so‘zsiz qabul qilishni o‘rgan
.

@Umr_Falsafasi
5.0K views16:23
Ochish/sharhlash
2023-05-31 19:18:24
• Miyasi mayda-chuyda orzularga to‘la odamlar bilan uzoq suhbat qurmang. Ular sizning katta orzu-maqsadlaringizni cho‘ktiradi.
•Hayotdan alamzada va norozi insonlar bilan muloqot qilmang. Undaylar sizning hayotga bo‘lgan qiziqishingizni, umidingizni so‘ndiradi.
• Juda ham ehtiyotkor va qo‘rqoqlarni fikrlariga quloq solmang. Ular tufayli tavakkalga qo‘l urolmaysiz.
•Dangasa, ishyoqmaslar bilan do‘stlashmang. Aks holda sizning miyangiz ham ularnikiga o‘xshab hayotda o‘sish uchun imkoniyatlar emas, ko‘proq uxlash uchun sabablar izlay boshlaydi.
• Katta orzular qiling, maqsadlar qo‘ying. Unga yetish rejasini tuzing va bu yo‘lda siz bilan yelkama-yelka muammolaringizni hal qiluvchi, quvonchingizga sherik bo‘luvchi do‘stlar orttiring!

@Umr_Falsafasi
3.7K views16:18
Ochish/sharhlash