Get Mystery Box with random crypto!

#Mulohaza Bir yigit donishmandning oldiga kelib: — Men Oksfo | Umr Falsafasi

#Mulohaza

Bir yigit donishmandning oldiga kelib:
— Men Oksford universiteti magistriman, Garvard universiteti faxriy doktoriman, dunyo falsafasi bo‘yicha nomzodlik darajasiga, Mantiq fani bo‘yicha doktorlik darajasiga egaman. Bilimlarimda mabodo oq dog‘lar qolgan bo‘lsa o‘shalarni ham to‘ldirish uchun sizdan biror narsa o‘rganmoqchiman, — debdi.
Shunda donishmand:
— Senga biror narsa o‘rgatish befoyda, — debdi.
Unga javoban yigit:
— Befoydami yoki o‘rgatishga ilmingiz yetishmaydimi, — debdi kulib.
— Mayli, senga mantiq bo‘yicha bitta savol beraman, agar unga to‘g‘ri javob bersang, seni shogird sifatida birinchi sinfga olaman, — debdi donishmand. —Eshit, o‘g‘lim, mantiq bo‘yicha savol: Ikki kishi bir mo‘ridan tushishdi. Birining beti qora bo‘ldi, ikkinchisiniki esa toza. Qani aytchi qaysi biri betini yuvgani boradi?
Yigitni jahli chiqib, shu ham savolmi, shu ham mantiqmi, axir buni omi odam ham biladiku, albatta, beti qora bo‘lganida
— Yo‘q sen adashding, — debdi donishmand. — Mana, mantiqan o‘ylab qara. Ikkalasi mo‘ridan tushdi va bir-birining betiga qaradilar. Beti qora sherigining betiga qarasa u toza, o‘zini ham betini toza deb o‘ylaydi. Ikkinchisi esa sherigining betining qoraligini ko‘rib, o‘zini ham shunday o‘ylab betini yuvgani boradida. Beti tozasi boradi.
— Ha, bu tomonini o‘ylamabman. Mayli, yana bir savol bering-chi, — debdi yigit shashti tushib.
— Mayli eshit yana bitta mantiqiy savol debdi donishmand. Ikki kishi bir mo‘ridan tushishdi. Birining beti qora bo‘ldi, ikkinchisiniki esa toza. Qani aytchi qaysi biri betini yuvgani boradi?
— Voy ustimdan kulayapsizmi, hozir aniqlab oldik-ku, albatta, beti tozasi-da.
— Yo‘q, yana adashding, — debdi donishmand. — Mana, o‘zing mantiqan o‘ylab qara. Beti toza inson sherigining betini ko‘rib, yuvingani boradi. Ikkinchisi esa o‘zining ham betini qoraligini sezib u ham yuvingani boradi. Ikkalasi ham yuvingani boradi
— Ha, men yana bunisini o‘ylamabman. Yana bitta savol mo‘mkinmi, — debdi yigit sekingina.
— Mayli, eshit. Ikki kishi bir mo‘ridan tushishdi. Birining beti qora bo‘ldi, ikkinchisiniki esa toza. Qani aytchi qaysi biri betini yuvgani boradi?
— Axir aniqladik-ku ikkalasi ham boradida, — debdi yigit asabiylashib.
— Yo‘q, yana topa olmading. Mantiqan o‘ylamayapsan. Beti qorasi sherigining betini tozaligini ko‘rib yuvgani bormaydi. Ikkinchisi esa bundan o‘zining beti tozaligini bilib, u ham bormaydi. Demak ikkalasi ham bormaydi.
— Xo‘p, mayli, men yengildim, — deb taslim bo‘libdi, professor. — Lekin men sizga shogird bo‘lib, o‘rgatayotganingizni o‘zlashtira olaman. Boshqa biror narsa so‘rang, — debdi.
— Ikki kishi mo‘ridan...
— Bo‘ldi, bo‘ldi, axir, bildik-ku, mantiqan ikkalasi ham bormaydida.
— Yo‘q sen mantiqan adashding.
— Sening "Men hamma narsani bilaman" degan fikring seni ko‘r qilgan. Sen oddiy haqiqatni ko‘rmayapsan. Sen ustozingni eshitmayapsan. Axir o‘zing mantiqan o‘ylab qara, qanday qilib bir mo‘ridan tushgan ikki insonning birini beti toza ikkinchisiniki qora bo‘lishi mumkin. Ushbu savolning o‘ziyoq mantiqsiz edi. Sen shunday mantiqsiz savollarga javob qidirsang, hayotingda mantiq qolmaydi. Sen boshidanoq xato yo‘lda eding. O‘rganish uchun keldingmi, o‘rganishga tayyor bo‘l. Asosni, maqsadni ko‘zdan qochirma. Mantiqsiz, keraksiz narsani izidan quvma.
To‘la idishga suv quyib bo‘lmaydi. Sen o‘zingcha to‘lasan, senga bilim quyib bo‘lmaydi, to‘kilib ketadi. Sen avvalo idishingni bo‘shat,  bilim olish uchun, o‘rganish uchun tayyor bo‘l. O‘zingdan oldin ushbu yo‘lni bosib o‘tgan, sen bormoqchi bo‘lgan manzilga borgan insonni eshitishni, uni so‘zsiz qabul qilishni o‘rgan
.

@Umr_Falsafasi