Get Mystery Box with random crypto!

Umr Falsafasi

Telegram kanalining logotibi umr_falsafasi — Umr Falsafasi U
Telegram kanalining logotibi umr_falsafasi — Umr Falsafasi
Kanal manzili: @umr_falsafasi
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.04K
Kanalning ta’rifi

✍️ She'riyat
🖇 Falsafa
🌱 Psixologiya
📖 Mazmunli satrlar
❤️ Qalbga yaqin so‘zlar
📚 Mulohaza

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2023-05-10 18:03:34 Konkurs qatnashing. Juda manfaatli konkurs tashkilashtrishbdi
2.2K views15:03
Ochish/sharhlash
2023-05-10 18:02:58
TANLOVGA START BERAMIZ

1) "Ruchkali Qur'on",
2) "Tajvudli Qur'on" va tasbeh,
3) "Tajvidli Qur'on" va tasbeh,
4) "Baxtiyor oila" kitobi va nabor,
5) "Xalqa" kitobi va nabor,
6) "Men" kitobi va nabor,
7) "Men Robiya" kitobi va nabor,
8) "Oisha" (roziyallohu anho) va nabor,
9) "Halol luqma" kitobi va nabor,
10) "Tungi suhbatlar" kitobi va nabor,
11) "Tongi suhbatlar"kitobi va nabor,
12) "Yaxshilar yo'qotmaydi, yo'qotiladi" va nabor

Shartlar batafsil
@konkurs_shartlarimiz

Tanlov 20-may 23:59 da yakunlanadi!

Ishtirok etish uchun

Link : @parvoziy_bot
2.2K views15:02
Ochish/sharhlash
2023-05-10 11:52:39 #Mulohaza

Zakot - seni tozalash va kuchingni ko‘paytirish uchun o‘tkaziladigan nozik jarrohlik amaliyotidir.
Uylanish - borliqdagi eng katta mas’uliyat. Uning har-bir tafsiloti uchun yo savob olasan yoki jazolanasan.
Sudxo‘rlik - Alloh taologa qarshi rasmiy urush e’lon qilish.
Baraka - Allohning maxfiy qo‘shinlaridan biri.
Sadaqa -  xatolarni o‘chiruvchi.
Masjid - Allohning o‘z ahboblari ila uchrashishi uchun yerdagi uyi

@Umr_Falsafasi
2.9K views08:52
Ochish/sharhlash
2023-05-10 11:50:31 Umid qilaman bu so'nggisi emas...

@Umr_Falsafasi
2.7K views08:50
Ochish/sharhlash
2023-05-09 08:42:35
Aslida hammasi oddiy...
Insonning ketadigan emas, qoladigan joyi bo‘lishi kerak...
BIR QALBNING VA BIR DUONING ICHIDA!

@Umr_Falsafasi
3.5K viewsedited  05:42
Ochish/sharhlash
2023-05-08 07:15:46
MEHR qayerda joylashgan?
Yurakda emas, chunki u yerda SEVGI, SOG‘INCH, VISOL kabi ashqol-dashqollar qalashib yotibdi.
Miyada AQL.
Ko‘zda ZINO va XIYONAT yashiringan.
Yuzda emas, sababi yuz IKKIYUZLAMACHILIK bilan birlashib ketgan.
Qoshda KIBR.
Kipriklarda HASRAT.
Peshonada TAQDIR.
Yanoqlarda ORIYAT.
Burunda DIMOG‘.
Og‘izda TARTIBSIZLIK.
Quloqlarda ishonchsizlik.
Boshda TASHVISH.
Bo‘yinda QARZ.
Yelkalarda BURCH va MAJBURIYAT
Qo‘llarda MEHNAT.
Qorinda NAFS.
Oyoqlarda UMR bor.
MEHR inson ko‘ksida joylashgan!
ONA ko‘ksiga bosh qo‘ygan farzandda,
Qizini bag‘riga bosgan Otada,
Bolasiga ko‘ksini tutgan Onada....

@Umr_Falsafasi
4.5K viewsedited  04:15
Ochish/sharhlash
2023-05-08 07:07:39 #Mulohaza

Bir boy-badavlat odam o‘layotgan chog‘ida o‘g‘liga vasiyat qilibdi:
-O‘g‘lim, o‘lgan kunim oyoqlarimga eski paypog‘imni kiydirib qo‘y!
- Nega, dada?
- Iltimosimni bajo qil!
So‘ng, bir maktubni imomga berib, o‘lganidan keyin o‘g‘liga berib qo‘yishini iltimos qilibdi...
Nihoyat, o‘sha odam o‘libdi, o‘lik yuvilib, so‘ng kafanlanmoqchi bo‘lganida o‘g‘li ota vasiyatini bajo qilmoqchi bo‘lib, jasad oyog‘iga eski paypog‘ini kiydirmoqchi bo‘libdi. Buni ko‘rgan imom bunday qilish mumkin emas, deb qattiq taqiqlabdi! Biroq o‘g‘il bu otam vasiyati, deb quloq solmabdi. Buni ko‘rgan imom otasi qoldirgan maktubni o‘g‘liga beribdi. Unda quyidagilar yozilgan ekan:
ʺO‘g‘lim, hayotda qancha-qancha boylikka ega bo‘lsam ham, hatto paypog‘imni ham olib ketishga qodir bo‘la olmadim! Allohdan qo‘rq! Ota o‘z farzandiga yordam bera olmaydigan KUN uchun solih amallar bilan zohira tayyorla.

@Umr_Falsafasi
4.2K views04:07
Ochish/sharhlash
2023-05-08 07:06:25 #Mulohaza

• Ba’zan hali ham qismatingiz uchramadimi, deb so‘rashadi.
Unashtirilsangiz, "To‘y qachon?"- deyishadi.
Uylansangiz, yangilik (farzand) bo‘lmadimi, derlar.
Farzand ko‘rsangiz, ikkinchisiga harakat qilmayapsizlarmi, deydilar.
• Xulosatul kalom, bu hayot "deydilar" yoki "deyishsin" uchun yashalmaydi. Chunki u qadar uzun emas umr. Shunday ekan, kim uchun va nima uchun yashashingizga e’tibor qarating.
• Ruh va badan, vaqtida ololmaganlarini olish uchun insonning eshigida doim muntazir turadi. Vaqtingizni zoye ketkazmang, Alloh ta’ologa ibodat qiling, chunki bandalikning qazosi yo‘qdir.
• Shuni unutmang, biz yaratilganlarni rozi qilish uchun yaratilmadik. Har ishimizni faqatgina Alloh ta’oloning roziligi uchun qilishimiz kerak.
• Huzurli va xotirjam hayot dasturi: Haqqa itoat qil va rohatla.
Barkamol va baxtiyor yashash uchun uchta "T" formulasi: Taslimiyat, Tavakkul, Taqdir.

Abdurrauf O‘zder

@Umr_Falsafasi
3.6K views04:06
Ochish/sharhlash
2023-05-08 04:03:36 #Mulohaza

Biz yo‘lda uchrashdik Azon eshitildi.
- Yur, jome’ga – dedim. – Bugun Juma!
- Masjidga bormasligimni bilasan-ku, - dedi.
- Bilaman-u, ammo qachongacha bormaysan?!
- Nima desam ekan, ruhim to‘g‘ri kelmaydi. Hali tayyor emasman. Qolaversa, shimimning tizzalari titilib, dazmoli buzilishidan ham qo‘rqaman... arzimaydi...
Kulgim qistadi.
- Hazillashyapsanmi?
- Hazil-pazili yo‘q. Oq kiyimni yaxshi ko‘rishimni, dog‘ tushirmasligimni bilasan-ku!
 Haqiqatan ham, shunday edi. U ko‘pincha oq kiyim kiyardi. Kiyimlari doim dazmollangan, toza, ozoda edi...
Oradan ikki oy o‘tib, bexos, uning jome’ masjidida ekanligini eshitib qoldim. Yugurdim. Jome’dagi namoz saflarining eng oldida edi.
Sekin-asta oldiga yaqinlashib past ovozda:
- Qani, og‘ayni, senga nima bo‘ldi? Masjidga bormayman demaganmiding? – deb so‘radim.
Undan sado chiqmadi. Chunki boshdan oyoq oppoq kafanga o‘rangancha tobutda yotar, uning uchun janoza namozlarini o‘qishlarini kutar edi.

@Umr_Falsafasi
3.8K views01:03
Ochish/sharhlash
2023-05-05 15:49:53 #Mulohaza

Bir kuni bir dehqonning eshagi quduqqa tushib ketdi. Dehqon uni chiqarib olish uchun nimadir izlab yurar, eshak esa baland ovozda hangrab yig'lar edi...
Nihoyat, dehqon "eshak qari, quduq allaqachon qurib qolgan, baribir uni ko'mish kerak", degan qarorga keldi; haqiqatan ham eshakni quduqdan tortib olishga arzimas ekan...
U qo'shnilarini unga yordamga chaqirdi. Ular belkurak olib, quduqqa tuproq tashlay boshlashdi.
Eshak nima bo'layotganini tushundi va dahshat bilan yig'ladi. Bir necha kurak tuproqdan keyin jim qoldi, hamma hayron.
Dehqon nihoyat quduqqa qaradi va ko‘rgan narsasidan hayratga tushdi: eshak aql bovar qilmaydigan bir ish qilardi: ustidagi tuproqni silkitib, tushgan tuproq ustiga chiqib olardi.
Ko'p o'tmay, hamma eshakning quduq og'ziga etib kelib, yugurib chiqib ketganini ko'rdi ...
Hayot sizning ustingizdan ham har xil "qum"larni tashlaydi... Botib qolmaslik yo'li - uni silkitib tashlash va u orqali yuqoriga ko'tarilishdir. Bizning har bir muammomiz - bir qadam ildamlashdir. Agar taslim bo'lmasak, eng chuqur jarliklardan ham chiqib keta olamiz...
Muvaffaqiyatga erishish uchun sizni tashlab ketishgan joydan foydalaning!

Baxtli bo'lish uchun 5 qoidani yodda tuting:
1. Yuragingizni nafratdan tozalang.
2. Fikringizni chalg'itadigan narsalardan tozalang.
3. Hayotingizni soddalashtiring.
4. Ko'proq bering va kamroq kuting.
5. Ko'proq seving va... "qumni" qoqib tashlang, chunki bu hayotda siz - muammo emas, balki yechim bo'lishingiz kerak..!

Internetdan

@Umr_Falsafasi
5.5K views12:49
Ochish/sharhlash