Get Mystery Box with random crypto!

Umr Falsafasi

Telegram kanalining logotibi umr_falsafasi — Umr Falsafasi U
Telegram kanalining logotibi umr_falsafasi — Umr Falsafasi
Kanal manzili: @umr_falsafasi
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.04K
Kanalning ta’rifi

✍️ She'riyat
🖇 Falsafa
🌱 Psixologiya
📖 Mazmunli satrlar
❤️ Qalbga yaqin so‘zlar
📚 Mulohaza

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2023-04-16 04:30:15 ​​MADAD BER!

O‘n oy ne qilsak qildik
Manglaydan oqizib ter,
Gunohimiz dastidan
Faryod solib ingrar yer
Bechora bandang bukun
«Allohim ne bo‘lar?» - der
Ramazondan gunohsiz
chiqmoqlikka madad ber!

Bukun Rabbim, holimga
Dunyo hayron qaraydi,
Saningsiz o‘tgan kunim
Xotiramda toraydi
Balog‘atga yetdig-u,
Sahifamiz qoraydi
Ramazondan gunohsiz
chiqmoqlikka madad ber!

Qachongacha g‘aflatda
Tentirab uxlagayman,
Sarxush dilni yanchibon
Yolg‘onga tig‘lagayman.
Bukun o‘zimni Senga
Topshirib yig‘lagayman
Ramazondan gunohsiz
chiqmoqlikka madad ber!

Kelajakdan umid bor,
Uyaltirar bugunim,
Hanuz qalbdan joy olgan
Yechilmagan tugunim
Qiyomatda ko‘rgim yo'q,
Namozsiz o‘tgan kunim
Ramazondan gunohsiz
chiqmoqlikka madad ber!

Zulumotli kunlarda
Tentirab holdan toldim,
Yangi oy chiqarmi deb
Ko‘kka ko‘z tikib qoldim,
Muborak oy tongida
Kaloming qo‘lga oldim
Ramazondan gunohsiz
chiqmoqlikka madad ber!

Men bir bechora bandang,
Ne deyarim bilmasman
Umrim hazil emas-ku,
Endi aslo kulmasman,
Bu oydan so‘ng yashashga
Aslo orzu qilmasman
Ramazondan gunohsiz
chiqmoqlikka madad ber!

Xayrulla Hamidov

@Umr_Falsafasi
510 views01:30
Ochish/sharhlash
2023-04-14 05:11:56 Bir faqir kulbada baxtiyor o‘sdim,
Mehnatda qavardi kaftdagi po‘stim.
Ne-ne zarbalarga chap berganmanu,
Agar sen o‘q otsang, nishonman, do‘stim.

Ehe, qancha yolg‘on suvdek ichildi,
Qancha qasamlardan oson kechildi.
Nim kulib qo‘yaman kim nima desa,
Faqat sen aldasang, tamomman, do‘stim.

Bilsang, yaqindan ham yovlar chiqarkan,
Sal "ketmoning uchsa" g‘ovlar chiqarkan.
Tabassum ortida g‘ichirlaydi tish,
Faqat mehring bilan omonman, do‘stim.

Kuysam huzuringa qoqaman qanot,
Qoqilsam, ko‘zingdan izlayman najot.
Qara, ko‘rmaysanmi malomatlarni,
Og‘rinib, rang-ro‘yi samonman, do‘stim!

Shoirning ko‘ngli bo‘sh, shoir devona,
Uning suyangani Alloh yagona.
Meni nima desa, deyaversin kim,
Seni yomon desa, "yomonman" do‘stim!

Faqat sen aldasang tamomman, do‘stim!

Malika Salimova


@Umr_Falsafasi
1.9K views02:11
Ochish/sharhlash
2023-04-13 15:38:31 #Mulohaza

• Ko‘p gapirishdan ko‘ra ko‘p eshitish afzalroq.
• Hech nimaga ko‘nikib qolmang, hatto odamlarga ham. Chunki barchasi o‘tkinchi.
• Yaxshilik qiling va uni suvga uloqtiring. O‘rniga nimadir kutib yashash aqlli insonning ishi emas.
• Halol yashang, chunki vaqti kelib barcha qilgan ishlarimizga barchamiz javob beramiz.
• Insonlar oldida aqlli ko‘rinishga harakat qilish kerak emas, aqlli insonlar shunday ham omma ichida ajralib turaveradi.
• O‘limdan qo‘rqib yashashdan ko‘ra, hayotdan bahra olib, zavqlanib yashash ming marta afzalroq.
• Mehnat qiling. Orzularingizni maqsadlarga aylantiring. Ular uchun o‘zingiz kurashing.
• Har qanday vaziyatda ham qalban ish tuting. Qalbingiz sizni hech qachon aldamaydi.
• Hissiyotlarga kelganda hech qachon aldamang. Hatto birovni yomon ko‘rsangiz ham oshkor eting. Sevsangiz yashirmang. Axir hayot siz o‘ylaganchalik uzun emas.
• Ayollarni ko‘klargan ko‘taring. Ular bo‘lmaganda hayot ham bo‘lmas edi.
• Erkaklarni hurmat qiling. Ularning hayotda hech kim bosa olmaydigan o‘rni bor.
• Shukr qilib yashang, ammo bundan ortig‘iga harakat qiling.
Har qanday vaziyatda ham insonligingizcha qoling.
• Qo‘lingizdan kelgancha insonlarga yordam bering.
•Hammaga “Ha” degan javobni berishdan oldin, o‘zingizga nisbatan “Yo‘q“ degan so‘zni aytmayotganingizga amin bo‘ling.

Internetdan

@Umr_Falsafasi
313 views12:38
Ochish/sharhlash
2023-04-09 16:15:42
Yaxshi va yomon kuningizda ayolingiz yoningizda turadi. Agar ayolingizni ko'nglini ko‘p qoldirsangiz, uning qalbi ko'p og'rigandan keyin, sabri tugagandan keyin, sizdan kerakli e'tibor va mehrni kutishni to'xtatgandan keyin uning hayotida bormisiz, yo‘qmisiz siz bilan shunchaki yashaydi...
Bolalarini kelajagi va yolg'iz o‘ziga ro'zg'or tashvishi tushmaslik uchun uyingizda bitta erkak va bitta ayol bo‘lib yashaydi...
Ayolingizni borida qadrlang. Siz bilan majburlikdan emas, sevib-sevilib yashasin...

@Umr_Falsafasi
2.6K views13:15
Ochish/sharhlash
2023-04-09 07:09:02 Ayolingizni qadrlang!

@Umr_Falsafasi
3.0K views04:09
Ochish/sharhlash
2023-04-07 18:40:06 Birgina so‘z jo‘nat,
Bir dona so‘z yoz,
"Salom"mi,
"Qalaysan",
"Tinchmi" deb qo‘ygin.
Yo bitta nuqtani qo‘ygin jo‘natib.
Sendan kelsa o‘sha tinish belgisi,
Qalbimga umidni qo‘yar o‘rnatib.
Birgina so‘z bilan hayotga qaytar,
Sun’iy nafas bergin bitta so‘z ila.
Men esa tunlari to tongga qadar,
Xudoga yolvoray umringni tilab.
Ko‘nglingni ber menga,
Ko‘nglingni faqat,
Osmonni, bahorni, gullarni emas.
Sensizlik jabriga griftor etib,
Umidim so‘ngiga eltib qo‘yma, bas!
Yomg‘irni sevaman, tongni, shafaqni,
Quyoshni o‘ynayman yoqib-o‘chirib.
O‘sha hammasidan judo bo‘lsam ham,
O‘zingni o‘zimdan ketma ko‘chirib!
Jimliklar jariga joylama jonim,
Habar jo‘natib qo‘y undov to‘ldirib.
Yonimda yo‘g‘inga ko‘narman, ammo,
Yodingda yo‘qligim qo‘yar o‘ldirib!

Malika Salimova

@Umr_Falsafasi
4.1K views15:40
Ochish/sharhlash
2023-04-07 18:37:25 Hayotning 14 hikmati:
1. Inson hayotidagi eng katta dushmani – Uning o‘zi.
2. Inson hayotidagi eng katta axmoqlik – Yolg‘on.
3. Hayotdagi eng katta mag‘lubiyat – Manmanlik.
4. Hayotdagi eng katta qayg‘u – Hasad.
5. Eng katta hato – O‘z-o‘zingni yo‘qotish.
6. Insonning eng katta aybi – Yaxshilikni bilmaslik.
7. Eng katta afsus – O‘z qadr-qimmatingizni kamsitish.
8. Tubanlikdan yuksalish, tahsinga loyiq.
9. Eng katta boylik – Salomatlik va Aql.
10. Eng katta judolik – Umidsizlik.
11. Eng katta qarz – Samimiy Tuyg‘ular.
12. Hayotda eng katta tuxfa – Oliy janoblik.
13. Hayotda eng katta kamchilik – Tushunmaslik.
14. Hayotda eng katta tasalli – Savob ishlar.

@Umr_Falsafasi
4.3K views15:37
Ochish/sharhlash
2023-04-06 12:44:43 Bir ayol har safar o‘g‘illaridan birontasini xulqida yomon o‘zgarishni ko‘rsa, darrov sadaqa qilib, taom tarqatar va ushbu:
Ularning mollaridan sadaqa ol.
Bu bilan ularni poklaysan, tozalaysan va ularning haqqiga duo qil(Tavba surasi, 103 -oyat)
ni o‘qib duo qilarkan:
“Allohim, ushbu sadaqam farzandimning axloqi poklanishi uchundir, chunki uning bu holi menga u kasal bo‘lib, xastalanganidan ko‘proq ta’sir qiladi, bezovta qiladi” der ekan.
Yana bir ayol bo‘lsa, kambag‘al edi, kunlik topganlariga kifoya qilarli kun kechirishardi.
Shu sabab sadaqa qilishga hech narsa topolmasdi.
Eri yoki o‘g‘li biron ayb, gunoh sodir qilishsa, kechasi turib Baqara surasini zam qilib namoz o‘qir va:
“Allohim, bu mening sadaqamdir, uni mendan qabul et.
Uni menga isloh qilib bergin”, deya duo qilardi.
Nima uchun vafot etgan inson dunyoga qaytish imkoni berilsa, sadaqani tanlaydi?
Bu haqida Qur’oni Karimda:
“Va biringizga o‘lim kelib: «Ey Robbim, agar mening o‘limimni yaqin muddatga orqaga sursang, bas, sadaqa qilib solihlardan bo‘lsam», demasdan avval Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan nafaqa qiling”
(Munofiqun surasi, 10- oyat), deb aytilgan.
Nima uchun “Umra qilaman” demaydi, “namoz o‘qiyman” demaydi, “ro‘za tutaman” demaydi, balki “sadaqa qilaman” deydi.
Ilm ahli deyishdi:
Vafot etgan kishi o‘limidan keyin sadaqani qay darajada foydasi, asari ulkan bo‘lishini ko‘rgani uchun ham shunday deydi.
Sadaqani ko‘paytiringlar, albatta mo‘min qiyomat kunida sadaqasining soyasi ostida bo‘ladi.

@Umr_Falsafasi
1.5K views09:44
Ochish/sharhlash
2023-04-05 11:00:22 Har bir daqiqani qadrla...

@Umr_Falsafasi
2.2K viewsedited  08:00
Ochish/sharhlash
2023-04-05 03:12:12
U bilan uzoq-uzoq suhbatlarimizni yaxshi koʻraman.
Qalb tinchlanadi, hotirjamlik ortadi.
Inson insonga shifo boʻlishi shudir ehtimol...

@Umr_Falsafasi
3.1K views00:12
Ochish/sharhlash