Get Mystery Box with random crypto!

Umr Falsafasi

Telegram kanalining logotibi umr_falsafasi — Umr Falsafasi U
Telegram kanalining logotibi umr_falsafasi — Umr Falsafasi
Kanal manzili: @umr_falsafasi
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.04K
Kanalning ta’rifi

✍️ She'riyat
🖇 Falsafa
🌱 Psixologiya
📖 Mazmunli satrlar
❤️ Qalbga yaqin so‘zlar
📚 Mulohaza

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-05-31 19:13:50 #Mulohaza

Oilaviy tarbiya ota-onalar uchun, avvalo, o‘zini-o‘zi tarbiyalash demakdir.
• Agar odamlar bolalaringiz haqida yomon gapirishsa, bu ularning sizni yomonlashayotganidir.
• Ta’lim-tarbiya so‘zi yonma-yon yozilsa-da, har ikkalasining alohida-alohida ma’nosi bor.
• Bolalari bo‘la turib, zerikkan ayol nafratga loyiqdir.
• Maktablar ko‘p, biroq yaxshi otasiz yaxshi tarbiya bo‘lmaydi.
• Farzandingiz nima desa, hammasiga ho‘p deyaversangiz, uni baxtsiz qilib qo‘yasiz.
• O‘rnak ko‘rsatish do‘q-po‘pisadan kuchliroq ta’sir etadi.
Bolangizni u bilan gaplashayotgan, biror narsa o‘rganayotgan yoki unga biror ish buyurayotganingizdagina tarbiyalayapman deb o‘ylamang. Siz uni hayotingizning har bir soniyasida tarbiyalab borasiz. So‘zingiz ohangidagi zig‘irdek o‘zgarishni ham, fikringizdagi ozgina burilishni ham ko‘rinmas yo‘llar bilan bola sezib turadi, buni o‘zingiz payqamay qolasiz.

@Umr_Falsafasi
3.7K views16:13
Ochish/sharhlash
2023-05-30 17:36:45
Tug‘ishganing - kichkinaligingda hasad qilgan, o‘smirlikda jahlingni chiqargan, yoshing ilgarilagani sari o‘rnini hech kim bosolmaydigan kishing. Barobar bo‘lganingda bir-biringni yegan, ayro qolganingda bir-biringsiz tomog‘ingdan bir qultum suv zo‘rg‘a o‘tadigan kishing.

Umida Aziz

@Umr_Falsafasi
4.6K viewsedited  14:36
Ochish/sharhlash
2023-05-29 13:54:54 #Mulohaza

Turmushga chiqdi.
Er lazzatni his etadi, xotin og‘riqni.

Homilador bo‘ldi.
Er xursandchilikni his etadi, xotin ko‘ngil aynish, charchoqni.

Bola tashladi.
Erga ta’ziya bildiriladi, ayolga malomat toshlari otiladi.

Homiladorlik kechikdi.
Er ovutiladi, unga ko‘ngil ko‘taruvchi gaplar aytiladi, ayol jarrohlik amaliyoti, tahlillarni boshidan o‘tkazadi, qo‘rquv, aybdorlikni his qiladi.

Homilador bo‘ldi va farzand tug‘ildi.
Er faxrni tuyadi, uni tabriklashadi, bolaga ismni u qo‘yadi, ayol og‘riqni, to‘lg‘oq mashaqqatini his etadi, emizadi, bola yig‘lasa bedor bo‘ladi.
Biz ayollarning sha’nini ko‘targan, ularni qadrlashga buyurgan Islom diniga e’tiqod qiluvchi musulmonlarmiz.
Islom dini bizga jannat onalar oyog‘i ostida deb ta’lim bergan.
Islom dini qizini chiroyli tarbiya qilgan ota-onalar uchun o‘sha qiz do‘zaxdan parda bo‘lishining va’dasini bergan.
Islom dini soliha ayol erining dinining yarmiga yordam ekanini, qolgan yarmida erning o‘zi taqvo qilishi lozimligini o‘rgatgan.
Islom dini bizga ayol kishi qiz bolaligida uning nafaqasi otasining, agar otasi bo‘lmasa, aka-ukasining, erga tekkach, erining, eri o‘lsa, farzandlarining zimmasida ekanini o‘rgatgan.
Islom dini ayol kishining ziynatining rioyasini qilib, haj, umra qilib bo‘lgach, sochining uchidan biroz qirqishi kifoya deb e’lon qilgan.
Islom dini ayolni zinoda ayblab, bu gapiga guvoh keltira olmaganlarga 80 darra urish jazosini tayinlagan va bo‘htonchini fosiq deb, uning guvohligi qabul qilinmasligini e’lon qilgan. Ayolning iffatiga, nomusiga til tekkizganlarga ana shunday jazo belgilagan.
Islom dini bosh farzandi qiz bo‘lgan ayollarni barakali ayollar deb e’lon qilgan.
Islom dini ayol-qizlardan xohishini so‘ramay, ularni turmushga berishdan qaytargan.
Islom dini nikoh o‘qilgandan so‘ng kuyovning zimmasiga kelinga mahr berish majburiyatini yuklagan. Agar ayol mahrini olmasa, erini o‘ziga yaqinlashtirmaslik haqqiga ega.
Islom dini ayolni himoya qilayotib vafot etgan erkakka shahidning savobini va’da qildi.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ayollarga yaxshi munosabatda bo‘lishni buyurganlar.
Islom dini: "Musulmon erkaklarning yaxshisi ayoliga yaxshi munosabatda bo‘lganidir" deb e’lon qildi.
Shunday qilib, Islom dini ayollarga ko‘pgina huquqlar berdi.
Biz erkaklar o‘zimizga berilgan juftimizning omonat ekanini unutmasligimiz kerak.

Nozimjon Hoshimjon

@Umr_Falsafasi
5.1K views10:54
Ochish/sharhlash
2023-05-29 12:33:35
Hamon yodimdadir barcha barchasi...

@Umr_Falsafasi
4.6K views09:33
Ochish/sharhlash
2023-05-29 12:31:59
My Memory

@Umr_Falsafasi
4.2K views09:31
Ochish/sharhlash
2023-05-28 03:21:37
Soxta baxt

Muhammadali Eshonqulov

@Umr_Falsafasi
5.7K views00:21
Ochish/sharhlash
2023-05-25 04:45:23
Jinnilik – nuqson. Ba’zan o‘zini jinnilikka solish esa komillikdir.
Gʻaflat – beparvolik esa halokatdir. Gohida o‘zini g‘ofillikka solish esa hikmatdir...

Ikrom Sharif

@Umr_Falsafasi
7.3K views01:45
Ochish/sharhlash
2023-05-22 16:27:30 #Mulohaza

Dunyoni HAYOSIZLIK balosidan nima qutqaradi?
Hukumatlarmi..?
Qarorlarmi..?
Qonunlarmi...?
YO‘Q...
Dunyoni hayosizlik balosidan ERKAK HAYOSI qutqaradi.
Ochiq kiyingan, ochiq ishva qilayotgan Zulayhoga «Xarom» deya boqmagan Yusuflar qutqaradi...
Ertadan kechgacha yo‘lini poylagan go‘zal qizlarning yonidan yerga qarab, sassizgina o‘tib ketgan Mus’ablar qutqaradi...
Ayollar qatnashgan izdihomlarda poyafzalining uchidan boshqa yerga qaramagan Usmonlar qutqaradi...
Fahsh ildizlarini beomon qo‘porgan Umarlar qutqaradi...
Ammo, qani ular?!
O‘zining ahli ayolini nomus o‘rnida ko‘rib, boshqaning ahli ayolini ov o‘rnida ko‘radigan Abu Lahablar ko‘paydi bugun...
Zamonlar bo‘yi o‘z isbotini topib kelayotgan bir haqiqat bor: "Boshqaning nomusiga ko‘z tikguvchining o‘z nomusini asramoqqa imkoni bo‘lmas".
Imom Shofiy erkaklarga shunday o‘git berar ekanlar:
"O‘zlaringizni tiyinglar, shunda ayollaringiz ham harom narsalardan o‘zlarini tiyadilar".
Nomus va hayo faqat AYOLLARGA XOS  deb hisoblashga ko‘nikib qolingani uchun ham bugun qancha benomus, qancha behayo erkak dunyoni bulg‘ab yubordi...
Me’roj kechasida hazrati Umarning Jannatdagi hovlisi va undagi hurlar namoyon bo‘lganida, - «Sening rashkingni bilganim uchun u tarafga qaramadim, ey Umar...», degan Rasululloh (s.a.v)ning ko‘chadagi qiz-ayollarga ko‘zini lo‘q qilib tikiladigan erkak ummatlari orasidamiz...
Vaholanki, Alloh taolo Qur’oni Karimda ogohlantirgan:
«Mo‘min erkaklarga ayting, ko‘zlarini haromdan saqlasinlar!"
(Nur surasi, 30-oyat).
Hazrat Ali (r.a) o‘z davrlarida erkaklarga takrorlar ekanlar:
"Tasattur faqat ayollarga xos deb o‘ylamang. Erkakning tasatturi – uning ko‘zlaridadir."

Dilfuza Komil

@Umr_Falsafasi
9.5K views13:27
Ochish/sharhlash
2023-05-21 07:01:40 Erkak kishini hurmatini pasayishiga 3ta sabab

@Umr_Falsafasi
8.4K views04:01
Ochish/sharhlash
2023-05-21 04:41:02
Boshim omonliging so'raganlar ko‘p...

Feruzabonu
Malika Salimova


@Umr_Falsafasi
7.9K views01:41
Ochish/sharhlash