Get Mystery Box with random crypto!

Umr Falsafasi

Telegram kanalining logotibi umr_falsafasi — Umr Falsafasi U
Telegram kanalining logotibi umr_falsafasi — Umr Falsafasi
Kanal manzili: @umr_falsafasi
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.04K
Kanalning ta’rifi

✍️ She'riyat
🖇 Falsafa
🌱 Psixologiya
📖 Mazmunli satrlar
❤️ Qalbga yaqin so‘zlar
📚 Mulohaza

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2023-03-31 17:42:41 Instagramda bitta kommentariyani o'qib, shu gaplarni yozgim kelib qoldi.

Turmush o‘rtog‘imning menga e'tibori kam
!

Turmush o‘rtog‘ingiz e'tibori sizda bo'lishi uchun:
— Shirinso'z bo'ling.
— Yaxshi ko‘rishingiz, sevishingizni aytib turing.
— Unga yoqadigan gaplarni ayting. Lekin juda osmonga ko'tarib yubormang. Erkaklar ayolidan go'zalligini ayoli tan olsa, boshqa ayollarga yoqishga harakat qila boshlaydi. Shuning uchun go'zalligingizni yo'qotmang.
— Ovqatlanyotgan yoki televizor tomosha qilganda birgalikda tomosha qiling. Sizga o'sha ko'rsatuv yoqmasa ham.
— Televizor ko'rayotgan vaqtda ular tomosha qilgisi kelgan ko'rsatuvlarni tomosha qiling.
— Yeyayotgan ovqatingizdan o'zingizga yoqqan ovqatni unga bering.
— Yuvingandan so'ng yoki qo'lini yuvgandan so'ng sochiq tuting.
— Ishga yoki ko'chaga ketishidan avval va kelgandan so'ng eshikdan kuzatib, kutib oling. "Ehtiyot bo'ling", "Tezroq keling", Yaxshi borib keldingizmi", "Charchamadingizmi" deb aytib turing.
— Oyoq kiyimi va kiyimlarini ozoda tuting.
— Bolalaringiz ayblarini aytmang. Ularni o'qishi haqida ijobiy fikrlarni ayting.
— Ovqatlanyotgan vaqtda gapni siz boshlamang.
— Ovqatlanyotgan vaqtda uy kamchiliklari, harajatlar haqida gapirmang. Vaqtini kuting. Hech qaysi erkak bunday gaplarni yoqtirmaydi. Arzimagan pul bo'lsa ham ishlash davomida unga mehnati ketganini unutmang.
— Turmush o‘rtog'ingiz g'azablangan vaqtda unga jahl bilan qarata javob qaytarmang. U vaqtda sizdan ham yomon inson yo'qdek ko'rinadi. Va mehri kamayadi. Biroz kuting, jahli so'ngandan so'ng qilgan aybini tan olib uzr so'raydi.
— Ayb sizda bo'lmasa ham xato qilingan vaziyatda uzr so'rang. Chunki erkak kishi ojiza ayollarni yoqtiradi.
— Yomon ko'rgan paytingizda ham yuziga qarab tabassum qiling.
— Turmush o‘rtog'ingiz yonida bo'yanmang. Ko'cha kiyimlaringizni kiymang.
— Uy ishlarini qilaman deb Ayollik nazokatini yo'qotmang.
— Har kuni yoki kun oralatib hech bir sababsiz ham "Rahmat" aytib turing. Bu gaplarni hamma ham eringizga aytavermaydi.
— Eringiz yonida dugonangiz yoki qo'shningiz haqidagi gaplarni aytavermang. Erkaklar uchun bunday gaplar zerikarli. U yoqtirgan gaplarni, xabarlarni ayting.
— To'ydan oldin o'zingizga qanday oro bergan bo'lsangiz hozir ham shunday qiling. Avval yigitingiz bo'lmagan bo'lsa ham oro bergan bo'lsangiz hozir turmush o‘rtog'ingiz bor.

Agar barchasini qilgan bo'lsangizu e'tibor bo'lmasa biron narsa deyishga ojizman. Axir men ham insonman.
Xatolari bo'lsa uzr so'rayman

Hurmat bilan Risliqoy (ko'chirilmasin)


@Umr_Falsafasi
2.3K views14:42
Ochish/sharhlash
2023-03-31 16:34:02
Sovg‘alardan bittasini tanlang

Ilohim, tanlagan sovg‘angizga, albatta, erishing
Ramazonda qilingan duolar ijobatdir, InshaAlloh!

@Umr_Falsafasi
56 views13:34
Ochish/sharhlash
2023-03-31 11:02:45 Бир канални биламан, тушкунлик ва қувончли кунларимда хамроҳим. Чиқиш ҳақида ўйлаб ҳам кўрмаганман.

Сизга ҳам илиндим


https://t.me/+VAKTAFH8KiUcU3Bq
https://t.me/+VAKTAFH8KiUcU3Bq
1.7K views08:02
Ochish/sharhlash
2023-03-31 09:55:10 #Mulohaza

Odam juda jumboqli savol. Bolalikda o'sishni,  ulg'aygach pul topishni, o'lim kelganda yashashni xohlaydi.

@Umr_Falsafasi
2.2K views06:55
Ochish/sharhlash
2023-03-30 18:25:28 Ayol kimdirlar uchun mo‘jiza. Ayrimlar uchun ojiza. Ayrim insonlar uchun qadri osmon. Ayrimlar uchun qadrsiz matohdek.
Ayol erkak uchun boridan kechadi. Xo'sh erkak ayol uchun nimadan voz kechadi? Ayol oila quradi. Yangi oila uchun eski oilasidan ketadi. Ayol avval hayotini deyarli butun hayotini o'zgartiradi. Turmush o‘rtog'i bilan baxtli hayot kechirish uchun barcha qiyinchilikni boshidan o'tkazishga tayyor turadi. Hayotning sinovlariga sabr qiladi. Doim oilasi uchun jon kuydiradi. Ayol shunday yaratilgan. Xattoki eng qattiqqo'l ayolning qalbida ham kimdir uchun mehr uchquni doim porlab turadi.
Ayolga eng ko'p azob beruvchi yoki baxt beruvchi bu YANGI OILAsidir. Chunki, yangi hayotga moslashish davomida ko'p insonlar bilan, xattoki bolaga ham kattalardek muomilada bo'lishadi. Lekin barcha oila a‘zolari ham yangi kelinni birdek qabul qilmaydi. Ayol yangi uyda hammani ko'nglini qancha harakat qilsa ham birdek yo'l topa olmaydi. Chunki oilaning asosiy nazoratini katta insonlar ushlab turadi. Ya'ni qaynona va qaynota. Kelinni o‘z farzandidek qabul qilsa, qolgan oila a'zolari ham kelinni o‘z yaqinidek qabul qiladi. Lekin ayrim oilalarda qaynona kelinni "Quldek" qabul qiladi. U yangi oilaning barcha uy yumushlarini qilish, ovqat qilish, non yopish, kelgan-ketgan mehmonlarni ko‘ngliga yo‘l topish, kir yuvish, erini xizmatini qilish, farzandli bo'lsa farzandiga qarash, qaynona-qaynotani xizmatini qilish, va sanasa juda ko'p xizmatlari bor. Xo'sh ayolning asosiy xizmati, e'tibori, mehri kimga bo'lishi kerak?
— Turmush o‘rtog'i va farzandlariga. Shuncha xizmatlarni qilgan kelinchak toliqqandan Turmush o‘rtogiga mehr bera olmaydi. Va oilada kelishmovchiliklar paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Ayrim qaynonalar kelinning birgina xatosi tufayli oilani barbod bo'lishiga sabab bo'ladi. O'g'liga kelinini yomonlab, uning ayblarini oshirib gapirib o'g'lining ham mehrini ayolidan sovutadi. Asli bu yaxshi ish emas. Chunki ona farzandini o'ylasa kelini yomon bo'lsa ham uning ayblarini yashirib, o'g'lining mehrini oshirishi kerak. Shunday qaynonalar borki, kelinini o'z farzandidek ko'rib, ardoqlaydi. Xatolarini o'z farzandini Xatolarini kechirgandek kechiradi. Begonalardan o'z qizini asragandek asraydi. Bunday qaynonalar juda kam. Bilaman...
Kelinlar shirin so'zga muhtoj. Bir og'iz shirin so'z ular uchun bir olam quvonch.
Erkaklarga ham bir gap: "Onamga yoqqan qizga uylanaman" degan gaplarni hayolingizdan o'chiring. Qalbingiz bilan va Allohning suyganini seving. Ardoqlang.
Aziz qaynonalar, erkaklar ayolingizni, keliningizni, shirin so'z va mehringizni ayamang.
Ayolingizni kamchiliklari bo'lsa kechiring, uni xatolarini to'g'rilashga birgalikda harakat qiling. Chunki beayb Allohdir! Hech qaysi inson bu dunyoga bilib kelmaydi. Yashash davomida asta-sekin o'rganadi. Ulg'ayadi. Siz ayolga shirinso'z bo'ling. Sizning qahringiz uning sinovlari oldida eng kattasidir. Shuni unutmang!
Chunki, ayol doim suyana oladigan yelkaga muhtojdir!

Hurmat bilan Risliqoy (Ko'chirilmasin)

@Umr_Falsafasi
3.9K viewsedited  15:25
Ochish/sharhlash
2023-03-30 08:25:05 • Tahorat boshlanib, ikki qo‘l yuvilayotganda ushbu duo o‘qiladi.
"Alhamdu lillahillazi ja’alal maa tahuran val islama nuran".
Ma’nosi
: "Suvni ham, Islom dinini ham poklik manbai qilib yaratgan Allohga hamd bo‘lsin".
• Og‘iz chayilayotganda ushbu duo o‘qiladi:
"Allohumma tahhir nakhati va asqini min havzi nabiyika".
Ma’nosi
: "Ilohim, og‘zimni pok qil, Payg‘ambar ichgan «Havzi kavsar» suvidan ichishni nasib et".
• Burunga suv tortilayotganda ushbu duo o‘qiladi:
"Allohumma arihni roihatal jannati va la turihni roihatan-nari".
Ma’nosi
: "Ilohim, jannat hididan bahramand et, do‘zah isidan nari tut".
• Yuz yuvilayotganda ushbu duo o‘qiladi:
"Allohumma bayyiz vajhi bi nurika yavma tabyazzu vujuhu ulaika va la tusavvid vajhi yavma tasvaddu vujuhu a’doik".
Ma’nosi
: "Ilohim, sevimli bandalaring yuzlari pok holatda turuvchi kuni mening yuzimni ham yorug‘ qil. Gunohkorlar yuzi qora bo‘lguvchi kundan asragin".
•O‘ng qo‘l yuvilayotganda ushbu duo o‘qiladi:
"Allohumma a’tini kitabi biyamini va hosibni hisaban yasiron".
Ma’nosi: "
Ilohim, qiyomat kuni amallarim yozilgan daftarni o‘ng tarafimdan berib, hisobimni yengillatgin".
• Chap qo‘l yuvilayotganda ushbu duo o‘qiladi:
"Allohumma la tu’tini kitabi bishimali va la min varoi zohri va la tuhosibni hisaban shadidan".
Ma’nosi
: "Ilohim, amallar yozilgan daftarni chapimdan ham, ortimdan ham bermagil, qattiq hisob-kitob qilmagil".
• Boshga mas'h tortilayotganda ushbu duo o‘qiladi:
"Allohumma g‘ashshini birohmatika va anzil ’alayya min barokatika"
Ma’nosi
: «Ilohim, O‘z rahmating bilan boshimni silagin, ustimga barakotlaringni yog‘dirgin».
• Quloqqa mas'h tortilayotganda ushbu duo o‘qiladi:
"Allohumma ij’alni minallazina yastami’unal qovla fayattabi’una ahsanahu".
Ma’nosi
: "Ilohim, meni yaxshi so‘zlarga tobe’ qilgil va ergashtirgil".
• Bo‘yinga mash tortilganda ushbu duo o‘qiladi:
"Allohumma a’tiq raqobati minannari vahfazni minassalosili val ag‘lali".
Ma’nosi
: "Ilohim, meni do‘zah azobidan asragil va zanjirlarda sudramagil".
• O‘ng oyoq yuvilayotganda ushbu duo o‘qiladi:
"Allohumma sabbit qodamayya ’alas siroti yavma tazillu fihil aqdamu".
Ma’nosi
: "Ilohim, qiyomatda – oyoqlar toyguvchi kunda oyoqlarimni toydirmagil".
• Chap oyoq yuvilayotganda ushbu duo o‘qiladi:
"Allohumma ij’al sa’yi mashkuron va zanbi mag‘furon".
Ma’nosi
: "Ilohim, qilgan ishlarimni savob yo‘liga burgil va gunohlarimni avf etgil".
• Tahorat yakunida ushbu duo o‘qiladi:
"Allohumma ij’alni minat-tavvobinal mutatohhirina vaj’alni min ’ibodikas-solihinallazina la xovfun alayhim va la hum yaxzanun".
Ma’nosi
: "Ilohim, meni O‘z tarafingga yuzlanuvchi pokiza insonlar safiga sol, qiyomat kuni yaxshi bandalaring qatorida qo‘llagil, azoblardan asragil".

@Umr_Falsafasi
4.2K views05:25
Ochish/sharhlash
2023-03-30 07:11:09
Gap faqat yashashda emas. Gap — INSONday yashashda.
Gap sevishda emas, qanday sevishda!
Gap faqat nafas olishda emas, hayotda munosib o‘rinda yashay olishda!
Gap qayg‘ularga bo‘yin egishda emas, gap qayg‘ular ustidan g‘alaba qozonishda!
Gap odam qiyofasida ko‘rinishda emas, gap ODAMday yashashda!
Gap dunyoning yomonliklariga yengilmay, ruhingni cho‘ktirmay INSON bo‘lib qolishdadir...

@Umr_Falsafasi
3.8K views04:11
Ochish/sharhlash
2023-03-29 14:03:23 #Mulohaza

Barcha narsalarni yo‘qotdim deb o‘ylasang, Alloh sen bilan birga ekanini yodga ol, shunda sen Uni yo‘qotmaysan, tabassum qil!
Suygan insoning senga e’tibor berishi uchun unga bosim o‘tkazma, uning o‘zi kimligingni va qadring qanchaligini bilgunicha tashlab qo‘y!
Yaxshilab kuzat: kim xafaligingdan xafa bo‘ladi va xursandchiligingdan quvonadi, ana o‘sha inson qalbingdan joy olishga haqlidir.
Baxt-saodatning sabablaridan biri – senda go‘zallikni ko‘ruvchi ko‘z, yomonlikni kechiruvchi qalb, eng afzal narsani o‘ylovchi aql hamda umidga to‘la ruhning bo‘lishidir.
Insonlarni o‘zingga qaratib, sendan hayratlanishlari uchun yolg‘on gapirma, rostgo‘ylikdan qo‘rqma, agarki bu sendan insonlarni uzoqlashtirsa ham…
Unutma, o‘zgalar bilan munosabatda ochiq-oydinliging ulkan yutuqdir.

@Umr_Falsafasi
2.3K views11:03
Ochish/sharhlash
2023-03-27 13:46:43
Hech ham adolatli bo'lmasa-da, hayotni kechirishni o'rgandim...
Ozor chekkanimda ne qadar azob chekmoqqa arzisa-da, muhim emas deyishni o'rgandim...
Kimnidir qanchalar o'ylasam o'ylayin, qanchalar sevsam sevayin, tag'in ham ortidan qaramasdan keta olasan deyishni o'rgandim...
Rozi qila olmasam-da birovni, rozi boʻlishni; unutmasam-da, unutilishni o'rgandim...
Qadr deb bilganim aslida qiymatsizlik ekanligini o'rgandim...
Va qanchalar qaro boʻlmasin, qora tun ortida yorugʻ tong borligini, oʻtmaydi deb oʻylaganlarimning barchasi vaqti kelib oʻtishini oʻrgandim...
Oʻrgandim...

@Umr_Falsafasi
2.2K views10:46
Ochish/sharhlash
2023-03-27 11:10:43
Bir inson aytgan edi: "Sen yaxshi inson bo‘lsang ham, seni yaxshiligingni bilmaydigan insonlar ko‘p" deb. U paytlarda ishonmasdim. Yaxshilikka hech qachon yomonlik qaytmaydi deb. Keyin bilsam, haqiqat ekan. Achchiq bo‘lsa ham.

@Umr_Falsafasi
2.6K views08:10
Ochish/sharhlash