Get Mystery Box with random crypto!

• Miyasi mayda-chuyda orzularga to‘la odamlar bilan uzoq suhba | Umr Falsafasi

• Miyasi mayda-chuyda orzularga to‘la odamlar bilan uzoq suhbat qurmang. Ular sizning katta orzu-maqsadlaringizni cho‘ktiradi.
•Hayotdan alamzada va norozi insonlar bilan muloqot qilmang. Undaylar sizning hayotga bo‘lgan qiziqishingizni, umidingizni so‘ndiradi.
• Juda ham ehtiyotkor va qo‘rqoqlarni fikrlariga quloq solmang. Ular tufayli tavakkalga qo‘l urolmaysiz.
•Dangasa, ishyoqmaslar bilan do‘stlashmang. Aks holda sizning miyangiz ham ularnikiga o‘xshab hayotda o‘sish uchun imkoniyatlar emas, ko‘proq uxlash uchun sabablar izlay boshlaydi.
• Katta orzular qiling, maqsadlar qo‘ying. Unga yetish rejasini tuzing va bu yo‘lda siz bilan yelkama-yelka muammolaringizni hal qiluvchi, quvonchingizga sherik bo‘luvchi do‘stlar orttiring!

@Umr_Falsafasi