Get Mystery Box with random crypto!

Tug‘ilding, bu hayot ostonasida, Seni qarshi oldi, bir yog‘oc | Umr Falsafasi

Tug‘ilding, bu hayot ostonasida,
Seni qarshi oldi, bir yog‘och beshik.
Ulg‘ayib, yashab so‘ng ko‘zing yumganda,
Qabringa kuzatdi, tebranmas beshik.

Bu hayot — shu ikki beshik orasi

Tug‘ilding, o‘rashib oppoq yo‘rgakka,
Erkalab, e’zozlab, sevib-suyushdi.
Ruh oxir tanangni tark etgan kuni,
Yana oq yo‘rgakka o‘rab qo‘yishdi.

Bu hayot — shu ikki yo‘rgak orasi

Ko‘z ochib, hayotni ko‘rganing zahot,
Odamlar yig‘ingga jim quloq osdi.
Bandalikni bajo keltirgan kuning,
Dunyoni o‘zgalar ko‘z yoshi bosdi.

Bu hayot — shu ikki yig‘i orasi

Shu qisqa hayotda eng muhim yumush,
Yaxshi nom qoldirib, yashamoq ekan.
Angladim, tug‘ilish aslida do‘stim,
O‘limga ilk qadam tashlamoq ekan.

Bu hayot — tug‘ilish va o‘lim orasi...

@Umr_Falsafasi