Get Mystery Box with random crypto!

Soni Qancha?

Telegram kanalining logotibi soniqancha_narxiqancha_bilasizmi — Soni Qancha? S
Telegram kanalining logotibi soniqancha_narxiqancha_bilasizmi — Soni Qancha?
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 49.75K
Kanalning ta’rifi

@SoniQancha kanalida ishonchli manbalardan raqamlarga oid qiziqarli ma'lumotlar berib boriladi.
💰 Reklama: @ReklamaGold
👨🏻‍💻 Admin: @Yusupov_Davlat
P.s. Ba'zan reklama ko'payib ketadi. To'g'ri tushunasiz, bo'sh qop tik turmaydi

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 16

2021-08-21 16:00:25
Maktab o'qituvchilarining oyligi 2024-yilgacha ming dollarga yetadimi?

Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov 1-fevral kungi matbuot anjumanida “Prezidentimizning topshirig'iga ko'ra, o'qituvchilarning oyligini 2024-yilgacha $1000 ga yetkazishni mo‘ljallaganmiz va bu masalada takliflar tayyorlanmoqda. Qaror loyihasi ishlab chiqilgach, uni albatta, jamoatchilik, xususan, o‘qituvchi-ustozlarimiz bilan muhokama qilamiz” – degan.

Temur Komilov xalq ta'limi tizimidagi moliyaviy qing'irliklarga izoh berarkan, ular asosan naqd puldan o'g'irlash, ishlanmagan soatlarga qo'shib yozish, lavozim maoshlarini noto‘g‘ri qo‘llash (mutaxassisga oliy toifali o‘qituvchining stavkasida maosh belgilash), malaka-toifa sertifikatlarini qalbakilashtirib, asossiz va noqonuniy maosh qo'shib yozish ko'rinishida amalga oshirilganini aytdi.

@SoniQancha
1.9K views13:00
Ochish/sharhlash
2021-08-21 14:30:15
Clubhouse bu yangi trendmi?

Clubhouse Google’ning sobiq xodimi Pol Devison tomonidan 2020-yilda yaratilgan va uni Pinterest sotib olgan.

Clubhouse’ning asosiy «fishka»si bu – real vaqt rejimidagi jonli muloqot. Suhbatni pauzaga qo‘yish, orqaga qaytarish, tezlashtirish yoki yozib olishning imkoni yo‘q. Muloqot faqatgina ovozli shaklda va real vaqt rejimida amalga oshadi.

Ushbu startap hali hech qanday daromad ko‘rmayotgan bo‘lsa-da, tezkor sur'atda ommalashib borayotgani bois so‘nggi tahlillarga ko‘ra $1 mlrd ga baholangan. Yanvar oxiridagi holatga ko‘ra, tarmoqqa ulanganlar soni 3,6 mln, faol foydalanuvchilar esa 2 mln nafarni tashkil qilmoqda.

Clubhouse’ga boshqa Tesla asoschi Ilon Mask, Facebook asoschisi Mark Tsukerberg va boshqa taniqli shaxslarning a'zo bo‘lishi tarmoq yanada ommalashishiga sabab bo‘ldi.

Afsuski, Ilova hozircha faqat IOS dasturlarida ishlaydi (Android versiyasi ishlab chiqish jarayonida).

@SoniQancha
2.2K views11:30
Ochish/sharhlash
2021-08-21 14:30:15
O'z mehnati bilan milliarderlikka erishgan eng yosh ayol boyligi

Forbes jurnali talqiniga ko'ra, Bumble tanishuv xizmatining rahbari va asoschilaridan biri 31 yoshli Uitni Vulf Herd IPO’dan keyin o‘z kuchi bilan boylik orttirgan eng yosh ayol milliarderga aylandi.

Bumble 11-fevralda NASDAQ birjasida savdoni boshladi. IPO paytida ularning narxi bitta aksiya uchun $43 ni tashkil etdi. Shu bilan birga, birinchi kimoshdi savdosida qimmatli qog‘ozlar qiymati 85 foizdan oshib, har bir aksiya uchun $79,6 ni tashkil etdi, kompaniyaning bozor qiymati esa $15 mlrd dan oshgan.

Uitni kompaniyaning deyarli 12 foiziga egalik qiladi (21,54 million aksiya bilan). IPO’dan keyin Forbes uning ulushini $1,6 mlrd ga baholagan.

@SoniQancha
2.0K views11:30
Ochish/sharhlash
2021-08-21 14:01:09
Sandiqlar ochishda omadingizni sinab koʻrishni xohlaysizmi?

Sandiqlardan birini oching va guruhni tanlang!

Ko‘ramiz qaysi sovg‘a tushar ekan

Yaqinlaringizga ham ushbu o‘yinni ulashing!
2.1K views11:01
Ochish/sharhlash
2021-08-21 13:00:35
2021-yilda O'zbekiston yo'llarni ta'mirlash uchun 4,5 trillion so'm sarflaydi

2021-yilda O'zbekistonda 3935,8 km yo'llarni ta'mirlash va rekonstruksiya qilish uchun 4,5 trillion so'm mablag’ sarflanishi rejalashtirilgan.

Hozirda O'zbekistonda 184 174 ta yo'ldan foydalanilmoqda: 42,8 ming km umumiy foydalanish, 116,5 ming km ichki, 24,7 ming km idoraviy avtomobil yo'llari.

Kapital ta'mirlash dasturi bo'yicha 355,5 milliard so'm sarmoyani sarflash rejalashtirilgan. Ushbu mablag'lardan ichki yo'llarni ta'mirlash uchun 255,6 milliard so'm ajratiladi.

Mablag'larning katta qismi ichki yo'nalishlarga yo'naltiriladi.

@SoniQancha
2.4K views10:00
Ochish/sharhlash
2021-08-21 10:00:19
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qancha mablag’ yo’qotishgan?

Quyida ikkinchi jahon urushi mamlakatlar iqtisodiyotiga qancha ziyon keltirganligini korib chiqamiz:

Ittifoqchilar:
— SSSR - $2,57 trln 1945-yil qiymatida (bugungi kun qiymati bo’yicha $36,97 trln);
— AQSh - $341 mlrd 1945-yil qiymatida (bugungi kun qiymati bo’yicha $4 trln 907 mlrd 273 mln);
— Buyuk Britaniya - $120 mlrd 1945-yil qiymatida (bugungi kun qiymati bo’yicha $1,727 trln);
— Kanada - $45 mlrd 1945-yil qiymatida (bugungi kun qiymati bo’yicha $647 mlrd 588 mln);
— Fransiya - $21 mlrd 1945-yil qiymatida (bugungi kun qiymati bo’yicha $302 mlrd 208 mln);

Gitler kaolitsiyasi:
— Germaniya - $272 mlrd 1945-yil qiymatida (bugungi kun qiymati bo’yicha $3 trln 914 mlrd 306 mln);
— Yaponiya - $56 mlrd 1945-yil qiymatida (bugungi kun qiymati bo’yicha $805,9 mlrd);
— Italiya - $94 mlrd 1945-yil qiymatida (bugungi kun qiymati bo’yicha $1 trln 352 mlrd 738 mln);

Ko'rib turganingizdek eng katta yo’qotish SSSR'da bo’lgan.

@SoniQancha
2.7K views07:00
Ochish/sharhlash
2021-08-21 08:35:12
Amerikalik reper Lil Uzi Vert operatsiya yo'li bilan peshonasiga pushti olmosni qo'ydirdi

1994-yil 31-iyul AQSh'ning Filadelfiya shtatida tug'ilgan Symere Bysil Woods, Lil Uzi Vert nomi bilan mashhur, amerikalik hip-hop ijrochisi va qo'shiq muallifi.

Amerikalik reper Lil Uzi Vert peshonasiga qiymati $24 mln bo'lgan 10 karatli olmosni operatsiya qilish yo'li bilan joylashtirdi. Musiqachining so'zlariga ko'ra, tosh uning uyi va mashinalari umumiy qiymatlaridan qimmatroq deya xabar bermoqda Snob.ru.

30-yanvar kuni u o'zining Twitter'ida tabiiy pushti tosh uchun 2017-yildan buyon mablag' ajratayotganini aytdi.

@SoniQancha
2.7K views05:35
Ochish/sharhlash
2021-08-21 08:35:12
Apple qanchalik buyuk?

Stiv Jobs va do'stlari tomonidan 1976-yilda asos solingan kompaniyaning bugungi kunga kelib bozor qiymati $2 trln dan oshiqdir.

• Texnik gigant Apple'ning bozor qiymati 2018-yilda $1 trln, 2020-yilda 2 trln lik chegarani bosib o’tgan, eng tez rivojlanayotgan yagona kompaniya hisoblanadi.
• Apple'ning qiymati bo’yicha:
— Osiyolik raqibi Samsung ($301,6 mlrd) dan 6,6 martaga ko’p;
— Google ($1 trln) dan 2 martaga;
— 2021-yilgi O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti ($14,238 mlrd) dan 140 martaga ko’p;
— 2021-yilgi Rossiya Federatsiyasi davlat byudjeti ($249,288 mlrd) dan 8 martaga ko’p;
— Shimoliy Afrikaning 25 davlati ($839,4 milliard) YaIM'dan 2,4 martaga ko'p.

Bu eng qimmat marrani saqlaydimi? Buni vaqt ko'rsatadi, ammo Apple endi trillion dollarlik yagona kompaniya emas: klubga Google, Amazon va Microsoft qo'shildi.

@SoniQancha
2.5K views05:35
Ochish/sharhlash
2021-08-21 08:25:52
ЗОЛОТОЙ ОЛЕНЬ- Эркакларнинг потенциасини тиклаш ва кучайтиришга му́лжаланган, ноёб гиёхлардан таёрланган табиий махсулот !!!

Препарат- эрекцияни яхшилайди, алоқа вақтини узайтиради, чидамликни оширади, хиссиётни кучайтиради!!

Такидлаш жоизки, дориларнинг таъсири битта дозадан кейин 180 соатгача давом этади, бундан ташкари таъсири жуда тез содир бу́лади!!

Кўллаш учун кўрсатмалар;
- Психоматик ёки физиологик ж. кассаликлар
- Эрекцияни кучайтириш
- Олигосперми
- Импотенция
- Простатит
- Тез тез хожатга бориш
- Метоболизимни тиклаш
- Эркаклик фоизини кўтаришда
- Жисмоний ва ж. кувватни ошириш
- Эркакни ёшартиради, қариликни олдини олади

Эски нархи: 259. 000 сўм эмас
Чегирма нархи: 129. 000 сўм

Маҳсулотни қўлга олгач, тўлов қиласиз.
Етқазиб бериш бепул!

ЗАКАЗ КИЛИШ
*
https://100k.uz/oqim/42542
https://100k.uz/oqim/42542
2.5K views05:25
Ochish/sharhlash
2021-08-21 07:00:07
AQSh kimdan qancha qarzdor?

AQSh hukumati 2020-yilning ikkinchi choragida $3 trillion miqdorida kredit oldi, bu iqtisodiyotning kelajagi uchun noma'lum oqibatlari bo'lgan hayratlanarli ko'rsatkich.

AQSh qarzining o'nta yirik xorijiy egalari:
1. Yaponiya: $1 trln 271 mlrd 700 ming;
2. Xitoy: $1 trln 81 mlrd 600 mln;
3. Buyuk Britaniya: $395 mlrd 300 mln;
4. Irlandiya: $271 mlrd 500 mln;
5. Braziliya: $264 mlrd 400 mln;
6. Lyuksemburg: $246 mlrd 100 mln;
7. Gonkong: $245 mlrd 300 mln;
8. Shveytsariya: $244 mlrd 600 mln;
9 Kayman orollari: $207 mlrd 200 mln;
10. Belgiya: $206 mlrd 100 mln.

@SoniQancha
2.9K views04:00
Ochish/sharhlash