Get Mystery Box with random crypto!

Tesla kompaniyasiga tegishli Gigafactory haqida eshitganmisiz | Soni Qancha?

Tesla kompaniyasiga tegishli Gigafactory haqida eshitganmisiz

2014-yilda AQSh'ning Tesla kompaniyasi Nevada shtatida qattiq sir saqlagan holda yangi fabrika qurishni boshlaydi.

Kompaniya tomonidan “Gigafabrika 1” (Gigafactory 1) deb nomlangan bu fabrika qurilishi 2020-yilga yakunlanishi rejalashtiriladi. Qurilish yakunlangandan keyin u dunyoda hajmi boʻyicha 2-raqamli bino boʻladi – uning maydoni Nyu-Yorkdagi Markaziy bogʻdan 3 barobar kattaroq boʻlishi aytiladi.

2014-yilda Tesla Panasonic kompaniyasi bilan zavodga sarmoya kiritish uchun $5 mlrd lik shartnoma imzolanadi. Shartnomada Panasonic zavodni batareykalar ishlab chiqarish bo'limini boshqarishga rozilik oladi. 2016-yil boshiga kelib, Panasonic prezidenti tomonidan zavodni to'liq quvvatlantirish uchun yana $1,6 mlrd kiritiladi. Shu yilni aprel oyida yana $3,86 mlrd lik obligatsiya sotadi.

Zavodni kengaytirish yana davom qilmoqda va har yili milliardlab dollarlar kiritilmoqda.

@SoniQancha