Get Mystery Box with random crypto!

Porsche kompaniyasi yangi yo'ltanlamas universali va elektrove | Soni Qancha?

Porsche kompaniyasi yangi yo'ltanlamas universali va elektrovelosipedlarini namoyish etdi

Porsche kompaniyasi to'liq uzatmali yo'ltanlamas flagman elektromobilini hamda eBike Sport va eBike Cross Porsche permium-klas elektrovelosipedlarini namoyish etdi.

Velosipedlarga Shimano EP8 dvigatellari o‘rnatilgan bo‘lib, ular soatiga 25 kilometr tezlikkacha harakatlana oladi. Porsche eBike ramasi 120 kilogrammgacha ishchi yukni ko‘tarishga qodir. Ikkala model ham 2021-yilning kuzida sotuvga chiqadi. Porsche eBike Sport narxi rasman $10,7 ming (bu pulga deyarli Gentra olsa bo'ladi) ni, eBike Cross esa $8549 ni tashkil etadi.

Elektromobil Taycan sedani bazasida qurilgan, old yukxonasi sig‘imi 84 litrni, orqasi esa 446 litrni tashkil etadi. Taycan Cross Turismo quvvati dastlabki 100 km tezlikka 3,3 soniyada erishadi. Eng kuchli Taycan Cross Turismo — Turbo S versiyasi 100 km/soatga 2,9 soniyada erishadi.

@SoniQancha