Get Mystery Box with random crypto!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

Telegram kanalining logotibi nodavlattalim — Nodavlat oliy ta'lim muassasalari N
Telegram kanalining logotibi nodavlattalim — Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
Kanal manzili: @nodavlattalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 82.86K
Kanalning ta’rifi

— Respublikadagi nodavlat (xususiy) oliy ta'lim muassasalari va davlat oliy ta'lim muassasalari bo'yicha tezkor xabarlar, foydali ma'lumotlar, huquqiy sharhlar sodda tilda.
Murojaat: @nodavlatbot
Hamkorlik uchun: @nodavlattalimbot
03.09.2022

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2024-05-27 18:31:06 HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi

Yangi o‘quv yilidan boshlab, ta’lim krediti:

oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun – talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kontrakt.edu.uz axborot tizimi va “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud bo‘lganda;

professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun – o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar prof.edu.uz axborot tizimida mavjud bo‘lganda ajratiladi.

O‘z dasturiy ta’minotiga ega bo‘lgan oliy va professional ta’lim tashkilotlari ta’lim kreditini olish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli axborot tizimlariga o‘z axborot tizimini integratsiya qilishi yoki ulardan foydalanishi majburiy hisoblanadi.

Boshqacha aytganda, xususiy va nodavlat OTMlarning tizimi "HEMIS"ga ulanmagan bo‘lsa, unda ushbu OTM talabalariga ta’lim krediti ajratilmaydi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
22.0K viewsedited  15:31
Ochish/sharhlash
2024-05-27 18:19:45 Rasman: Ta'lim krediti faqat kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga beriladi

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarga ajratiladi. — Prezident Farmoni

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
20.4K viewsedited  15:19
Ochish/sharhlash
2024-05-27 18:04:06 Rasman: Toshkent menejment va iqtisodiyot institutida 2024-2025 o'quv yili uchun qabul boshlandi!

Oliy ta’lim orqali o’z maqsadlaringizni amalga oshirmoqchi bo’lsangiz sizga keragi
Toshkent Menejment va Iqtisodiyot institutida!

Zamonaviy muhit
5 dan ortiq chet elda hamkor universitetlar
10 dan ortiq xalqaro universitetlar bilan akademik mobillik
Malakali ustozlardan bilim olish
100% tan olinadigan diplom
Work & Travel dasturida qatnashish

O’z orzularingiz uchun asosiy qarorni qabul qiling.

 Shoshiling. Hoziroq qo'ng'iroq qiling:
+998712009005 | @timeedubot

Online ro'yxatdan o'tish

(Litsenziya №240963-son, 15.03.2024y)

Telegram |Instagram |Youtube

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
17.2K viewsedited  15:04
Ochish/sharhlash
2024-05-27 13:32:05 Endi talabalarga 2 xilda grant beriladi

Talabalarga grant 2 turda taqsimlanadi: 100 foizlik va 50 foizlik. Talaba birinchi kursni tugatgach, unga grant bir yillik o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab beriladi.

Masalan, bir guruhga 50 nafar bola grant asosida qabul qilindi. Jami guruhda esa 200 talaba bor. Ularga ajratiladigan grantning 50 foizi 100 foizlik, qolgan yarmi esa 50 foizlik grant bo‘ladi. Bunda jami 50 ta grantning 25 tasi 100 foizlik, qolgan 25 tasi esa 50 foizlik grant bo‘ladi.

Demak, kontraktda o‘qiyotgan talaba 50 foizlik grant olishi uchun ham yaxshi o‘zlashtirishga ega bo‘lishi kerak. Bizda GPA – o‘zlashtirish ko‘rsatkichi uchdan beshgacha hisoblanadi. Shu GPA ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lganlarga 100 foizlik grant, pastroq bo‘lganlarga esa 50 foizlik grant beriladi.


Ushbu tartib 1-kurslardan boshlanadi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
19.5K viewsedited  10:32
Ochish/sharhlash
2024-05-27 13:03:53
Kelajagi uchun katta maqsadlari bor abituriyentlar diqqatiga: Osiyo Xalqaro Universitetida 2024-2025 o'quv yili uchun qabul boshlandi!

Zamonaviy va jahon standardlariga javob beruvchi o'quv binolarimiz va professional akademik jamoamiz ilmga chanqoq talabalarni kutmoqda!

Shuningdek, bakalavr bilan bir qatorda magistratura bosqichi uchun ham qabul davom etmoqda

Universitetimizdagi barcha 27 ta ta'lim yo'nalishlarini ko'rish uchun quyidagi havolani bosing: Ta’lim yo’nalishlari

Kelajagingiz uchun eng yaxshisini tanlang – hoziroq ro'yxatdan o'ting: qabul.oxu.uz

Qo'shimcha ma'lumot va savollar uchun biz bilan bog'laning:
+998553050009

www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
18.5K viewsedited  10:03
Ochish/sharhlash
2024-05-26 11:32:02
#eslatma

Yana nodavlat oliygohlar tekshirilmoqda

Vazirlik tomonidan ayni vaqtda respublikada faoliyat yuritayotgan 19 ta nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari Vazirlar Mahkamasining 80-sonli qaror talablari bo'yicha qaytadan tekshirilmoqda.

Biror bir talabga javob berolmasligi aniq bo'lgan davlat oliygohlari qolib yana xususiy oliygohlar tekshirilishi g'alati(

Rasm (Abduvali akani gapi) shu yerda turib tursin

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
21.8K viewsedited  08:32
Ochish/sharhlash
2024-05-26 11:02:47
Rasman: maktab bitiruvchilari va abituriyentlar uchun ERTAGA 26-may TEKIN onlayn test boʻladi!

YUTUQ: 1.000.000 so'm!

Yakshanba, 26-may kuni Imtihonlar.uz platformasi'da kirish imtihonlari andozasidagi BEPUL onlayn BLOK Test tashkil etilmoqda!

Test vaqti: 26-may (09:00 dan 23:59 gacha)
Ishtirok etish narxi: BEPUL
Ro'yxatdan o'tish shart!

Kirish imtihonlari andozasidagi 5 BLOKLI original testlar siz uchun!

Yo'nalish tanlang va ro'yxatdan o'ting!
Rus tili
Nemis tili
Fransuz tili
Huquq + Ingliz tili
Ingliz tili + Matematika
Ingliz tili + Ona tili
Kimyo + Biologiya
Matematika + Ingliz tili
Matematika + Ona tili
Matematika + Fizika
Ona tili + Ingliz tili
Ona tili + Matematika
Ona tili + Tarix
Tarix + Geografiya
Tarix + Ingliz tili
Tarix + Ona tili
Biologiya + Ona tili
Biologiya + Kimyo
Kimyo + Matematika
Geografiya + Matematika
BOSHQA YO'NALISHNI TANLASH;

Testga ro'yxatdan o'tish:
Ro'yxatdan o'tish
Ro'yxatdan o'tish

Test yakunida sertifikat beriladi!
19.1K views08:02
Ochish/sharhlash
2024-05-25 10:28:21 Endi nodavlat oliygohlarga ham davlat granti ajratiladi

Nodavlat oliy ta’lim muassasalari ham davlat granti taqsimotida ishtirok etishi mumkin. Buning uchun davlat oliy ta’lim muassasalari uchun o‘rnatilgan tartib va shartlar bo‘yicha talabalar qabulini amalga oshirishi kerak.

Boshqacha aytganda UzBMB test sinovlari orqali talaba qabul qiladigan nodavlat OTMlarning talabalari ham xuddi davlat OTMlari talabalari kabi davlat grantiga teng huquqli da’vogarlik qilishi mumkin.

Bunda tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bir talaba uchun ajratiladigan mablag‘ moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida bir talaba uchun to‘g‘ri keladigan o‘rtacha xarajat miqdoridan oshmagan hajmda moliyalashtiriladi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
22.5K viewsedited  07:28
Ochish/sharhlash
2024-05-25 09:05:53 Endi bakalavrga kirish uchun ham til sertifikati talab qilinadi.

2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
36.0K viewsedited  06:05
Ochish/sharhlash
2024-05-20 13:32:02
500 ta kvota uchun tavsiyanoma qancha muddat amal qiladi?

Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlarga davlat oliy taʼlim muassasalariga 500 ta kvota ajratiladi.

Hozir talabgorlardan ariza olinyapti.

Kimlar tavsiyanoma ololadi?

o'rta ma'lumotli;
OTMda o'qimagan;
5 yil staji borlar.

Tavsiyanomaning amal qilish muddati — 3 yil. Ya'ni uni olgan talabgor o'qishga kirolmasa, jami 3 yilgacha undan foydalanishi mumkin.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
16.3K viewsedited  10:32
Ochish/sharhlash