Get Mystery Box with random crypto!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

Telegram kanalining logotibi nodavlattalim — Nodavlat oliy ta'lim muassasalari N
Telegram kanalining logotibi nodavlattalim — Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
Kanal manzili: @nodavlattalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 82.86K
Kanalning ta’rifi

— Respublikadagi nodavlat (xususiy) oliy ta'lim muassasalari va davlat oliy ta'lim muassasalari bo'yicha tezkor xabarlar, foydali ma'lumotlar, huquqiy sharhlar sodda tilda.
Murojaat: @nodavlatbot
Hamkorlik uchun: @nodavlattalimbot
03.09.2022

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2024-06-05 18:13:55 Xususiy oliygohlardan davlat oliygohlariga imtihonsiz o'qishni ko'chirish mumkin.

Davlat oliy ta'lim muassasalariga IMTIHONSIZ o'qishni ko'chirish imkoniyati borligi va bir necha yildan beri ayrimlar ushbu imkoniyatdan foydalanib kelayotganidan xabaringiz bormi?

Bu yil o'qishni ko'chirish mavzusiga doir bir qator o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda.

"Perevod"ga oid savollaringizni quyidagi link ostida qoldiring, batafsil gaplashamiz

Batafsil videoda: https://www.instagram.com/reel/C71nV0_IJZ0/?igsh=MWl6dzI1aDA2Nm00Nw==

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
28.9K viewsedited  15:13
Ochish/sharhlash
2024-06-05 13:42:02
Abituriyentlar diqqatiga: hujjat topshirishda tanlanayotgan OTM faqat imtihon topshiradigan bino sifatida tanlanadi

2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni my.uzbmb.uz ro‘yxatga olish boshlandi.

abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini tanlaydi xolos;

agar kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda aynan o'zi kirmoqchi bo'lgan OTMda ijodiy imtihon topshirish shart emas. Masalan, kimdir O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetiga kirmoqchi bo'lsa, unda ijodiy imtihonni istalgan hududda, aytaylik Buxoro yoki Andijonda topshirsa ham bo'ladi;

Test topshirish hududi qismida So'x va Denov tumani ham bor. Ya'ni So'x tumanidagilar Farg'ona shahriga, Denov hamda uning atrofidagi tumanlar Termiz shahriga kelishi shart emas;

Avvalgi yillarda bitirganlar testga kirish uchun 170 ming so'm miqdorida to'lov qilishi kerak bo'ladi. To'lovni 25-iyungacha bo'lib to'lash ham mumkin, undan kechiksa, testga kiritilmaydi;

fikri o’zgarib qolgan abituriyent 25-iyungacha qayta ariza topshirsa bo’ladi. 25-iyundan keyin arizani o’zgartirishga ruxsat berilmaydi;

Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.

O'zbekistondagi istalgan ta'lim yo'nalishlari uchun 2023-2024-o'quv yilidagi o'tish ballarini @mandatjavobbot orqali bilishingiz mumkin!

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
26.0K viewsedited  10:42
Ochish/sharhlash
2024-06-05 13:12:02
#Tezkor
Rasman: Maktab bitiruvchilari va abituriyentlar uchun ONLAYN TEST e'lon qilindi!

YUTUQ: 1.000.000 so'm!

Barcha abituriyentlar QATNASHISHI SHART!

Ertaga Payshanba, 6-iyun kuni Navoiy innovatsiyalar universiteti homiyligida, Imtihonlar.uz platformasi'da kirish imtihonlari andozasidagi BEPUL onlayn BLOK Test tashkil etilmoqda!

Test vaqti: 09:00 dan 23:59 gacha
Ishtirok etish narxi: BEPUL
Ro'yxatdan o'tish shart!

Kirish imtihonlari andozasidagi 5 BLOKLI original testlar siz uchun!

Yo'nalish tanlang va ro'yxatdan o'ting!
Rus tili
Nemis tili
Fransuz tili
Biologiya + Kimyo
Biologiya + Ona tili va adabiyoti
Chet tili + Ona tili va adabiyoti
Fizika + Chet tili
Fizika + Matematika
Fransuz tili + Ona tili va adabiyoti
Geografiya + Matematika
Huquqshunoslik + Chet tili
Ingliz tili + Ona tili va adabiyoti
Kimyo + Biologiya
Kimyo + Ingliz tili
Kimyo + Matematika
Matematika + Chet tili
Matematika + Fizika
Matematika + Geografiya
Matematika + Ona tili va adabiyoti
Nemis tili + Ona tili va adabiyoti
Ona tili va adabiyoti + Chet tili
Ona tili va adabiyoti + Matematika
Tarix + Chet tili
Tarix + Geografiya
Tarix + Matematika
Tarix + Ona tili va adabiyoti
BOSHQA YO'NALISHNI TANLASH;

Navoiy innovatsiyalar universiteti - 2024/2025 o'quv yili uchun qabulni boshladi.

Testga ro'yxatdan o'tish:
Ro'yxatdan o'tish
Ro'yxatdan o'tish

Test yakunida sertifikat va test tahlili beriladi!
13.0K views10:12
Ochish/sharhlash
2024-06-05 12:39:12
Rasman: Maksimal ball 189 bo'ladi! 5 ta fan, 90 ta test, 3 soat vaqt!

Kirish imtihonida 5 ta fandan jami 90 ta savol tushadi.

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.
Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
60 ta savoldan jami 156,0 ball.

Umumiy holda, abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. 90 ta test uchun ajratiladigan vaqt esa 3 soat.

O'zbekistondagi istalgan ta'lim yo'nalishlari uchun 2023-2024-o'quv yilidagi o'tish ballarini @mandatjavobbot orqali bilishingiz mumkin!

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
19.3K viewsedited  09:39
Ochish/sharhlash
2024-06-05 12:30:11
Chet eldagi ta’lim muhitini O’zbekistonda turib his eting!

TOBB ETÜ Tashkent universitetida 2024-2025 o‘quv yili uchun qabul boshlandi!

TOBB ETU Tashkent universiteti bu:

- Xorijlik o‘qituvchilar;
- Zamonaviy infratuzilma;
- Turkiyada o‘qish va amaliyot;
- Kommunikatsiya va netvorking;
- Xalqaro taʼlim dasturi;
- Xalqaro diplom.

Universitetda Ingliz va O‘zbek tillaridagi taʼlim yo‘nalishlari mavjud!

Ingliz tilidagi taʼlim yo‘nalishlari:
- Xalqaro biznes va tadbirkorlik
- Elektron tijorat va texnologiyalarni boshqarish
- Arxitektura
- Ichki arxitektura va atrof-muhit dizayni

O‘zbek tilidagi taʼlim yo‘nalishlari:
- Iqtisodiyot
- Moliya
- Axborot texnologiyalarini boshqarish

Batafsil maʼlumot uchun:
+998781501255
+998909151619

Telegram kanalimizga obuna bo'ling:
TOBB ETU TASHKENT
19.9K viewsedited  09:30
Ochish/sharhlash
2024-06-05 00:38:15
#Qabul2024

Rasman: Qabul boshlandi, lekin sayt ishlamadi, doimgidek!

Prezident farmoniga ko‘ra, bugun, 5-iyundan boshlab abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro'yxatdan o'tishlari mumkin. Lekin hozircha ro'yxatdan o'tish ochilmadi, o'tgan yili ham kunning ikkinchi qismida ochilgan edi.

Yana bir yangilik, saytga xususiy OTMlarning ma'lumotlari ham yuklanyapti, bundan maqsad nima ekani hozircha noma’lum, lekin katta ehtimol kelgusida xususiy OTMlarga kirish ham faqat DTM (BMB) orqali amalga oshirilishi mumkin.

O'zbekistondagi istalgan ta'lim yo'nalishlari uchun 2023-2024-o'quv yilidagi o'tish ballarini @mandatjavobbot orqali bilishingiz mumkin!

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
31.4K viewsedited  21:38
Ochish/sharhlash
2024-06-04 18:10:45
#Qabul2024

5-iyundan oliy va professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun qabul boshlanadi (kasb-hunar maktabi bundan mustasno)

Oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi.

Davlat OTMlari bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi.

1-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytida onlayn roʻyxatdan oʻtadi hamda quyidagilarni tanlaydi:

Faqat test sinovida ishtirok etsa:

fanlar majmuasi;
taʼlim tili;
test topshirish hududi.

Alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlarida oʻqish istagini bildirsa (ijodiy imtihon) topshirsa:

taʼlim tili;
test topshirish hududi;
alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishi;
kasbiy (ijodiy) imtihonni topshiriladigan davlat OTM.

2-bosqichda abituriyentlar test sinovlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davomida my.uzbmb.uz sayti orqali quyidagilarni tanlaydi:

oliy taʼlim muassasasi;
bakalavriat taʼlim yoʻnalishi;
taʼlim shakli;
tanlov ustuvorligi.

Abituriyentning test sinovida toʻplagan ballari imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani boʻyicha tanlov natijasi qabul jarayonining 2-bosqichi toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Kollej va texnikumlarda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar OTMlariga qabulning yakuniy natijasi eʼlon qilinganidan soʻng 10 kun muddatda quyidagilarni tanlaydi:

kollej va (yoki) texnikum;
kasb va mutaxassislik;
taʼlim shakli.

Natijasi bir hafta muddatda Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Fuqarolar oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan Agentlikning 1195 ishonch telefoniga murojaat qilishlari mumkin.

O'zbekistondagi istalgan ta'lim yo'nalishlari uchun 2023-2024-o'quv yilidagi o'tish ballarini @mandatjavobbot orqali bilishingiz mumkin!

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
32.7K viewsedited  15:10
Ochish/sharhlash
2024-06-04 14:00:52 Rasman: Ertadan qabul boshlanadi — OTMlar "call-center"lar ishga tushganini e'lon qilmoqda.

Ayni vaqtda 6 ta davlat oliy ta'lim muassasasi koll-markaz raqamlarini e'lon qildi: https://t.me/abitur24/67

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
28.2K views11:00
Ochish/sharhlash
2024-06-04 13:47:28 #Qabul2023

Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul kvotalari tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul parametrlari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 3 ta ixtisoslashtirilgan maktablarga jami 210 ta kvota ajratildi.

Qabulga doir rasmiy bot:
@mandatjavobbot

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
28.5K viewsedited  10:47
Ochish/sharhlash
2024-06-04 13:20:57 #Qabul2024

Akademik litseylarga qabul kvotalari tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari
va o‘qitish tillari bo‘yicha
tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 71 ta akademik litseyga jami 15 496 ta kvota, shundan 12 324 ta o‘zbek, 2 730 ta rus va 442 ta qoraqalpoq tillari kesimida ajratildi.

Qabulga doir foydali bot:
@mandatjavobbot

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
27.2K viewsedited  10:20
Ochish/sharhlash