Get Mystery Box with random crypto!

Endi talabalarga 2 xilda grant beriladi Talabalarga grant 2 t | Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

Endi talabalarga 2 xilda grant beriladi

Talabalarga grant 2 turda taqsimlanadi: 100 foizlik va 50 foizlik. Talaba birinchi kursni tugatgach, unga grant bir yillik o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab beriladi.

Masalan, bir guruhga 50 nafar bola grant asosida qabul qilindi. Jami guruhda esa 200 talaba bor. Ularga ajratiladigan grantning 50 foizi 100 foizlik, qolgan yarmi esa 50 foizlik grant bo‘ladi. Bunda jami 50 ta grantning 25 tasi 100 foizlik, qolgan 25 tasi esa 50 foizlik grant bo‘ladi.

Demak, kontraktda o‘qiyotgan talaba 50 foizlik grant olishi uchun ham yaxshi o‘zlashtirishga ega bo‘lishi kerak. Bizda GPA – o‘zlashtirish ko‘rsatkichi uchdan beshgacha hisoblanadi. Shu GPA ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lganlarga 100 foizlik grant, pastroq bo‘lganlarga esa 50 foizlik grant beriladi.


Ushbu tartib 1-kurslardan boshlanadi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!