Get Mystery Box with random crypto!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

Telegram kanalining logotibi nodavlattalim — Nodavlat oliy ta'lim muassasalari N
Telegram kanalining logotibi nodavlattalim — Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
Kanal manzili: @nodavlattalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 52.19K
Kanalning ta’rifi

— Respublikadagi nodavlat (xususiy) oliy ta'lim muassasalari va davlat oliy ta'lim muassasalari bo'yicha tezkor xabarlar, foydali ma'lumotlar, huquqiy sharhlar sodda tilda.
Murojaat: @nodavlatbot
Hamkorlik uchun: @nodavlattalimbot
03.09.2022

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2024-05-09 21:33:06 Bakalavriatga imtihon to'lovi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizini tashkil qiladi.

Bugungi kunda 170 ming so'mga tog'ri keladi. O'qishni ko'chirishda ham huddi shuncha to'lov bor.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
20.6K viewsedited  18:33
Ochish/sharhlash
2024-05-09 20:11:01 1.5 oydan so'ng qabul boshlanadi

Amaldagi tartiblarga ko'ra, 20-iyundan 20-iyulgacha davlat oliygohlariga hujjat topshirish jarayoni bo'lib o'tadi.

Abituriyentlar my.uzbmb.uz saytining “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul” bo‘limi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishadi. Bundan tashqari my.gov.uz portali orqali ham hujjat topshirish mumkin.

Rejalashtirilgan ishlarga ko'ra, joriy yilgi qabuldan hujjat topshirgan abituriyentlar avval kirish imtihonlarida qatnashib, so‘ngra to‘plagan balliga qarab yo‘nalishlarni tanlashi mumkin bo'ladi.

@nodavlattalim nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
22.7K viewsedited  17:11
Ochish/sharhlash
2024-05-09 18:50:52
Testdan soʻng abituriyentga yoʻnalish tanlashga 10-15 kun vaqt beriladi

Avval test, keyin yoʻnalish tanlash tartibining texnologik nizomi ishlab chiqilyapti, tez orada eʼlon qilinadi. Tayyor boʻlgach, tartib tushunarli roliklar tarzida abituriyentlarga taqdim etiladi.

Yoʻnalish tanlash uchun abituriyentga 10-15 kun vaqt berilishi mumkin.

@nodavlattalim nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
18.2K viewsedited  15:50
Ochish/sharhlash
2024-05-09 14:18:18 Kontrakt narxlari oshishi kutilmoqda

Batafsil videoda: https://www.instagram.com/reel/C6vt_6LsEYT/?igsh=MTZxNXZ6eHhsbWlzeQ==
13.1K views11:18
Ochish/sharhlash
2024-05-08 13:47:09 Davlat grantida tahsil olgan talabalar 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi;

O'qishga kirishda minimal o'tish ballari oshiriladi;

Sirtqi ta'lim shakli bosqichma-bosqich tugatiladi;

OTMlarga qabul jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
16.4K views10:47
Ochish/sharhlash
2024-05-08 13:04:56 Bu yil OTMlarga qabul jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi

Anjumanda shuningdek, oliygoh hamda kollej va texnikumlarga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkazilishi bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Bunda:
abituriyentlar testni 1 marotaba topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab oliygohga, bali oliygohga yetmagan taqdirda, professional ta’lim tashkilotiga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;
oliygohlarga qabul jarayoni 2 bosqichda:
1-bosqich
ro‘yxatdan o‘tish va test fanlarini tanlash;
2-bosqich oliygoh – test natijasi e’lon qilingandan so‘ng ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash orqali amalga oshiriladi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
17.3K viewsedited  10:04
Ochish/sharhlash
2024-05-08 12:53:00 Magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talabi quyidagicha o‘zgartiriladi:

ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi;

soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi;

(Sertifikat talabi xorijiy tillar yo‘nalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 darajada saqlanadi)

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
15.6K views09:53
Ochish/sharhlash
2024-05-08 12:46:40 Sirtqi ta'lim shakli bosqichma-bosqich tugatiladi

Sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalarni kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik belgilanadi.

Sirtqi ta’lim shakli bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklini kengaytirish va uzaytirilgan ta’lim shakli joriy etish orqali tugatiladi.

Safimizga qo'shiling
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi
13.0K views09:46
Ochish/sharhlash
2024-05-08 12:36:20
O'qishga qabul qilish tartibida o'zgarishlar bo'lmoqda

Joriy yilning 6-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, davlat buyurtmasini shakllantirish tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda quyidagi islohotlarni joriy qilish taklif etildi:

Davlat buyurtmasi (grant kvotalar)ni shakllantirish bo‘yicha:

davlat buyurtmasi parametrlarini amaldagi oliygohlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari kesimida tasdiqlash tartibi joriy etiladi;

ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarga davlat buyurtmasi qisqartirilib, ushbu kvotalarni ustuvor ravishda muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalari orasida taqsimlanadi;

2025-yildan boshlab davlat buyurtmasi parametrlari oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash va ularga bo‘lgan talab prognoziga muvofiq 4 yillik davr uchun tasdiqlanadi (amalda 1 yil);

oliygohlar moddiy-texnika bazasi, professor-o‘qituvchilari tarkibidan kelib chiqib, keyingi o‘quv yili uchun umumiy qabul parametrlarini (grant va kontraktga ajratmagan holda) bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha shakllantiradi;

davlat buyurtmasi asosida grant o‘rinlari har bir yo‘nalish uchun respublika bo‘yicha to‘plangan ballar ketma-ketligiga ko‘ra abituriyentlarning tanloviga muvofiq amalga oshiriladi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
14.0K viewsedited  09:36
Ochish/sharhlash
2024-05-08 12:19:31 Minimal kirish ballari oshiriladi.

O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish balini 2 bosqichda oshirib, sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanishi kutilmoqda (amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball).

75.6 balldan kam ball olgan abituriyent kvota to'lmasa ham o'qishga tavsiya etilmagan hisoblanadi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
16.2K viewsedited  09:19
Ochish/sharhlash