Get Mystery Box with random crypto!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

Telegram kanalining logotibi nodavlattalim — Nodavlat oliy ta'lim muassasalari N
Telegram kanalining logotibi nodavlattalim — Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
Kanal manzili: @nodavlattalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 52.19K
Kanalning ta’rifi

— Respublikadagi nodavlat (xususiy) oliy ta'lim muassasalari va davlat oliy ta'lim muassasalari bo'yicha tezkor xabarlar, foydali ma'lumotlar, huquqiy sharhlar sodda tilda.
Murojaat: @nodavlatbot
Hamkorlik uchun: @nodavlattalimbot
03.09.2022

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2024-04-03 11:57:27 Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o'rinbosari Karimov Komiljon Hamidovich hamda vazir o'rinbosari Turdiqulova Shaxloxon O'tkirovna lavozimidan ozod qilingani aytilmoqda. @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy…
15.6K viewsedited  08:57
Ochish/sharhlash
2024-04-03 11:54:43 Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o'rinbosari Karimov Komiljon Hamidovich hamda vazir o'rinbosari Turdiqulova Shaxloxon O'tkirovna lavozimidan ozod qilingani aytilmoqda.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
16.0K viewsedited  08:54
Ochish/sharhlash
2024-03-28 17:12:45
Oliy ta'lim vazirligi eng korrupsiyalashgan tashkilot deb topildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi bo'yicha yangi reyting e'lon qilindi.

Unga ko'ra, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi eng korrupsiyalashgan tashkilot deb topilgan bo'lsa, Yoshlar ishlari agentligi 12-o'rinni qayd etdi.

Yuqoridagi ro'yxatda tizimda korrupsiya yuqori bo'lgan TOP-15 ta davlat organlari va tashkilotlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
14.9K views14:12
Ochish/sharhlash
2024-03-25 07:31:32
Nodavlat oliygoh litsenziyasini qayerdan tekshirsa bo‘ladi?

Javob: Odatda oliygohlar litsenziyalarini binoning kirishi qismiga ilib qo‘yishadi. Konsaltinglar esa sizga elektron (pdf, jpg) qilib tashlab berishlari yoki oflayn ko‘rsatishlari mumkin. Siz litsenziyadagi QR kodni scaner qilish orqali hujjat ma'lumotlarini tekshirishingiz mumkin.

Eng afzal yo‘li – license.gov.uz saytiga kirib, saytning "Reestr" bo’limida “Hujjat raqami”ga litsenziya raqami (masalan, 123456) kiritilsa chiqib keladi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
21.0K viewsedited  04:31
Ochish/sharhlash
2024-03-21 15:26:06 #nodavlat_texnikum

Diplomi O‘zbekistonda tan  olinadigan texnikumlar nechta?

Bugungi kunda 30 ta nodavlat texnikum professional taʼlim xizmatlarini koʻrsatish vakolatiga ega.

Ilova qilinayotgan 30 ta professional taʼlim tashkilotlari tomonidan berilgan ta'lim hujjatlari Respublika hududi bevosita tan olinadi. (Faylda ro'yxat keltirilgan)

Asos: “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning 31-moddasi

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
14.0K views12:26
Ochish/sharhlash
2024-03-19 10:47:17 Ta'lim krediti ajratayotgan banklar ro'yxati

Ayni vaqtda 5 ta bank tomonidan imtiyozli taʼlim krediti ajratilmoqda (ro'yxat banklarning Bosh ofis masʼul xodimlari tomonidan berilgan maʼlumot asosida tayyorlandi).

HAMKORBANK – 1256
IPAK YOʻLI BANKI – 1296
BRB –1254
MKBANK – 1285
TURONBANK – 1220

Kredit shartlari:
Foizi: Yigitlarga 14% Qizlarga 0%;
Muddati: Oʻqish davri + 7.5 yil
Miqdori: Oʻquv yili uchun talaba va OTM oʻrtasida tuzilgan shartnoma summasi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
25.5K viewsedited  07:47
Ochish/sharhlash
2024-03-17 14:32:01 "Ochisleniya" bo'lgan talabalar ham o'qishini ko'chirishi mumkin!

Ayni vaqtda xorijda va Respublikamizdagi nodavlat oliygohlarda tahsil olayotgan ayrim talabalar o'z vaqtida to'lov-kontrakt pulini to'lamaganligi yoki boshqa sabablarga ko'ra o'qishdan chetlatilgan. Ushbu toifadagi talabalar ham o'qishini davlat OTMlariga ko'chirishi mumkinmi?

Buning uchun o'qigan davri ko'rsatilgan transkripti (yoki akademik ma'lumotnoma) hamda talabalar safidan chetlatilganligi to'g'risida buyruq kerak bo'ladi. Ushbu hujjatni o'qishni ko'chirish arizasiga ilova qiladi hamda imtihonlarda bemalol qatnashishi mumkin. Bunda huquqiy tomonlama hech qanday cheklov yo’q!

Xulosa qilib shuni aytish mumkin-ki, o'qishdan chetlatilgan talabalar ham bemalol Respublikadagi davlat oliygohlariga o'qishini ko'chirishi mumkin.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
16.7K viewsedited  11:32
Ochish/sharhlash
2024-03-16 12:43:01 Manbalarga ko'ra, hozirgi vaqtda maxsus ishchi guruh tomonidan bir nechta xususiy oliygohlar faoliyati o'rganilmoqda. Jumladan, ta'lim sifati, korrupsiya, moddiy-texnik baza, talabalar soniga kvadratura mutanosibligi va boshqa jihatlar ko'rib chiqiladi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
14.5K views09:43
Ochish/sharhlash
2024-03-15 20:44:42 Litsenziyasi bekor qilingan nodavlat oliygohlar haqida ovozli chatning to'liq audiosi.

Chatda bir nechta aktual mavzularda suhbat bo'lib o'tdi.

Spiker: Bektosh Khatamov

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
19.7K viewsedited  17:44
Ochish/sharhlash
2024-03-15 20:23:07 Ovozli chatda ishtirok etgan barchaga tashakkur!

Savollaringizga batafsil javob bergan huquqshunos Bektosh Khatamov sahifasiga @bektoshkhatamov obuna bo'lishingiz mumkin.

«Nodavlat oliy ta’lim muassasalari»
12.9K viewsedited  17:23
Ochish/sharhlash