Get Mystery Box with random crypto!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

Telegram kanalining logotibi nodavlattalim — Nodavlat oliy ta'lim muassasalari N
Telegram kanalining logotibi nodavlattalim — Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
Kanal manzili: @nodavlattalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 83.73K
Kanalning ta’rifi

— Respublikadagi nodavlat (xususiy) oliy ta'lim muassasalari va davlat oliy ta'lim muassasalari bo'yicha tezkor xabarlar, foydali ma'lumotlar, huquqiy sharhlar sodda tilda.
Murojaat: @nodavlatbot
Hamkorlik uchun: @nodavlattalimbot
03.09.2022

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 43

2023-01-03 14:43:36 Ta‘lim inspeksiyasi tomonidan dekabr oyining so‘nggi kunlarida bir nechta oliygohlarga litsenziya taqdim etilgan. Oliygohlar to‘liq ro‘yxati hech qaysi manbada e‘lon qilinmagan. Yuqoridagi ro‘yxatga kiritilmagan yana bir nechta oliygohlar borligi aniqlandi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal
12.1K viewsedited  11:43
Ochish/sharhlash
2023-01-03 11:25:15 #nodavlat_oliygoy | Yangilandi

Diplomi O‘zbekistonda tan olinadigan oliygohlar nechta? (30.12.2022 holatiga ko'ra)

Bugungi kunda 72 ta nodavlat xususiy OTMda litsenziya bor. Ushbu ro'yxatdagi 72 ta oliygohning diplomi Oʻzbekistonda tan olinadi. (Faylda ro'yxat keltirilgan)

Asos: “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning 31-moddasi

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal
26.6K views08:25
Ochish/sharhlash
2023-01-02 11:17:43
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetiga litsenziya taqdim etildi

2022-yilning 28-dekabr kuni Ta’lim inspeksiyasi tomonidan Aniq va ijtimoiy fanlar universitetiga lisenziya berildi.

Bakalavr:
Matematika va informatika
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)

Magistratura:
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turlari bo‘yicha)
Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)
Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha)

Ta‘lim shakli: kunduzgi, kechki va sirtqi

Kontrakt: 12-18 mln so‘m

Qabul jarayonlari 20-yanvarga qadar davom etadi.

Manzil: Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Toshkent xalqa yo‘li ko‘chasi

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal
9.7K viewsedited  08:17
Ochish/sharhlash
2022-12-28 18:16:22 #nodavlat_oliygoy | Yangilandi

Diplomi O‘zbekistonda o‘tadimi? (28.12.2022 holatiga ko'ra)

Bugungi kunda 70 ta nodavlat xususiy OTMda litsenziya bor. Ushbu ro'yxatdagi 70 ta oliygohning diplomi Oʻzbekistonda tan olinadi. (Faylda ro'yxat keltirilgan)

Asos: “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning 31-moddasi

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal
22.1K views15:16
Ochish/sharhlash
2022-12-27 16:58:04
Oʻzbekistondagi 70 ta xususiy oliygohlar reytingi aniqlanmoqda!

— Respublikamizdagi rasmiy litsenziya asosida faoliyat yuritayotgan, ta'lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan litsenziyalangan 70 ta Nodavlat oliy ta'lim muassasalarining reytingi aniqlanmoqda!

Reyting g‘oliblari Eng yaxshi oliygoh maxsus guvohnomasi, esdalik sovg‘alar, maxsus statuetka (shaffof kubok) bilan taqdirlanadi.

Eng yaxshi xususiy oliygoh reytingini aniqlashda Siz ham faol ishtirok eting va eng munosib nomzodga ovoz bering!

Tanlovda ovoz berish:
@nodavlat_reyting_bot

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal
16.7K views13:58
Ochish/sharhlash
2022-12-25 00:57:28 ​​Ta‘lim inspeksiya tugatilishi va nodavlat oliygohlarga ehtimoliy ta‘siri haqida!

Prezidentning “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 268-sonli farmoniga binoan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi vazifa va funksiyalari tegishlicha "Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi" hamda "Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi" orasida taqsimlanmoqda.

Bu nodavlat (xususiy) oliygohlar faoliyati tugatiladi yoki diplomi o'z kuchini yo‘qotadi degani emas!

Faqat nazorat qiluvchi organ faoliyati tugatilib, vazifa va funksiyalari boshqa vazirliklarga tegishlicha taqsimlanmoqda;

Jumladan:

Maktab va maktabgacha nodavlat ta‘lim tashkilotlari faoliyatiga doir vakolatlar "Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi";
Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarini nazorat qilish va ularni tashkil etish faoliyatiga oid masalalar "Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi" tasarrufiga o'tkazilmoqda.

Yuqoridagi o‘zgarishlarning nodavlat oliygohlarga ehtimoliy ta‘siri quyidagicha bo‘lishi kutilmoqda:

Nodavlat oliygohlarga litsenziya Oliy ta'lim vazirligi tomonidan berilishi;
Nodavlat oliygohlar bevosita Oliy ta‘lim vazirligiga to'liq bo'ysunishi;
Nodavlat oliygohlarda keng mashtabda islohotlar o'tkazilishi;
Nodavlat oliygohlarda ham kvota belgilanishi;
Nodavlat oliygohlarga o'qishni ko'chirish masalasi murakkablashishi mumkin.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal
33.8K viewsedited  21:57
Ochish/sharhlash
2022-12-24 09:34:10 Ta‘lim inspeksiya faoliyati tugatilmoqda

Ta‘lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyati tugatiladi. Tez orada nodavlat (xususiy) oliygohlar faoliyati bo‘yicha juda katta o'zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal
20.4K viewsedited  06:34
Ochish/sharhlash
2022-12-22 20:57:07 Nodavlat oliygohlarning diplomi o'tadimi?

Ko'pchilikni mana shu savol qiynaydi. Litsenziyaga ega bo'lgan nodavlat oliygohlarning diplomi yurtimizda tan olinadi va davlat oliygohlari bitiruvchilari singari na'munadagi diplom beriladi.

Rasmda nodavlat Qo'qon universiteti tomonidan berilgan diplom na'munasi ko'rsatilgan. Xo'sh, ushbu diplomni davlat oliygohi diplomidan farqi bor ekanmi?

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal
18.9K viewsedited  17:57
Ochish/sharhlash
2022-12-20 12:05:02
OSIYO XALQARO UNIVERSITETIGA 2022/2023-yil uchun qabul davom etadi!

Bakalavr bosqichi yo‘nalishlari:
Iqtisodiyot
Moliya
Pedagogika & psixologiya
Boshlang‘ich taʼlim
Maktabgacha taʼlim
Ingliz tili va adabiyoti
Tarix
Konchilik ishi
Jismoniy madaniyat
Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
Davolash ishi
Stomatologiya
Farmatsevtika
Sirtqi va kunduzgi taʼlim turlari mavjud!

Magistratura bosqichi yo‘nalishlari:
Iqtisodiyot
Pedagogika va psixologiya
Boshlang‘ich taʼlim

Qo‘shimcha maʼlumot uchun:
+998712050009
Telegram: @oxu_uz

Manzil: Buxoro shahri, Gijduvon ko‘chasi, 74- uy.
(Mo‘ljal: Avtovokzal, Xo‘jalik Sudi to‘g‘risida)

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal
14.1K viewsedited  09:05
Ochish/sharhlash
2022-12-19 12:26:25
Qarshi shahrida yangi nodavlat oliygoh tashkil etildi

Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 12.12.2022-yil sanasida "Turon universiteti" nodavlat oliy ta'lim tashkilotiga №052973 sonli litsenziya berildi

Ta'lim yo'nalishlari:
Iqtisodiyot
Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti
Xalqaro munosabatlar
Filologiya va tillarni o‘qitish
Pedagogika va psixologiya

Ta‘lim shakli: kunduzgi va sirtqi

Kontrakt narxlari: 10-18 mln so‘m

Xorijiy va mahalliy oliygohlardan oʻqishni koʻchirish imkoniyati ham mavjud.

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mag‘zon MFY, Nasaf ko‘chasi, 1/14-uy.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal
13.4K views09:26
Ochish/sharhlash