Get Mystery Box with random crypto!

Kirish imtihonida qatnashish uchun kimlar to'lov qilmaydi? Im | Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

Kirish imtihonida qatnashish uchun kimlar to'lov qilmaydi?

Imtihon uchun hamma abituriyentlar ham to‘lov qilmaydi.

To‘lovdan ozod abituriyent toifalari:

o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
nogironligi bo‘lgan shaxslar;
mehribonlik uylari bolalari;
bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
“Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.

Eslatib o'tamiz, abituriyentlar uchun bu yilgi to'lov – 170 ming so'm.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!