Get Mystery Box with random crypto!

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

Telegram kanalining logotibi nodavlattalim — Nodavlat oliy ta'lim muassasalari N
Telegram kanalining logotibi nodavlattalim — Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
Kanal manzili: @nodavlattalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 52.35K
Kanalning ta’rifi

— Respublikadagi nodavlat (xususiy) oliy ta'lim muassasalari va davlat oliy ta'lim muassasalari bo'yicha tezkor xabarlar, foydali ma'lumotlar, huquqiy sharhlar sodda tilda.
Murojaat: @nodavlatbot
Hamkorlik uchun: @nodavlattalimbot
03.09.2022

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-05-13 10:27:20 O'qishni ko'chirish qachon boshlanadi?

15-iyul shanba kunidan rasman o'qishni ko'chirish uchun qabul jarayonlari boshlanadi va 5-avgust kuniga qadar davom etadi.

Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi:

transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga;
my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
19.5K viewsedited  07:27
Ochish/sharhlash
2024-05-13 08:53:02
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari qanchaga ko’tariladi?

Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ma’lum qildi.

Joriy yilda barcha yo’nalishlar uchun minimal o’tish bali oshiriladi, endi avvalgidek 56,7 ball bilan o’qishga kirish imkoni bo’lmaydi.

Keyin yilda esa, o’tish bali yanada oshiriladi.

Joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o’quv yili uchun o’tish ballari:

sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball;

boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanadi.

Kelasi yili, ya’ni 2025-2026- o’quv yili uchun o’tish ballari:

sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball;

boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
18.4K viewsedited  05:53
Ochish/sharhlash
2024-05-13 08:12:56
Osiyo Xalqaro Universitetida 2024-2025 o’quv yili uchun qabul boshlandi

Osiyo Xalqaro Universitetida qabul jarayonlari boshlandi. Yangi o'quv yilida universitetimiz abituriyent yoshlarga yanada keng tanlov imkoniyat va yangiliklarni tayyorlab qo'ygan. Endilikda oliygohda umumiy 20 ta bakalavr va 7 ta magistratura yo'nalishlari mavjud.

Bu esa kelajakda o'z oldiga katta maqsadlar qo'ygan va muvaffaqiyatli karyera qurishni rejalashtirga yoshlar uchun eng to'g'ri tanlovdir.

Ushbu muhim xabarni abituriyent yaqinlaringiz bilan ulashishni ham unutmang

Ro'yxatdan o'tish:
qabul.oxu.uz

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun biz bilan bog'laning:
+998553050009

Litsenziya

Telegram | Instagram | Facebook
15.2K views05:12
Ochish/sharhlash
2024-05-10 18:55:51 Imtiyozli taʼlim krediti ajratayotgan banklar ro'yxati

Bugungi kunda faqatgina Biznesni rivojlantirish banki va Orient Finance bank tomonidan imtiyozli taʼlim krediti ajratilmoqda.

BRB (1254)
Orient Finans bank (4004)

Kredit shartlari:
Foizi-14% (xotin-qizlarga foizsiz)
Muddati: o'qish davri + 7.5 yil
Miqdori: shartnomaga asosan
Imtiyozli davri: o'qish davri + 6 oy

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
27.3K viewsedited  15:55
Ochish/sharhlash
2024-05-10 16:32:49 Rasman: Toshkent texnologiyalar universitetining litsenziyasi bekor qilindi.

Tafsilotlarga ko‘ra, 2024-yilning 19-aprel kuni Toshkent texnologiyalar universitetining litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sudning ajrimi e’lon qilingan. Kelasi o‘quv yilidan boshlab universitet o‘z faoliyatini davom ettirmaydi. Universitet talabalari esa boshqa oliygohlarga o‘qishga ko‘chiriladi.

Bu haqida 8-may kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyati ma’lum qildi.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
21.2K viewsedited  13:32
Ochish/sharhlash
2024-05-10 08:40:26 "Tarix" ta'lim yo'nalishi qaysi OTMlarda bor va oʻtish ballari qanday?

Ushbu yoʻnalish kunduzgi ta'lim shakli, o'zbek tili boʻyicha 14 ta oliygoh mavjud.

1. Andijon davlat pedagogika instituti
Grant - 159.10 ball | Kontrakt - 125.00 ball

2. Buxoro davlat pedagogika instituti
Grant - 158.40 ball | Kontrakt - 128.20 ball

3. Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Grant - 156.90 ball | Kontrakt - 129.10 ball

4. Guliston davlat pedagogika instituti
Grant - 145.60 ball | Kontrakt - 113.50 ball

5. Jizzax davlat pedagogika universiteti
Grant - 154.70 ball | Kontrakt - 129.00 ball

6. Namangan davlat pedagogika instituti
Grant - 152.10 | Kontrakt -118.40 ball

7. Navoiy davlat pedagogika instituti
Grant - 157.40 ball | Kontrakt - 125.00 ball

8. Nukus davlat pedagogika instituti
Grant - 135.30 ball | Kontrakt - 118.40 ball

9. Qo‘qon davlat pedagogika instituti
Grant - 155.00 ball | Kontrakt - 128.80 ball

10. Samarqand davlat universitetining O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Grant - 155.30 ball | Kontrakt - 129.10 ball

11. Samarqand davlat pedagogika instituti
Grant - 153.90 ball | Kontrakt - 120.20 ball

12. Termiz davlat pedagogika instituti
Grant - 152.10 ball | Kontrakt - 113.40 ball

13. Toshkent davlat pedagogika universiteti
Grant - 168.80 ball | Kontrakt - 145.70 ball

14. Urganch davlat pedagogika instituti
Grant - 139.00 ball | Kontrakt - 117.60 ball

Siz ham O'zbekistondagi istalgan ta'lim yo'nalishlari uchun 2023-2024-o'quv yilidagi o'tish ballarini @mandatjavobbot orqali bilishingiz mumkin!

Safimizga qo'shiling
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi
21.4K views05:40
Ochish/sharhlash
2024-05-09 21:33:06 Bakalavriatga imtihon to'lovi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizini tashkil qiladi.

Bugungi kunda 170 ming so'mga tog'ri keladi. O'qishni ko'chirishda ham huddi shuncha to'lov bor.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
20.6K viewsedited  18:33
Ochish/sharhlash
2024-05-09 20:11:01 1.5 oydan so'ng qabul boshlanadi

Amaldagi tartiblarga ko'ra, 20-iyundan 20-iyulgacha davlat oliygohlariga hujjat topshirish jarayoni bo'lib o'tadi.

Abituriyentlar my.uzbmb.uz saytining “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul” bo‘limi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishadi. Bundan tashqari my.gov.uz portali orqali ham hujjat topshirish mumkin.

Rejalashtirilgan ishlarga ko'ra, joriy yilgi qabuldan hujjat topshirgan abituriyentlar avval kirish imtihonlarida qatnashib, so‘ngra to‘plagan balliga qarab yo‘nalishlarni tanlashi mumkin bo'ladi.

@nodavlattalim nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
22.7K viewsedited  17:11
Ochish/sharhlash
2024-05-09 18:50:52
Testdan soʻng abituriyentga yoʻnalish tanlashga 10-15 kun vaqt beriladi

Avval test, keyin yoʻnalish tanlash tartibining texnologik nizomi ishlab chiqilyapti, tez orada eʼlon qilinadi. Tayyor boʻlgach, tartib tushunarli roliklar tarzida abituriyentlarga taqdim etiladi.

Yoʻnalish tanlash uchun abituriyentga 10-15 kun vaqt berilishi mumkin.

@nodavlattalim nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
18.2K viewsedited  15:50
Ochish/sharhlash
2024-05-09 14:18:18 Kontrakt narxlari oshishi kutilmoqda

Batafsil videoda: https://www.instagram.com/reel/C6vt_6LsEYT/?igsh=MTZxNXZ6eHhsbWlzeQ==
13.1K views11:18
Ochish/sharhlash