Get Mystery Box with random crypto!

#millatchilik #migrant #Rossiya Rus pravoslav cherkovi ruho | Migrant.uz axborot-xizmat portali

#millatchilik #migrant #Rossiya
Rus pravoslav cherkovi ruhoniysi migrantlarni gijjalarga o‘xshatdi

Ruhoniy Maksim Serpitskiy muhojirlarni keskin tanqid qilib, ularni tanadan chiqarib tashlanishi kerak bo‘lgan parazit va bakteriyalarga qiyosladi. Uning fikricha, muhojirlar Rossiyadagi turmush sharoitini yaxshilashdan manfaatdor emasligi va faqat tekinxo‘rlik qilayotgani mahalliy aholining noroziligiga sabab bo‘lmoqda ekan.

“Ular bu yerda yashashni va biror narsani yaxshilashni xohlamaydilar. Bizga shu kerakmi? Agar ichaklarda hayotiy kuchini tortib olayotgan gijjalar paydo bo‘lsa, odam hech qachon bunga rozi bo‘lmaydi. Mayli, yashayversin, qornini to‘yg‘azaveramiz”, deydi rus pravoslav cherkovi ruhoniysi.

Uning fikricha, uy-joy kommunal xo‘jaligi tizimi xorijlik ishchilarga rossiyalik talabalardan ham ko‘ra yaxshiroq sharoitlar yaratib bergan emish. Ruhoniy migratsiya siyosatini o‘zgartirishni va migrantlar kelayotgan davlatlar bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishni taklif qilmoqda.

Muammoni hal qilish uchun u tahlil o‘tkazish va ishchi kuchining asosiy "olib keluvchilarini" aniqlashni taklif qiladi. Ruhoniy muhojirlarning o‘rniga muqobil xizmatni o‘tayotganlarni uy-joy kommunal xo‘jaligiga ishga yuborish kerakligini aytadi.

Maksim Serpitskiy, shuningdek, fuqarolarni migrantlarni ishga joylashtirishga faol qarshilik ko‘rsatishga va jamiyat darajasida o‘zgarishlarni boshlash uchun har qanday qonunbuzarliklar haqida xabar berishga chaqiradi.

Web-sayt | Instagram | YouTube | Telegram