Get Mystery Box with random crypto!

#halokat #migrant #Rossiya “Wildberries” omborida tomdan qul | Migrant.uz axborot-xizmat portali

#halokat #migrant #Rossiya
“Wildberries” omborida tomdan qulagan ishchi vafot etdi

“Shot” telegram kanalining ma’lum qilishicha, himoya vositalarisiz tomni tuzatayotgan ishchi pastga yiqilgan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar ishchining hayotini saqlab qola olmagan.

Fojia tufayli “Wildberries” ombori 6 soat ishlamagani aytilmoqda. Omborda maxsus komissiya tuzilib, voqea tafsilotlarini o‘rganib, tekshiruv o‘tkazmoqda.

Halok bo‘lgan ishchining shaxsi haqida ma’lumot berilmagan.

Avvalroq Yekaterinburgdagi “Wildberries” omborida ishlagan 27 yoshli ayol tepadan yiqilib vafot etgani xabar qilingan edi.

Batafsil

Web-sayt | Instagram | YouTube | Telegram