Get Mystery Box with random crypto!

Masofatalim™

Telegram kanalining logotibi masofatalim — Masofatalim™ M
Telegram kanalining logotibi masofatalim — Masofatalim™
Kanal manzili: @masofatalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 34.60K
Kanalning ta’rifi

Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar.
Reklama uchun: @masofatalimbot

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar

2024-05-06 19:33:35 Endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi. Bu haqda bugun Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim tizimi bo‘yicha bo‘lgan taqdimotda aytildi.

@masofatalim
13.2K views16:33
Ochish/sharhlash
2024-05-03 21:02:19
Haddan tashqari madaniyatli millat-a shu yaponlar. O‘zbekistonlik muxlislar oldiga kelib, ularga o‘z hurmatini bildirib ketdi.

Manba

@masofatalim
12.6K views18:02
Ochish/sharhlash
2024-04-30 19:08:51
Toshkent shahar hokimligidan kutilmagan video. Ular ham instagramdagi trendga qo‘shilib, mahallada nima qilish mumkinu, nima mumkinmasligini aytib chiqibdi.

Videodan ilhomlanib, hokimlikka mos uchta yaxshi gap kelib qoldi, shu yerda qoldiramiz:

1. Oliy ta’lim muassasasi binosini qurish mumkin-u, lekin sotish mumkinmas.
2. Parklarni obodonlashtirish mumkin-u, lekin sotish mumkinmas.
3. Tanlov o‘tkazish mumkin-u, lekin pulini bermay, g‘oliblarni aldash mumkinmas.

@masofatalim
46.7K views16:08
Ochish/sharhlash
2024-04-20 20:03:17
Derazadan qarab turgan qoʻshni bolalar

Abduqodir Toshqulov topib gapirgan: “…uylar kengaydi, ammo insonlarning bag‘ri toraydi”.

@masofatalim
13.4K views17:03
Ochish/sharhlash
2024-04-20 13:39:11
“Turon” maktab teatrining hududiy bosqichi boshlanmoqda!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ilk marotaba o‘tkazilayotgan “Turon” maktab teatrining hududiy bosqichiga 22-apreldan start beriladi va 4-mayga qadar davom etadi.

Mazkur bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan jamoalar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Respublika bosqichida esa birinchilikni egallagan jamoa xorijiy davlatga ta’lim sayohati yo‘llanmasi bilan taqdilanadi.

@masofatalim
13.2K views10:39
Ochish/sharhlash
2024-04-08 20:02:49
Bugun noyob astronomik hodisa – quyoshning to‘liq tutilishi yuz beradi

Uni Shimoliy Amerikada tomosha qilish mumkin. Keyingi bunday tutilish 2042-yilda sodir bo‘ladi.

O‘zbekistonda uni kuzatish imkonsiz, ammo NASA jonli efir orqali uni namoyish qiladi (Toshkent vaqti bilan soat 22:00 dan boshlab). Link.

@masofatalim
12.6K views17:02
Ochish/sharhlash
2024-04-08 09:35:58
Hasharga pul shilishga – o‘qituvchilar, milliardlab gonorar olishga – artistlar

Madaniyat vazirligi “The Voice of Uzbekistan” loyihasi ustozlari, badiiy rahbari, musiqiy direktori va sozandalariga (jami 11 kishi) 6 oy davomida qariyb 2 mlrd so‘m gonorar to‘lab berayotgan ekan.

Ular orasida eng ko‘pini badiiy rahbar oladi – bir oyga 57 mln so‘m, 6 oyga 342 mln so‘m. Teleloyiha ishtirokchilarining ustozlari Farrux Zokirov, Tohir Sodiqov va Sevara Nazarxon deb tanishtirilgan. Ularning har biri oyig 38 mln so'mdan olisharkan.

Oyiga 57 mln so‘m gonorar oladigan loyiha badiiy rahbari madaniyat vaziri Ozobek Nazarbekovning o‘zimasmikan, degan gumon bilan ochiq manbalardan ma’lumot topib bo‘lmadi. Kimligi noma’lum.

FTV xususiy tashkilot, shular ham mana shunga o‘xshash boshqa bir loyihani o‘zi olib keldi, o‘zlari yo‘lga qo‘ydi. Bunaqa ishlarga davlat idorasi aralashmasdan xususiy tadbirkorlarga qo‘yib berilsa, o‘zlari hammasini a’lo darajada bajaryapti-ku!

Bunaqa loyiha uchun 11 kishiga 6 oy uchun 2 mlrd gonorarni soliq to‘lovchilar hisobidan qaysi kalla bilan beryapsizlar? Insof bormi-e senlarda? Mana shu artistlar o‘rnida akademik, professor, shifokor yoki o‘qituvchi bo‘lishi mumkin edi.

Teshib chiqsin!

@masofatalim
13.4K viewsedited  06:35
Ochish/sharhlash
2024-04-02 15:26:47
«Najot Ta'lim» va «Cambridge LC» markazlari umumiy qiymati 3,5 mlrd so'mli grant e'lon qiladi!

Har yili Ramazondan Ramazongacha davom etadigan "Kelajak yoshlari" loyihasida bu yil 130 nafar yigit-qizga grant ajratish reja qilingan.

Grant g'oliblari ingliz tili hamda dasturlash yoki grafik dizayn yo'nalishlarida 1 yil davomida bepul ta'lim olishadi.

Ushbu grant uchun ro'yxatdan o'tish 5-aprel soat 23:59 gacha davom etadi. Natijalar Ramazon hayitidan so'ng e'lon qilinadi.

«Kelajak yoshlari» grantiga ro'yxatdan o'tish

Imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Grant uchun ro'yxatdan o'ting va xabarni haqdor insonlarga yetkazib qo'ying.
13.1K views12:26
Ochish/sharhlash
2024-04-02 07:55:15 Bir oyda 1 mln so‘m yutish mumkin bo‘lgan onlayn olimpiada e’lon qilindi

Yoshlar ishlari agentligi va “Mening yurtim” telekanali hamkorligidagi “Mavzu” onlayn olimpiadasi e’lon qilindi. Endilikda fanlar kesimida – matematika, fizika, kimyo, biologiya, tarix, ona tili va adabiyot fanlaridan @mavzubot Telegram botida onlayn olimpiadada ishtirok etish mumkin. G‘oliblar 1 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

@masofatalim
14.4K views04:55
Ochish/sharhlash
2024-03-31 20:42:10
O‘zbek telekanallaridan birining odatiy ahvoli va undagi kontent. Ketchup ichidan tili bilan sharik topish kerak ekan.

Bog‘cha opalardan bolalarga madaniyatni o‘rgatishni talab qilayotgan akalarimiz bo‘sh vaqtlarida O‘zbekiston-24 telekanalidan tashqari mana shu kabi maynavozchiliklarni ommaga olib chiqayotgan telekanallargayam qarab qo‘ysa yaxshi bo‘lardi.

@masofatalim
14.5K views17:42
Ochish/sharhlash