Get Mystery Box with random crypto!

#xushxabar #rasmiy Pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllanil | Magistrlar Official

#xushxabar #rasmiy

Pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan chet tili sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi: TKT va TESOL ham ro'yxatda bor

Ta'lim vazirliklarining Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazilgan (29.05.2024 №3515) yangi qarorining 3-bobida pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi.

Ro'yxatga TKT va TESOL sertifikatlari ham kiritilgan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagoglardan TKT, TESOL, TEFL, TESL sertifikatlari Common European Framework of Reference (CEFR) tizimining B2 sertifikati bilan birgalikda qabul qilinadi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagoglari uchun ustama belgilangan tartibda to‘lanadi.

Barcha TESOL, TEFL, TESL sertifikatlari o‘qituvchi (trener) bilan kamida 100 kontakt soat shug‘ullanishi va kamida 40 soatlik o‘qituvchi-pedagogik amaliyotini qamrab olishi, bunda amaliyot qismi instruktor tomonidan kuzatilib baholanishi zarur.

Ushbu qaror ilovasining 3-bobi rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran ikki oydan keyin kuchga kiradi.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group