Get Mystery Box with random crypto!

Rasman: Nodavlat oliygohlar endi sirtqi ta'limga xohlaganicha | Magistrlar Official

Rasman: Nodavlat oliygohlar endi sirtqi ta'limga xohlaganicha talaba qabul qila olmaydi

2024/2025 o‘quv yili qabulidan boshlab nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining boshqa ta’lim shakllariga umumiy qabul parametri kunduzgi ta’lim shakli uchun belgilangan qabul kvotasidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Ya'ni endilikda nodavlat oliygohlar kunduzgi ta'lim uchun 1000 talaba qabul qilsa, sirtqi va kechki ta'lim shakli uchun ham jami 1000 ta talaba olish imkoniga ega. Undan ortig'i mumkin emas. Masalan: 1000*2=2000

Bu degani nodavlat oliygohlarning umumiy nechta talaba qabul qilishi, uning kunduzgi ta'lim talabalar soniga qarab aniq bo'ladi.

Asos: 24-may kuni PF-81 sonli Prezident farmoni e'lon qilindi

@magistrlarofficial