Get Mystery Box with random crypto!

Vatan Tuyg'usi Agar shu so'zni 16 yoshli Jahongirga aytishgan | Jahongir Nematov | Blog

Vatan Tuyg'usi

Agar shu so'zni 16 yoshli Jahongirga aytishganida, hayoliga birinchi keladigan narsa - zerikarli darslar, bitmas tugamas konspektlar, 45 daqiqa azob bo'lardi

"Otamdan qolgan dalalar", Farg'ona tong otguncha (1-kitob)", "Turkiston qayg'usi" kitoblarini o'qib tushundimki, u o'ta kuchli xisdir.

Poyezd yoki samolyot joyidan qo'zg'alganga ohistalik bilan oilangdan, yurtingdan uzoqlashayotgan payting xis qiladigan g'amginlik, xomushlik - vatan tuyg'usidir.

Chet davlatda yurting bayrog'ini ko'rganda to'kiladigan yosh - vatan tuyg'usidir.

Musofirchilikdan uyga qaytganda, ichingga sig'maydigan xursandchilik - vatan tuyg'usidir.

Vatan tuyg'usi o'rgatilmaydi, o'zidan o'zi paydo bo'lmaydi. Uni topish kerak, izlash kerak. Men ham qidirayapman...

P.S.
Chetga ketganim yo'q. Shunchaki Toshkent-Navoiy poyezdiga o'tirdim )

@jahongirnematov_blog