Get Mystery Box with random crypto!

Har bir odam - sinov Biz biror xislatimiz qanchalik kuchli ek | Jahongir Nematov | Blog

Har bir odam - sinov

Biz biror xislatimiz qanchalik kuchli ekanligini faqat sinash bilan bilamiz.
- Bilim kuchini test, imtihon, savol-javob, baxsda
- Qat'iyatni, mushkul ishni oxirigacha olib borishda
- G'azabni boshqara olishni, kimdir asab qilayotganda
- Rostgo'ylikni, yolg'on gapirish "yoqimli" bo'lgan vaqtda
- Kibrning zaif yoki kuchli ekanligini, kimdir oldizda og'zini ko'pirtirib maqtanayotganda bilamiz. Agar maqtanish musobaqasi boshlanib ketsa, demak, kibr sizda ustun

Bu sinovlar bizga juda zarur. Bu narsa orqali biz o'zimizni taniymiz. Kuragi yerga tegmagan kurashchini, kimdir yiqitsa, (agar farosati bo'lsa) o'z ustida ishlashi kerakligni tushunadi.

Atrofimizdagilar ham biz uchun sinovdir.
- Kimdir bilmasdan yoki atayin asabingizga tegadi
- Kimdir o'zini kuchli ko'rsatish uchun sizni yerga uradi
- Kimdir baxsda yutqazsa, pastkashlik qilib siringiz yoki boshqa baxsga bog'liq bo'lmagan narsa haqida gapiradi
- Kimdir nafsoniyatingizga tegadi

Ularga qanday javob berish kerakligi haqida hech qanday maslahat bera olmayman. Chunki bu vaziyatga bog'liq. Lekin, nima bo'lgan taqdirda ham ular sizga o'zingizni tanishingizda yordam beradi.

P.S.
Undan tashqari bu odamlar biz uchun dars. Boshlig'iga "sig'inayotgan" ishchini, farrosh opani kamsitayotgan odamlarni ko'rib, kitob o'rgata olmaydigan narsani o'rgansa bo'ladi.

Shuning uchun bir o'tirib o'ylab ko'ring. Qanchalik kuchlisiz?

@jahongirnematov_blog