Get Mystery Box with random crypto!

Mustaqillikni Ko'tara Bilish Ba'zi holatlarda Toshkentga bori | Jahongir Nematov | Blog

Mustaqillikni Ko'tara Bilish

Ba'zi holatlarda Toshkentga borib(yoki shaharga borib) buzilib ketgan odamlar haqida eshitamiz. Avval saranjom, tartibli yurgan bo'lsa, uzoqqa ketib yoshlik "gashtini" suradigan bo'ladi; uyga hohlagan vaqtida qaytadi; tirnoq qo'yadi; o'ziga oro beradi ._. ; цепь taqadi va hokazo.

Buning asosiy sababi bunday insonlar mustaqillikni ko'tara olmasligidir. Har qanday ota-ona, opa-aka va o'sha odamning o'zi ham shu narsaga e'tibor berishi kerak. Chunki bu narsa juda yomon holatlarga olib kelishi hammamizga ma'lum

Mustaqillikni ko'tara olmasligiga asosiy sabab esa, bolaning uyda juda qattiq nazoratda ushlanishi. Erkinlik, mustaqil fikrlash yo'q bo'lgan muhitda odam xuddi qamoqda yashayotgandek bo'ladi, va Toshkentga kelgandan keyin "ozodlikka" chiqqan qushdek "parvoz" qiladi.

P.S.
Atrofingizdagilar ko'p narsani o'rgatadi, sizdan biroz diqqatliroq bo'lish talab qilinadi holos.

Juma muborak bo'lsin!

@jahongirnematov_blog