Get Mystery Box with random crypto!

O'rganish fitrati 9 oyli o’g’limni kuzatish eng zavqli mashg’ | Jahongir Nematov | Blog

O'rganish fitrati

9 oyli o’g’limni kuzatish eng zavqli mashg’ulotim

Bolalar bu bosqichda shu darajada tez o’rganadiki har qanday machine learning (sun’iy intellekt) choy ichadi.

U shu paytgacha faqat 3ta holatda: qorni ochganda, chanqaganda yoki uyqusi kelganda yig’lardi.

Endi atrofida o’rganishga yangi hech narsa qolmaganda ham yig’layapti.

Tomosha qilishga, ushlab, og’ziga solib ko’rishga yangi narsa qolmasa avval xo’mrayadi, keyin yig’laydi.

Mutlaqo yangi joyga borib qolsa 20 daqiqa jim bo’ladi.

O’rganib bo’lgach yana yig’i.

Bolalarni qiziqqon bo’lishini bilardim. Lekin bu 1 yoshga to’lmay boshlanishi hayratlanarli.

Meni xulosam: Yangi narsani o’rganishga intilish odam fitratida (gen) bo’lar ekan.

O’rganmay qolsa och qolish bilan barobar darajada siqilish ham fitratimizda.

Demak:
G’amgin bo’lyapmizmi? — Balki ilm olishdan to’xtab qolgandirmiz?

@azizrakhimov_blog