Get Mystery Box with random crypto!

Ekologiya vazirligi | Министерство Экологии | Ministry of Ecology

Telegram kanalining logotibi ecogovuz — Ekologiya vazirligi | Министерство Экологии | Ministry of Ecology E
Telegram kanalining logotibi ecogovuz — Ekologiya vazirligi | Министерство Экологии | Ministry of Ecology
Kanal manzili: @ecogovuz
Toifalar: Hayvonlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.88K
Kanalning ta’rifi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligining rasmiy kanali:

• www.eco.gov.uz
• Facebook.com/ecogovuz
• youtube.com/c/ecogovuz
• twitter.com/ecogouz
• @ecogovuz_bot
Telefon: 998712071107

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 153

2022-09-24 17:56:08 Rasmiy munosabat

Kuni kecha "MY5" telekanalining "Markaziy studiya" dasturi orqali Chirchiq daryosining Bektemir tumanidan o’tuvchi qismidagi qirg’oq bo’yida ayrim tadbirkorlarga tegishli yuk mashinalari va aholi tomonidan maishiy va qurilish chiqindilari tashlab ketilayotgani aks etgan lavha efirga uzatilgan edi.

Bugun ushbu holat Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi va boshqa mutasaddilar tomonidan joyida o’rganildi. Shundan so’ng Bektemir tumani Nurafshon mahalla fuqarolar yig’ini hududidan oqib o'tuvchi Chirchiq daryosi bo’yida to’planib qolgan chiqindixonani tozalash ishlariga kirishildi.

Voqea joyiga chiqindilarni olib chiqish uchun tuman obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi maxsus texnikalar jalb etildi. Tezkor ko’rilgan rejaga ko’ra, ushbu hududdan chiqindilarni to’liq olib chiqarish, aholi va tadbirkorlar o’rtasida bunday holatlarga boshqa yo’l qo’ymaslik uchun muntazam ravishda targ’ibot ishlarini tashkil etish hamda tegishli tartibda videokuzatuv uskunalarini o’rnatish masalalari belgilab olindi.

Davlat ekologiya qoʼmitasi Matbuot xizmati
721 viewsedited  14:56
Ochish/sharhlash
2022-09-24 15:14:59
Shuningdek, ushbu tadbirga uzviy ravishda seminar ham oʼtkazilib, ishtirokchilarga topshirilgan planshetlarning zamonaviy imkoniyatlari, ulardan oʼz vaqtida toʼgʼri foydalanish usullari, bu borada xorijiy tajriba amaliyoti haqida tushuncha berildi.

Аyniqsa, ushbu gadjetlarning ishlatilishi amaliy tarzda mutaxassislar tomonidan aniq misollar asosida koʼrsatib berilganligi seminarning samaradorligini yanada oshirdi.

Seminar yakunida hududiy inspektorlar mavzuga doir oʼzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.

Davlat ekologiya qoʼmitasi Matbuot xizmati
901 views12:14
Ochish/sharhlash
2022-09-24 13:40:01
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʼmitasi tomonidan sohani raqamlashtirish yoʼnalishida ham muhim qadamlar qoʼyilmoqda. Bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida tizimda innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda samarali faoliyat yuritish imkoniyati yaratilayapti.

Davlat ekologiya qoʼmitasi tomonidan hududlardagi inspektorlarga zamonaviy planshetlar topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil qiqlingan tadnirda Qoʼmita raisi N.Oblomuradov mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhit masalasiga ustuvor vazifalardan biri sifatida eʼtibor qaratilayotgan bir paytda sohaning rivoji bevosita zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishga ham bogʼliq ekanini taʼkidladi hamda Qoʼmita tomonidan amalga oshirilayotgan hozirgi koʼlami keng ishlar jarayonida tizimni raqamlashtirishga, xodimlarning ilgʼor texnologiyalar bilan faoliyat yuritishlariga diqqat-eʼtiborda ekanligini qayd etdi.

Batafsil
249 views10:40
Ochish/sharhlash
2022-09-24 13:01:40
Kattaqoʼrgʼon tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʼlimi davlat inspektorlari tuman hududida navbatdagi reyd tadbirlarini olib bordi.

Tadbir davomida aniqlanishicha, tumanning Qoʼshhovuz mahallasida yashovchi fuqaro M.U yuklovchi texnika vositasi yordamida mahalla hududidagi dashtli yer maydonidan qonunga xilof tarzda qum-shagʼal aralashmasini qazib olib, yuk tashuvchi texnika vositalariga yuklayotganligi aniqlandi.

Shu bois, unga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida jarima belgilandi.

Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati
351 views10:01
Ochish/sharhlash
2022-09-24 10:49:54 Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi, "Namanganyo‘lko‘kalam" unitar korxonasi, viloyat karantin inspeksiya xodimlari hamkorligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barpo etilgan yashil hududlar va umumiy foydalanuvdagi ser qatnov yo‘l chetlariga ekilgan daraxt va buta ko‘chatlariga agrotexnik tadbirlari tashkil etildi.

Jarayonda mutaxassislar bergan taklifga asosan, nina bargli archa daraxtlarining unsimon qurtiga qarshi preparatlar bilan suspenziya qilib sepilish ishlari amalga oshirildi.

Namangan viloyatida 2022-yilning bahor oyida 9 milliondan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar ekilib, barcha ko‘chatlarni nazorat qilib borish maqsadida elektron platformaga kiritilgan. Ko‘chatlarni nobud bo‘lishdan saqlab qolish hamda vaqtida agrotexnik ishlov berish maqsadida mutasaddilarga biriktirish ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunga qadar 9 mln ortiq daraxtlar dalolatnoma asosida mutasaddi tashkilotlarga biriktirildi.

Hozirgi kunda viloyat Ekologiya boshqarmasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Kuzgi mavsumda 5 mlndan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar ekish rejalashtirilgan.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati
622 viewsedited  07:49
Ochish/sharhlash
2022-09-24 10:46:27
587 views07:46
Ochish/sharhlash
2022-09-24 10:09:26
E’LON

O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti 2023-yil uchun 11.00.05 - Atrof-muhit muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ixtisosligi bo'yicha doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD) va stajor-tadqiqotchilikka qabul e’lon qiladi.

Батафсил
975 views07:09
Ochish/sharhlash
2022-09-24 09:32:07
“Yashil makon” umummilliy loyihasining joriy kuzgi mavsumiga tayyorgarlik koʼrish doirasida Fargʼona viloyat Ekologiya boshqarmasi hamda Quva tumani Ekologiya boʼlimi davlat inspektorlari tumandagi koʼchatchilik bilan faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subʼektlarida boʼlib, mevali, manzarali va butasimon daraxtlar koʼchatlari zaxirasi bilan yaqindan tanishishdi.

Maʼlum boʼlishicha, tumanda bu yilgi kuz mavsumi uchun 3 milliondan ortiq turli mevali va manzarali hamda butasimon daraxt koʼchatlari zaxirasi mavjud boʼlib, ekish uchun shay holatga keltirilgan.

Fargʼona viloyati Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati
674 views06:32
Ochish/sharhlash
2022-09-24 09:10:17
Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining sinov laboratoriyasiga “Oʼzbekiston akkreditatsiya markaz” DUK tomonidan "Maʼqullash toʼgʼrisida guvohnoma" berildi.

Davlat ekologiya qoʼmitasi tomonidan tizimidagi boshqarma va korxonalarning sinov laboratoriyalarida bosqichma-bosqich aktuallashtirish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu tadbirlar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-iyuldagi 456-sonli “Sinov laboratoriyalarning texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash tartibi toʼgʼrisidagi nizom” hamdategishli davlat standarti talablari asosida yoʼlga qoʼyilgan.

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi sinov laboratoriyasiga "Maʼqullash toʼgʼrisida guvohnoma"ning berilishi bu boradagi saʼy-harakatlarning amaliy bir natijasi boʼldi.

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati
650 viewsedited  06:10
Ochish/sharhlash
2022-09-24 08:50:13
Davlat ekologiya qoʼmitasi hamda Qoʼmita qoshidagi Аtrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti mas'ullari Koreyaning “Geostory” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʼtkazdi.

Uchrashuvda tomonlar suv resurslari sifatini monitoring qilish, shuningdek, monitoring markazini tashkil etish yoʼnalishida qoʼshma loyihani amalga oshirish masalasini muhokama qildilar.

Shuningdek, ikkitomonlama aloqalarni mustahkamlash maqsadida Davlat ekologiya qoʼmitasi qoshidagi Аtrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish ilmiy tadqiqot instituti hamda “Geostory” kompaniyasi oʼrtasida hamkorlik memorandumini imzolashga kelishdilar.
632 views05:50
Ochish/sharhlash