Get Mystery Box with random crypto!

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi, 'Namanganyo‘lko‘kalam | Ekologiya vazirligi | Министерство Экологии | Ministry of Ecology

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi, "Namanganyo‘lko‘kalam" unitar korxonasi, viloyat karantin inspeksiya xodimlari hamkorligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barpo etilgan yashil hududlar va umumiy foydalanuvdagi ser qatnov yo‘l chetlariga ekilgan daraxt va buta ko‘chatlariga agrotexnik tadbirlari tashkil etildi.

Jarayonda mutaxassislar bergan taklifga asosan, nina bargli archa daraxtlarining unsimon qurtiga qarshi preparatlar bilan suspenziya qilib sepilish ishlari amalga oshirildi.

Namangan viloyatida 2022-yilning bahor oyida 9 milliondan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar ekilib, barcha ko‘chatlarni nazorat qilib borish maqsadida elektron platformaga kiritilgan. Ko‘chatlarni nobud bo‘lishdan saqlab qolish hamda vaqtida agrotexnik ishlov berish maqsadida mutasaddilarga biriktirish ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunga qadar 9 mln ortiq daraxtlar dalolatnoma asosida mutasaddi tashkilotlarga biriktirildi.

Hozirgi kunda viloyat Ekologiya boshqarmasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Kuzgi mavsumda 5 mlndan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar ekish rejalashtirilgan.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati