Get Mystery Box with random crypto!

Rasmiy munosabat Kuni kecha 'MY5' telekanalining 'Markaziy st | Ekologiya vazirligi | Министерство Экологии | Ministry of Ecology

Rasmiy munosabat

Kuni kecha "MY5" telekanalining "Markaziy studiya" dasturi orqali Chirchiq daryosining Bektemir tumanidan o’tuvchi qismidagi qirg’oq bo’yida ayrim tadbirkorlarga tegishli yuk mashinalari va aholi tomonidan maishiy va qurilish chiqindilari tashlab ketilayotgani aks etgan lavha efirga uzatilgan edi.

Bugun ushbu holat Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi va boshqa mutasaddilar tomonidan joyida o’rganildi. Shundan so’ng Bektemir tumani Nurafshon mahalla fuqarolar yig’ini hududidan oqib o'tuvchi Chirchiq daryosi bo’yida to’planib qolgan chiqindixonani tozalash ishlariga kirishildi.

Voqea joyiga chiqindilarni olib chiqish uchun tuman obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi maxsus texnikalar jalb etildi. Tezkor ko’rilgan rejaga ko’ra, ushbu hududdan chiqindilarni to’liq olib chiqarish, aholi va tadbirkorlar o’rtasida bunday holatlarga boshqa yo’l qo’ymaslik uchun muntazam ravishda targ’ibot ishlarini tashkil etish hamda tegishli tartibda videokuzatuv uskunalarini o’rnatish masalalari belgilab olindi.

Davlat ekologiya qoʼmitasi Matbuot xizmati