Get Mystery Box with random crypto!

Kattaqoʼrgʼon tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilis | Ekologiya vazirligi | Министерство Экологии | Ministry of Ecology

Kattaqoʼrgʼon tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʼlimi davlat inspektorlari tuman hududida navbatdagi reyd tadbirlarini olib bordi.

Tadbir davomida aniqlanishicha, tumanning Qoʼshhovuz mahallasida yashovchi fuqaro M.U yuklovchi texnika vositasi yordamida mahalla hududidagi dashtli yer maydonidan qonunga xilof tarzda qum-shagʼal aralashmasini qazib olib, yuk tashuvchi texnika vositalariga yuklayotganligi aniqlandi.

Shu bois, unga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida jarima belgilandi.

Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati