Get Mystery Box with random crypto!

“Yashil makon” umummilliy loyihasining joriy kuzgi mavsumiga t | Ekologiya vazirligi | Министерство Экологии | Ministry of Ecology

“Yashil makon” umummilliy loyihasining joriy kuzgi mavsumiga tayyorgarlik koʼrish doirasida Fargʼona viloyat Ekologiya boshqarmasi hamda Quva tumani Ekologiya boʼlimi davlat inspektorlari tumandagi koʼchatchilik bilan faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subʼektlarida boʼlib, mevali, manzarali va butasimon daraxtlar koʼchatlari zaxirasi bilan yaqindan tanishishdi.

Maʼlum boʼlishicha, tumanda bu yilgi kuz mavsumi uchun 3 milliondan ortiq turli mevali va manzarali hamda butasimon daraxt koʼchatlari zaxirasi mavjud boʼlib, ekish uchun shay holatga keltirilgan.

Fargʼona viloyati Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati