Get Mystery Box with random crypto!

Davlat ekologiya qoʼmitasi hamda Qoʼmita qoshidagi Аtrof-muhit | Ekologiya vazirligi | Министерство Экологии | Ministry of Ecology

Davlat ekologiya qoʼmitasi hamda Qoʼmita qoshidagi Аtrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti mas'ullari Koreyaning “Geostory” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʼtkazdi.

Uchrashuvda tomonlar suv resurslari sifatini monitoring qilish, shuningdek, monitoring markazini tashkil etish yoʼnalishida qoʼshma loyihani amalga oshirish masalasini muhokama qildilar.

Shuningdek, ikkitomonlama aloqalarni mustahkamlash maqsadida Davlat ekologiya qoʼmitasi qoshidagi Аtrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish ilmiy tadqiqot instituti hamda “Geostory” kompaniyasi oʼrtasida hamkorlik memorandumini imzolashga kelishdilar.