Get Mystery Box with random crypto!

Abit.uz | Rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi abit_uz — Abit.uz | Rasmiy kanali A
Telegram kanalining logotibi abit_uz — Abit.uz | Rasmiy kanali
Kanal manzili: @abit_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.06K
Kanalning ta’rifi

Abit.uz | Rasmiy sahifasining telegram kanali☑️
Reklama: t.me/m/LyIsVspGM2Uy
@talim_admin
📩 @abitmurojaatbot

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

3

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-02-11 15:49:51
Pomodoro metodi.

— O'rganish uchun dangasalik qilayapsizmi? Vaqtingizni to'g'ri boshqara olmayapsizmi? Unda pomodoro metodi sizga yordam beradi.

— Pomodoro metodi bugungi kunimizning eng samarali time managment metodlaridan biri hisoblanadi.

Batafsil: https://bit.ly/2OJ6Z3x

Barcha Abituriyentlarga tarqating!

Abit.uz — Abituriyent uchun maxsus!
1.2K viewsedited  12:49
Ochish/sharhlash
2023-02-10 18:39:34 Elektron shahodatnomalarni berish tartibi belgilandi!

Hukumat qarori (44–son, 31.01.2023-y.) bilan umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, bitiruvchilarga quyidagi turdagi shahodatnomalar beriladi:

— tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisida shahodatnoma (9-sinf);
— tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi aʼlo darajali shahodatnoma (9-sinf);
— umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma (11-sinf);
— umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida (kumush medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);
— umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi aʼlo darajali (oltin medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);
— psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikat.

Buyurtma berish va shahodatnomani shakllantirish “Elektron shahodatnoma” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Bunda har yili 1-dekabrgacha bitiruvchi haqida tegishli maʼlumotlar platformaga kiritilib, buyurtma shakllantiriladi.

Shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20-iyunga qadar beriladi. Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish orqali bepul yuklab oladi. Shahodatnoma oʻzbek va ingliz tillarida shakllantiriladi.

Barcha Abituriyentlarga tarqating!

Abit.uz — Abituriyent uchun maxsus!
792 viewsedited  15:39
Ochish/sharhlash
2023-02-10 12:27:50
Endilikda texnikum bitiruvchisi, oliy ta'lim muassasasida 2-bosqichdan o‘qishni davom ettirishi mumkin!

2022/2023 o‘quv yili qabulidan boshlab texnikumlarda o‘rta maxsus ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-bosqichdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.

Suhbatga tafsiya etilishi uchun texnikum bitiruvchisi o‘qish davomida o‘zlashtirish baholari "5" va "4", shundan kamida 50 foizi (tibbiyot muassasalari uchun 85 foizi) "5" bo‘lishi lozim.

Suhbat asosida oliy ta'lim muassasasiga qabul qilingan texnikum bitiruvchisi to‘lov kontrakti asosida tahsil oladi!

Barcha Abituriyentlarga tarqating!

Abit.uz — Abituriyent uchun maxsus!
1.4K viewsedited  09:27
Ochish/sharhlash
2023-02-06 19:15:34

Endi abituriyentlarning maktabdagi baholari OTMga kirishda hisobga olinadi. Hukumat qarori (696-son, 19.11.2021-y.) bilan Taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining oʻrtacha koʻrsatkichini hisoblash va uni oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Baholarning oʻrtacha koʻrsatgichi 6-11-sinflardagi yoki 6-9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yigʻindisini oʻqitilgan fanlarga boʻlish orqali chiqariladi.

Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha oʻtkaziladi:

86-100% uchun – 5 baho;
71-85% – 4 baho;
56-70% – 3 baho va 56%gacha – 2 baho.

Ushbu tartib 2022/2023-yil oʻquv yilidan qoʻllaniladi.

Barcha Abituriyentlarga tarqating!

Abit.uz — Abituriyent uchun maxsus!
1.3K viewsedited  16:15
Ochish/sharhlash
2023-02-06 06:46:20 ​​​​​​​Talaba boʻlmoqchimisiz, unda, albatta, oʻqing!

Abituriyent - bu hayotini oʻzgartirish uchun yoʻlga chiqqan shaxs. Hamma ham odam boʻlib tugʻiladi, ammo kimdir inson boʻlib, kimdir odamligicha vafot etadi. Dunyoda birovga yomonlik qilmasdan yashaganing sening yaxshi inson ekanligingdan dalolat emas.

Agar hamma narsaga loqayd boʻlsang, faqat oʻzingni oʻylasang, dangasa, tanbal boʻlsang va hech boʻlmasa, bir marta hayotingni oʻzgartirishga urunib koʻrmasang, insonlikka daʼvo qilma.

Inson uchun doimo harakatda boʻlmoq - tiriklikning belgisi.

Sen bugundan abituriyentsan, bu degani talabalik tomon yoʻl olding. Demak, sen hayotingni oʻzgartirishni xohlaysan. Shunday ekan, quyidagilarni yodda tut:

Hech qachon vaqtim yoʻq dema!
– Hohish boʻlsa, vaqt topiladi. Dunyoni boshqarayotgan mashhurlarning sutkasi senikidan ortiq emas.

Hech qachon eslab qololmayman dema!
— Inson istasa, hammasini yodda saqlaydi, Alloh senga bergan xotiraga shubha qilma. Xotirangni boʻysundir.

Hech qachon tushunmayman dema!
— Dunyoda tushunish qobilyati va ong berilgan yagona tirik jon sensan.

...Davomi audioda

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+rnySOva6ZgpmMjIy
https://t.me/+rnySOva6ZgpmMjIy
419 views03:46
Ochish/sharhlash
2023-02-04 17:31:10 Siz tanlagan yo'nalishingizga 2023-yilda qaysi fanlardan test topshirishingizni ushbu fayl orqali bilib olishingiz mumkin!

Oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi belgilangan tartibda qabul boshlanishidan 6 oy oldin tasdiqlandi!

Abituriyentlarga tarqating!

Abit.uz — Abituriyent uchun maxsus!
1.1K viewsedited  14:31
Ochish/sharhlash
2023-02-04 16:41:54
Testlar qaysi mavzular boʻyicha tuziladi ?

Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarida qoʻllaniladigan test topshiriqlarining boʻlimlar boʻyicha oʻrtacha taqsimoti (2021-yilgi maʼlumot)

Majburiy fanlar:

Ona tili (oʻzbek):
— Orfografiya va punktuatsiya — 40 %;
— Leksikologiya, uslubiyat — 40 %;
— Grammatika — 20 %.

Ona tili (rus):
— Fonetika — 10 %;
— Leksika — 10%;
— Grammatika — 40 %;
— Orfografiya — 40 %.

Ona tili (qoraqalpoq):
— Fonetika — 10 %;
— Leksika — 20 %;
— Grammatika — 40 %;
— Orfografiya — 30 %.

Matematika:
— Sonlar va ular ustida amallar — 40 %;
— Foiz, proporsiya va tenglama — 30 %;
— Geometriya — 30 %.

Oʻzbekiston tarixi:
— Qadimgi va oʻrta asrlar tarixi —35-45 %;
— XVI-XX asr boshlaridagi tarixiy davr — 35-45 %;
— Sovetlar davri va mustaqillik davri tarixi — 20-25 %.


Mutaxassislik fanlari boʻyicha rasmda maʼlumot olishingiz mumkin. 2023-yilgi yangilangan maʼlumotlar hali berilgan emas!

Barcha abituriyentlarga tarqating!

Abit.uz — Abituriyent uchun maxsus!
1.4K viewsedited  13:41
Ochish/sharhlash
2023-01-29 15:37:31
Bugun barcha viliyatlarda ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi

Bilim va malakalarni baholash agentligining
xabar berishicha, 2023-yil 29-yanvar kuni Respublikaning barcha hududlarida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Unda 4 912 nafar talabgor ishtirok etdi va 2 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Natijalar 20 ish kunida e’lon qilinadi

Sertifikat qanday imtiyoz beradi?

Abit.uz — Abituriyent uchun maxsus!
1.7K views12:37
Ochish/sharhlash
2023-01-27 14:21:27 #ibrat

Oʻzingizga ishoning

Bu bola faqat sinf emas, butun maktab boʻyicha eng kambagʻal oiladan edi. Oʻqituvchining jahlini chiqargan narsa ham shu: oʻzi nima ahvolda-yu, “Kim boʻlsam ekan?” mavzusida yetti betli insho yozibdi. Yonida ilova-chizmasi ham bor – yilqichilikka moʻljallangan kattakon ferma. Insho “0” baho bilan egasiga qaytdi. Bola hayron boʻldi. Dars tugagach, oʻqituvchining oldiga oqarib kirib, nega bunday baho qoʻyganini soʻradi. “Yozganlaring yoshingga toʻgʻri kelmaydi. Holingga qarab orzu qilsang boʻlmaydimi? Sen oʻylayotgan ferma uchun katta mablagʻ kerak. Oldin yer sotib olish zarur, keyin otlar, yem-xashak… Xullas, xom xayollaringni qoʻyib, inshoni boshqatdan yoz”. Bola xafa boʻlib uyiga qaytdi. Uzoq oʻylanib oʻtirdi. Ertasiga esa yozganlarini eski holatda oʻqituvchisiga olib bordi: “Siz bahongizni oʻzgartirmang, men esa orzularimni…
”Yillar oʻtdi. Endi nafaqaga chiqqan oʻqituvchi kattakon yilqichilik fermasiga hayratlangancha qarab turar, ichkarida bir paytlar orzulari uchun “0” baho olgan sobiq oʻquvchisi hashamatli uyda oʻtirardi. Roʻparasidagi devorda, kamin ustida esa inshoga ilova qilingan yilqichilik fermasining ramkaga solingan chizmasi bor edi...

P.S.: Oʻzgalarning siz haqida fikrlariga eʼtibor bermang. Asosiysi, oʻzingizga boʻlgan ishonchni yoʻqotmang!

Abit.uz — Abituriyent uchun maxsus!
2.2K views11:21
Ochish/sharhlash
2023-01-25 15:51:22
Oʻqishga kirishda 41 ta imtiyoz bor ekan

Davlat qabul komissiyasining 2022-yil 29-dekabrdagi 10-son majlis bayoni bilan “Davlat OTMlariga kirish uchun berilgan imtiyozlarning yagona REESTRI” tasdiqlandi.

Reestrdan 41 ta imtiyoz turi oʻrin olgan:

1. Imtihonsiz qoʻshimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (15 ta);
2. Imtihonsiz bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (4 ta);
3. Tegishli fan boʻyicha imtihondan ozod etilib, maʼlum miqdorda ball berish boʻyicha imtiyozlar (5 ta);
4. Toʻplangan ballga nisbatan qoʻshimcha ball berish boʻyicha imtiyozlar (2 ta);
5. Qoʻshimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish boʻyicha imtiyozlar (12 ta);
6. Qoʻshimcha imtiyozlar (3 ta).

Shuningdek, reestrda imtiyozlar tasnifi, imtiyoz berilishiga masʼul vazirlik va idoralar, imtiyoz beriladigan abituriyentlar toifasi hamda imtiyoz berilishida huquqiy asos boʻladigan normativ-huquqiy hujjatlar nomlari keltirilgan.

Abit.uz — Abituriyent uchun maxsus!
3.1K views12:51
Ochish/sharhlash