Get Mystery Box with random crypto!

Abit.uz | Rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi abit_uz — Abit.uz | Rasmiy kanali A
Telegram kanalining logotibi abit_uz — Abit.uz | Rasmiy kanali
Kanal manzili: @abit_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.06K
Kanalning ta’rifi

Abit.uz | Rasmiy sahifasining telegram kanali☑️
Reklama: t.me/m/LyIsVspGM2Uy
@talim_admin
📩 @abitmurojaatbot

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

3

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-01-24 17:39:05Rasman: Avgust oyiga qadar har oyda 1 martadan chet tili imtihonlari tashkil etiladi

Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berishicha, Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari 2023-yilning 1-yarmi davomida har oyda bir marotaba tashkil etiladi.

Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar pastdagi rasmda keltirilgan.

Eslatib o'tamiz, chet tilini bilish bo'yicha B2 darajaga ega abituriyent kirish imtihonlarida chet tili blokidan ozod etiladi va unga shu blok bo'yicha maksimal ball qo'shib beriladi.

Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
3.1K views14:39
Ochish/sharhlash
2023-01-23 11:02:15 Endi 600.000 emas 1.100.000 so'mlik onlayn testga start beramiz!

Sovuq, qahraton kunlarda Oliygoh.uz jamoasi, qaynoq yutuqli test mavsumini davom ettiradi!

OLIYGOH.UZ platformasi abituriyentlar uchun navbatdagi yutuqli imtihonga start berdi.

Endilikda abituriyentlar barcha yo'nalishlardan DTM standartidagi Blokli navbatdagi 18-DIAGNOSTIK IMTIHONda ishtirok etib, ko'plab pulli yutuqlarga ega bo'lishi mumkin.

Umumiy yutuq: 1.100.000 so'm

Bosh sovrin: 300 ming
2-o'rin: 200 ming
3-o'rin: 100 ming

Shuningdek, yana 10 ishtirokchiga, ya'ni 4-o'rindan 13-o'ringacha 50.000 so'mdan pul yutuqlari taqdim etiladi.

Siz ham imtihonda albatta qatnashing va yutuqlarga ega bo'ling. Pul yutuqlari Click/Payme orqali g'oliblarga taqdim etiladi va ushbu kanalda e'lon qilinadi!

Test vaqti: 25-yanvar
Ishtirok etish BEPUL
Imtihonda ishtirok etish

Test afzalliklari:
DTM standartidagi savollar
Asosiy va majburiy fanni tanlash
Barcha fanlardan blok test
To'g'ri javoblar tahlili
Umumiy natijalar mandati
Barcha ishtirokchilarga sertifikat

Eng muhimi, test yakunida qaysi oliygohga kirishingiz mumkinligi haqida tahliliy ma’lumotlar beriladi.

Testda qatnashish:
http://t.me/oliygoh_bot?start=1
http://t.me/oliygoh_bot?start=1
3.7K views08:02
Ochish/sharhlash
2023-01-22 18:18:27 Xullas ertadan "Jonlayn" darslar boshlanadi

Anomal sovuq hammaga har xil taʼsir qilyapti... Oʻzingizni asrang azizlar ))

Ertaga kech qomasdan boring "jonlayn" darsga

Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
3.9K viewsedited  15:18
Ochish/sharhlash
2023-01-22 17:02:22
Harbiy daraja unvonlarini bilasizmi?

Safdor kim? Leytenantda nechta yulduzcha bo'ladi? Kapitan, Mayor, Generallardachi?

Ushbu videoda ichki ishlar organlarining daraja unvonlari tushuntirib berilgan.

Hamma bilishi kerak. Tarqatib yuboring!

Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
3.4K views14:02
Ochish/sharhlash
2023-01-21 09:05:12 Rasman: Talabalar uchun o‘qish 23-yanvardan boshlanadi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 23-yanvardan barcha oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-o‘quvchilari uchun dars mashg‘ulotlari anʼanaviy tarzda boshlanishini maʼlum qildi.

Bungacha ijtimoiy tarmoqlarda 1-fevralgacha onlayn shaklda o‘qish bo‘lishi haqida mish-mishlar tarqab yurgandi. Demak, bu yolg‘on ekanligi rasman xabar qilindi.

Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
3.6K views06:05
Ochish/sharhlash
2023-01-21 08:35:58 ERTAGA ONLAYN TEST: YUTUQ 600.000

OLIYGOH.UZ platformasi abituriyentlar uchun yutuqli imtihon e'lon qiladi.

Umumiy sovrin: 600.000 so'm

Ertaga abituriyentlar DTM standartidagi 17-DIAGNOSTIK IMTIHONda ishtirok etib, ko'plab pulli yutuqlarga ega abo'lishi mumkin.

Siz ham imtihonda albatta qatnashing va yutuqlarga ega bo'ling!

Ishtirok etish BEPUL
Imtihonda ishtirok etish

BLOK TEST barcha fanlardan bo'lib o'tadi. O'zingizga mos yo'nalishni tanlang:

Ingliz tili + Matematika
Ingliz tili + Ona tili
Kimyo + Biologiya
Matematika + Ingliz tili
Matematika + Ona tili
Matematika + Fizika
Ona tili + Ingliz tili
Ona tili + Matematika
Ona tili + Rus tili
Ona tili + Tarix
Tarix + Geografiya
Tarix + Ingliz tili
Tarix + Ona tili
Biologiya + Ona tili
Biologiya + Kimyo
Kimyo + Matematika
Geografiya + matematika
va boshqa yo'nalishlar

Test afzalliklari
➞ DTM standartidagi savollar
➞ asosiy fan + majburiy fanni tanlash
➞ barcha fanlardan blok test
➞ to'g'ri javoblar tahlili
➞ umumiy natijalar mandati
➞ Maxsus esdalik sertifikati

Eng muhimi, test yakunida qaysi oliygohga kirishingiz mumkinligi haqida tahliliy ma’lumotlar beriladi.

Test kuni: 22-yanvar (yakshanba)
Test mazili: @OLIYGOH_BOT
Qatnashish: Mutlaqo BEPUL

Testda qatnashish:
http://t.me/oliygoh_bot?start=
http://t.me/oliygoh_bot?start=
3.4K views05:35
Ochish/sharhlash
2023-01-18 15:47:58
#Talabaga_qulaylik

Aviaqatnovlarga ham chegirmalar muddati uzaytirildi

Uzbekistan Airways talabalar uchun respublika bo‘ylab amalga oshiriladigan ichki aviaqatnovlarga 50% chegirma muddatini 2023-yil 23-yanvarga qadar uzaytirdi. 18-yanvarga qadar chegirma asosida xarid qilingan aviachiptalarni 23-yanvargacha rejalashtirilgan aviaqatnovlarga bepul qayta bron qilishga ruxsat etiladi.

Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
1.1K views12:47
Ochish/sharhlash
2023-01-17 15:32:52 #Tezkor

Rasman: Chiptalar uchun chegirma muddati cho'zildi!

Chiptalar bepul almashtirib beriladi.

Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarga o‘quv grafiklarini moslashtirgan holda amalga oshiriladi.

Nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan shakllarda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin. Bunda, barcha talaba va o‘quvchilarga nazorat ishlarida ishtirok etishlariga imkoniyat yaratiladi.

Shuningdek, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalari uchun qishgi ta’til muddati uzaytirilishi munosabati bilan temiryo‘l poyezdlariga qo‘shimcha joylar soni yanada ko‘paytirilib, xarid qilingan yo‘l chiptalari bepul almashtirib beriladi. Bundan tashqari, tezyurar va yo‘lovchi poyezdlarga chiptalarning ekonom sinfi tarifi qiymatidan 50 foizli chegirma sotuvi muddati ham uzaytiriladi.

Barcha temiryo‘l kassalarida talaba-o‘quvchilar avval xarid qilgan chiptalarini boshqa sanaga almashtirishlari yoki ta’til yakunlanguniga qadar chegirma bilan sotib olishlari mumkin bo‘ladi.

Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
1.3K viewsedited  12:32
Ochish/sharhlash
2023-01-17 07:20:11 Toshkent shahridagi bog‘cha va maktablar, shuningdek oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida qishki ta’til 22-yanvarga qadar uzaytirildi (bungacha 18-yanvargacha edi).

O‘quv mashg‘ulotlari 23-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.


Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
1.3K viewsedited  04:20
Ochish/sharhlash
2023-01-14 07:28:05
14-yanvar bilan QIZLAR

Hammaga bayram muborak boʻlsin shunchaki yaxshi kayfiyat sizlarga...

Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
668 viewsedited  04:28
Ochish/sharhlash