Get Mystery Box with random crypto!

Abit.uz | Rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi abit_uz — Abit.uz | Rasmiy kanali A
Telegram kanalining logotibi abit_uz — Abit.uz | Rasmiy kanali
Kanal manzili: @abit_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.06K
Kanalning ta’rifi

Abit.uz | Rasmiy sahifasining telegram kanali☑️
Reklama: t.me/m/LyIsVspGM2Uy
@talim_admin
📩 @abitmurojaatbot

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

3

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2022-12-03 13:22:57 Xususiy oliygohlarning litsenziyasi borligini qayerdan tekshirsam bo‘ladi?

Javob: Odatda oliygohlar litsenziyalarini binoning kirish qismiga ilib qo‘yishadi. Consultinglar esa sizga elektron (pdf, jpg) qilib tashlab berishlari yoki oflayn ko‘rsatishlari mumkin. Siz litsenziyadagi QR kodni scaner qilish orqali haqiqiy yoki soxta ekanligini tekshirishingiz mumkin. Eng afzal yo‘li – taʼlim inspeksiyasining rasmiy web-sayti www.tdi.uz orqali litsenziyalangan oliy ta'lim tashkilotlarining ro'yxatini bilan tanishsangiz bo'ladi.

Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
1.3K viewsedited  10:22
Ochish/sharhlash
2022-12-02 19:38:01
#Qabul

Magistraturaga qishki qabul 20-dekabrdan boshlanadi. Xorijiy til sertifikati albatta boʻlishi kerak, faqat minimal daraja hozircha talab etilmaydi

2022/2023 oʻquv yili uchun davlat OTMlari magistraturasiga qishki qabul 2022-yil 20-dekabrdan 2023-yil 10-yanvarga qadar (shu kuni ham) magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn boʻlib oʻtadi.

Tanlov natijalari bakalavriat diplomning oʻrtacha ballari asosida aniqlanadi. Yaʼni bu safar ham kirish imtihonlari boʻlmaydi.

Xorijiy sertifikat boʻyicha istisno qilinadi!

Istisno tariqasida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar (C1 yoki B2 sertifikatidan tashqari boshqa darajadagi) sertifikatga ega talabgorlar ham ishtirok etishiga ruxsat etildi.

Muhim jihati oʻqishga qabul qilingan talabalar oʻqishi davomida talab etilgan sertifikatni qoʻlga kiritishi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat etilmaydi.

Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
899 viewsedited  16:38
Ochish/sharhlash
2022-12-02 14:15:01POYEZDLARGA 50% CHEGIRMA

Respublika oliy ta‘lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki ta’til mobaynida mahalliy yo‘nalishdagi temiryo‘l qatnovlari uchun 50% chegirma e'lon qilindi.

Chegirmalar 22.12.2022-yildan 10.01.2023-yilgacha amal qiladi.

Chiptalarni sotib olish uchun pasport va talabalik guvohnomasi bilan temir yo‘l kassalaridan yoki chipta.railway.uz sayti orqali xarid qilishishingiz mumkin.

Qo’shimcha ma’lumotni Aloqa markazining 1005 raqami orqali bilishingiz mumkin.

Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
1.4K views11:15
Ochish/sharhlash
2022-12-02 12:57:01
Kuchli ma'noga ega bo'lgan video: 2+2=5

Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
1.5K views09:57
Ochish/sharhlash
2022-12-02 12:27:24
Toshkentdagi RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI 2022/2023 yil qabuli davom etadi!

Bakalavrda ta’lim yo‘nalishlari:
— Maktabgacha ta'lim
— Boshlang'ich ta'lim
— Matematika va Informatika
— Ona Tili va Adabiyoti
— Psixologiya
— Tarix
— Sport
— Milliy G'oya
— Xorijiy til va adabiyoti     
— Iqtisodiyot
— Buxgalteriya hisobi va Audit
— Bank ishi va Auditi
— Sug'urta ishi
— Soliqlar va soliqqa tortish
— Axborot tizim va texnologiyalari
— Turizm
— Xalqaro Munosabatlar
— Dizayn
— Kadastr

Sirtqi ta’lim: 12.8 mln so‘mdan.
Ta’lim turi: Sirtqi va kunduzgi.

Qo'shimcha qulayliklar:
Xorijdagi o'qishni ko'chirish (2-3 kursga)
2-mutaxassislikda o'qish imkoni!

Onlayn hujjat topshirish

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998555067007
+998555068008
+998333500005
+998330300005

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod AVENUE

Instagram | Telegram | Sayt | Lokatsiya
1.5K views09:27
Ochish/sharhlash
2022-12-01 19:30:53
Nima uchun yangi darsliklar test sinovlariga tayyorlanish uchun tavsiya etilmagan?

2022-yil 28-oktabr kuni Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati joylashtirildi. Unda 2022-2023-o‘quv yilida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ta’lim tizimiga 6-, 7- va 10-sinflar uchun yangi joriy etilgan o‘quv dasturlari asosida yaratilgan darsliklar keltirilmagan.

Qayd etish kerakki, umumta’lim maktablarini joriy o‘quv yilida bitiradigan o‘quvchilar 6-, 7- va 10-sinflar uchun yangi joriy etilgan o‘quv dasturlari va ular asosida yaratilgan yangi darsliklar asosida ta’lim olmagan. Shu sababli 2023-yilda o‘tkaziladigan OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlari ro‘yxatida yangi darsliklar keltirilmagan.

Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
1.9K views16:30
Ochish/sharhlash
2022-12-01 15:00:01
IELTS 5.0 sertifikati o‘qishga kirishda imtiyoz beradimi?

"Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №395 qarori qabul qilingan.

Qarorga ko‘ra, 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab chet tili fani nechinchi blok bo‘lishidan qat’iy nazar maksimal ball olishni istasangiz, sizdan IELTS sertifikat uchun kamida 5.5 daraja talab etiladi. Toshkent davlat yuridik universiteti uchun ham umumiy IELTS 5.5 (bunda writing qismi ham 5.5 bo‘lishi kerak) talabi qo‘yilgan.

Demak, IELTS 5.0 ballga ega abituriyent davlat OTMlariga kirishda alohida imtiyozga ega emas. Kamida 5.5 bo‘lishi kerak!

Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
2.1K views12:00
Ochish/sharhlash
2022-12-01 13:37:16
Bu yerda "1-dekabr qishning birinchi kuni muborak bo'lsin!" degan rasm bo'lishi mumkin edi )

Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
2.0K viewsedited  10:37
Ochish/sharhlash
2022-11-30 20:42:02
Imtihon topshirish xarajati qoplab beriladigan xalqaro imtihon tizimlari!

2021-yil 1-maydan IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT kabi 5 ta; 2022-yil 1-yanvardan esa arab, xitoy, fransuz, rus, ispan, koreys, yapon, italyan, turk va nemis tillari bo‘yicha 13 ta xalqaro imtihon tizimlarida (jami 18 ta) yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlari kompensatsiya qilib berilmoqda.

Mazkur tizim raqamlashgan boʻlib, xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishgan yoshlar my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborishlari mumkin.

Batafsil maʼlumot

Hozirda bu imkoniyatdan foydalanganlar - 9133 nafar bo'lib, kompensatsiya qilib berilgan mablagʻ - 16,2 mlrd soʻmni tashkil qilmoqda.

Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
2.3K views17:42
Ochish/sharhlash
2022-11-30 17:26:57
#qulaylik

@eduuzuniversalbot yangilandi

Unda talabalar va abituriyentlarni 2022-yil qabuli bo‘yicha qiziqtirgan eng muhim maʼlumotlarni oson topish mumkin.

BAKALAVR:
2022-2023 o‘quv yili o‘tish ballari (yo‘nalishlar bo‘yicha);
Fanlar majmuasi—2022;
Qabul kvotalari—2022 (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy);
Darsliklar ro‘yxati - 2023;
OTM haqida maʼlumotlar (joylashgan manzili, sayt va ijtimoiy tarmoqlari, undagi mavjud yo‘nalishlar v.h).

MAGISTRATURA:
Fanlar majmuasi—2022;
Qabul kvotalari—2022
Oʻtish ballari—2021 (OTM kesimida).

Shuningdek:

Xorijiy hamda nodavlat OTMdan oʻqishni koʻchirish boʻyicha 2022-yil uchun oʻtish ballari;
Professional taʼlim muassasalari va akademik litseylar haqida maʼlumot, ularga 2022/2023-oʻquv yilida oʻqishga qabul qilish boʻyicha kvotalar va fanlar majmuasini bilishingiz mumkin.

@eduuzuniversalbot biz sanamagan yana koʻplab qulayliklarga ega.

Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1.8K views14:26
Ochish/sharhlash