Get Mystery Box with random crypto!

Abit.uz | Rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi abit_uz — Abit.uz | Rasmiy kanali A
Telegram kanalining logotibi abit_uz — Abit.uz | Rasmiy kanali
Kanal manzili: @abit_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.06K
Kanalning ta’rifi

Abit.uz | Rasmiy sahifasining telegram kanali☑️
Reklama: t.me/m/LyIsVspGM2Uy
@talim_admin
📩 @abitmurojaatbot

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

3

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-01-03 08:37:10
Yaxshi qaror: Toshkentdagi jami 31 ta OTMda dars 9:30dan boshlanadi

Poytaxt metropolitenida yoʻlovchi oqimini toʻgʻri taqsimlash, talabalarning oʻz vaqtida dars mashgʻulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida bekatlarga yaqin joylashgan oliy taʼlim muassasalarining maqbullashtirilgan ish grafigi tasdiqlandi.

Unga koʻra, 2023-yil 9-yanvardan yuqoridagi ro‘yxatda keltirilgan taʼlim maskanlari talabalari oʻzgargan grafik asosida darslarga qatnasha boshlaydi.

Ma‘lumot uchun, 9-yanvar dushanba kuni qishki taʼtil tugab, dars jarayonlari boshlanadi. 5-yanvardan esa talabalar turar joyi oʻz ishini boshlaydi.

@abit_uz
928 viewsedited  05:37
Ochish/sharhlash
2022-12-30 17:55:00 Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан:

- Ачилбай Жуманиязович Раматов Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг ўринбосари лавозимига;

- Джамшид Анварович Кучкаров Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг ўринбосари лавозимига;

- Жамшид Абдухакимович Ходжаев Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг ўринбосари лавозимига;

- Зулайхо Бахриддиновна Махкамова Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг ўринбосари лавозимига;

- Шерзод Давлятович Кудбиев Ўзбекистон Республикаси иқтисодиёт ва молия вазири лавозимига;

- Лазиз Шавкатович Кудратов Ўзбекистон Республикаси инвестициялар, саноат ва савдо вазири лавозимига;

- Бобир Фархадович Исламов Ўзбекистон Республикаси
тоғ-кон саноати ва геология вазири лавозимига;

- Батир Иркинович Закиров Ўзбекистон Республикаси
қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазири лавозимига;

- Бехзод Анварович Мусаев Ўзбекистон Республикаси камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазири лавозимига;

- Иброхим Юлчиевич Абдураҳмонов Ўзбекистон Республикаси олий таълим, фан ва инновациялар вазири лавозимига;

- Хилола Уктамовна Умарова Ўзбекистон Республикаси
мактабгача ва мактаб таълими вазири лавозимига;

- Азиз Абдукахарович Абдухакимов Ўзбекистон Республикаси табиат ресурслари вазири лавозимига;

- Адхам Ильхамович Икрамов Ўзбекистон Республикаси ёшлар сиёсати ва спорт вазири лавозимига;

- Шерзод Хотамович Шерматов Ўзбекистон Республикаси рақамли технологиялар вазири лавозимига;

- Озодбек Ахмадович Назарбеков Ўзбекистон Республикаси маданият ва туризм вазири лавозимига;

- Жўрабек Турсунпулатович Мирзамаҳмудов Ўзбекистон Республикаси энергетика вазири лавозимига;

- Амрилло Шодиевич Иноятов Ўзбекистон Республикаси соғлиқни сақлаш вазири лавозимига тасдиқланди.

Manba

Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
904 viewsedited  14:55
Ochish/sharhlash
2022-12-30 16:14:51
#tayinlov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Ibrohim Yo‘lchiyevich Abdurahmonov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlandi va shu munosabat bilan Innovatsion rivojlanish vaziri lavozimidan ozod etildi.

Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
418 views13:14
Ochish/sharhlash
2022-12-29 19:33:21
Mamatqul Azizov — qahramon!

“Док-1 Макс” dori vositalari xavfli ekanini xalqqa oshkor qilgan inson shu kishi — Mamatqul Azizov bo‘ladilar. Ammo Sog‘liqni saqlash vazirligi uning o‘zini ishdan bo‘shatib yubordi.

Shu inson sabab hozir “Док-1 Макс” nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda, boshqa davlatlarda ham sotuvdan olinmoqda. Mamatqul Azizov haqida qidirib, ko‘proq narsalarni bildik va endi aniq ayta olamizki, aslida bu kishi qahramon!

Sog‘liqni saqlash vazirligidagilar necha yillik shunday shifokorni, professorni ishdan bo‘shatib, uning o‘rniga yaxshi kadrni qayerdan topmoqchi? Aslida, ishdan bo‘shatilishi va iste’fo berishi kerak bo‘lganlarni tepadan qidirish kerak. Shunday shifokorni nohaq ishdan bo‘shatganlarning o‘zini bo‘shatish kerak!

Takror va takror aytamiz: Mamatqul Azizov — kasbining haqiqiy fidoyisi, sohaning eng bilimli insoni, qahramon!

@masofatalim
423 views16:33
Ochish/sharhlash
2022-12-29 14:16:30
Rayono” va “oblono” kabi tashkilotlarni yo‘q qilishni istayapman – Shavkat Mirziyoyev

Ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan uchrashuv chog‘ida davlat rahbari o‘qituvchilar faoliyatiga xalal beruvchi tizimlar haqida gapirdi.

Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
1.1K views11:16
Ochish/sharhlash
2022-12-29 11:06:48
Jahon tillari rektori Ulugʻbek Botirovich Azizov ishdan ketdi

Rasman:
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan:

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining rektori Ulugʻbek Botirovich Azizov;

Buxoro muhandislik-texnologiya institutining rektori Nusratullo Rajabovich Barakayev lavozimidan ozod qilindi.

Abit.uz — Abituriyentar uchun maxsus!
1.5K viewsedited  08:06
Ochish/sharhlash
2022-12-25 13:28:59
Akademik ta’til o‘quv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatlarga beriladi:

harbiy xizmatni o‘tash uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan harbiy xizmatni o‘tash muddatiga;

homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga (MK 233-234-moddalar);

salomatligini tiklash hamda oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun — keyingi yilning talaba tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmagan semestri boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga (agar mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq talaba akademik ta’til muddatiga ta’limning mavjud sirtqi, masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga o‘tkazilsa, navbatdagi semestrning boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga).

Bunda, qayd etilgan muddatlardan biri talabaning arizasiga muvofiq OTM rektori (direktori) tomonidan belgilanadi.

Talabaga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.

Abit.uz — Abituriyentar uchun maxsus!
760 viewsedited  10:28
Ochish/sharhlash
2022-12-24 20:13:20
Davlat test markazi tugatilmoqda

Davlat test markazi vazirlik huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi sifatida qayta tashkil etilmoqda.

BMBA vs DTM? ) (tizim o'zgararmikin?)

Abit.uz — Abituriyentar uchun maxsus!
1.1K viewsedited  17:13
Ochish/sharhlash
2022-12-24 20:03:07 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi endi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi tashkil etilmoqda.

Vazirlik huzuriga quyidagilar o‘tkazildi:

1) Innovatsion rivojlanish vazirligi negizida Innovatsion rivojlanish agentligi tashkil etilgan holda;

2) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi negizida Bilim va malakalarni baholash agentligi tashkil etilgan holda;

3) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi.

Abit.uz — Abituriyentar uchun maxsus!
1.1K viewsedited  17:03
Ochish/sharhlash
2022-12-23 16:54:36 Oʻzbekistonliklar yangi yil bayramida necha kun dam olishadi?

Joriy yilgi Yangi yil bayramida ish haftasining davomiyligidan qatʼi nazar barcha xodimlar ketma-ket 4 kun dam olishadi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.

Demak:

31 dekabr — shanba (Prezidentning oʻtgan yilgi farmoni asosida 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni);

1 yanvar — yakshanba (Yangi yil bayrami);

2 yanvar — dushanba (ish haftasidan qatʼi nazar barcha uchun qoʻshimcha dam olish kuni);

3 yanvar — seshanba (6 kunliklar uchun qoʻshimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 7 yanvar – shanba kunidan koʻchirilgan dam olish kuni).


30 dekabr (juma) va 4 yanvar (chorshanba) kunlari ish kuni boʻladi.


Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
973 viewsedited  13:54
Ochish/sharhlash