Get Mystery Box with random crypto!

#ibrat Oʻzingizga ishoning Bu bola faqat sinf emas, butun ma | Abit.uz | Rasmiy kanali

#ibrat

Oʻzingizga ishoning

Bu bola faqat sinf emas, butun maktab boʻyicha eng kambagʻal oiladan edi. Oʻqituvchining jahlini chiqargan narsa ham shu: oʻzi nima ahvolda-yu, “Kim boʻlsam ekan?” mavzusida yetti betli insho yozibdi. Yonida ilova-chizmasi ham bor – yilqichilikka moʻljallangan kattakon ferma. Insho “0” baho bilan egasiga qaytdi. Bola hayron boʻldi. Dars tugagach, oʻqituvchining oldiga oqarib kirib, nega bunday baho qoʻyganini soʻradi. “Yozganlaring yoshingga toʻgʻri kelmaydi. Holingga qarab orzu qilsang boʻlmaydimi? Sen oʻylayotgan ferma uchun katta mablagʻ kerak. Oldin yer sotib olish zarur, keyin otlar, yem-xashak… Xullas, xom xayollaringni qoʻyib, inshoni boshqatdan yoz”. Bola xafa boʻlib uyiga qaytdi. Uzoq oʻylanib oʻtirdi. Ertasiga esa yozganlarini eski holatda oʻqituvchisiga olib bordi: “Siz bahongizni oʻzgartirmang, men esa orzularimni…
”Yillar oʻtdi. Endi nafaqaga chiqqan oʻqituvchi kattakon yilqichilik fermasiga hayratlangancha qarab turar, ichkarida bir paytlar orzulari uchun “0” baho olgan sobiq oʻquvchisi hashamatli uyda oʻtirardi. Roʻparasidagi devorda, kamin ustida esa inshoga ilova qilingan yilqichilik fermasining ramkaga solingan chizmasi bor edi...

P.S.: Oʻzgalarning siz haqida fikrlariga eʼtibor bermang. Asosiysi, oʻzingizga boʻlgan ishonchni yoʻqotmang!

Abit.uz — Abituriyent uchun maxsus!