Get Mystery Box with random crypto!

Abit.uz | Rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi abit_uz — Abit.uz | Rasmiy kanali A
Telegram kanalining logotibi abit_uz — Abit.uz | Rasmiy kanali
Kanal manzili: @abit_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.06K
Kanalning ta’rifi

Abit.uz | Rasmiy sahifasining telegram kanali☑️
Reklama: t.me/m/LyIsVspGM2Uy
@talim_admin
📩 @abitmurojaatbot

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

3

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2022-12-10 13:20:29 https://t.me/shakhdarmanov_me
922 views10:20
Ochish/sharhlash
2022-12-10 11:44:55
DTM imtihoni uchun
BARCHA FANLARDAN onlayn tayyorgarlik testiga start berildi!

Ertaga, 11-dekabr kuni 20:00 da DTM standartidagi onlayn imtihonda ishtirok eting va bilimingizni sinovdan o'tkazing!

Ishtirok etish BEPUL
Imtihonda qatnashish

BLOK TEST barcha fanlardan bo'lib o'tadi. O'zingizga mos yo'nalishni tanlang:

Ingliz tili + Matematika
Ingliz tili + Ona tili
Kimyo + Biologiya
Matematika + Ingliz tili
Matematika + Ona tili
Matematika + Fizika
Ona tili + Ingliz tili
Ona tili + Matematika
Ona tili + Rus tili
Ona tili + Tarix
Tarix + Geografiya
Tarix + Ingliz tili
Tarix + Ona tili
Biologiya + Ona tili
Biologiya + Kimyo
Kimyo + Matematika
Geografiya + matematika
va boshqa yo'nalishlar

Test sizga nima beradi ?

barcha fanlardan blok test
➞ javoblar tahlili
➞ umumiy natijalar mandati
➞ DTM standartidagi savollar
➞ asosiy fan + majburiy fanni tanlash

Eng muhimi, test yakunida qaysi oliygohga kirishingiz mumkinligi haqida tahliliy ma’lumotlar beriladi.

Roʻyxatdan oʻtish

Edu - ta'lim yangiliklari
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
835 views08:44
Ochish/sharhlash
2022-12-08 18:56:22 ​Dunyodagi eng qisqa 11 ta hikoyani bilasizmi? Ularning hajmi kichik, mazmuni esa juda katta yechimga ega! Marhamat ular bilan tanishib chiqing, ma'nosini tushinishga harakat qiling!

1-hikoya: Hayrat
U xotinining qotiliga sut ichirardi.

2-hikoya: Robiya
Ey, Xudoyim, yaqinda tug‘iladigan ukam ham qiz bo‘lishini xohlardim. O‘shanda biz buvijonim bilan birga yashardik…

3-hikoya: Eng qisqa hikoya
Haydovchi tamaki tutatdi va qancha yoqilg’i qolganini bilish uchun benzin bakiga egildi. Marhum atigi 23 yoshda edi.

4-hikoya: Qasd va xalos
Jonimga qasd qilish uchun o’zimni pastga tashladim Keyin fikrimdan qaytdim.

5-hikoya: E’lon
Siniq derazaning sirtiga yozilgandi: Yangi oila qurganlar.

6-hikoya: Tarjimai hol
Avvallari mening tekis yuzim, burma ko’ylagim bor edi, hozir esa… aksi.

7-hikoya: Umid
“… Biz boshqa hech qachon uchrashmaymiz! Boshqa hech qachon to‘qnash kelmaymiz! Boshqa hech qachon ko‘zlarimiz ko‘zlarimizga tushmaydi…
Ko‘rishguncha…”

8-hikoya: Gunohkor
U haqiqiy gunohkor edi. Chunki bir yuz yigirma to’rt ming suvoriydan yolg’iz ugina urushdan vataniga sog’-omon qaytdi.

9-hikoya: Optimist
– Yangi poyabzal sotib olganimda doim bitta qo‘shimcha bog‘ichga ega bo‘lishimni o‘ylab, quvonaman. Umuman kiyilmaydigan ikkinchi poy haqida esa o‘ylamaslikka urinaman…

10-hikoya: 6 so’zli hikoya
Sotiladi. Chaqaloq tuflichasi. Biror marta kiyilmagan.

11-hikoya: Qo’rquv
-Endi uxla, toychog’im,- ona shunday deb chiroqni o’chirdi. – Oyi! O’chirmang, iltimos. Qorong’ilikdan juda qo’rqaman! – dedi ko’zlari ojiz bolakay.

Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
1.9K viewsedited  15:56
Ochish/sharhlash
2022-12-05 19:36:48Endi hokimlarning yordamchilari oliygohga imtihonsiz, davlat granti asosida qabul qilinadi!

Yangi qaror loyihasiga ko‘ra, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan hokim yordamchilarini davlat oliy ta’lim muassasalari iqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida sirtqi ta’lim shaklida o‘qitish xarajatlarini moliyalashtirish davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.

O‘qishga qabul qilish Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tavsiyanomasi asosida, keyinchalik ushbu tizimda besh yil ishlab berish sharti bilan iqtisodiyot sohasi bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari sirtqi ta’lim shakliga suhbat natijalariga asosan amalga oshiriladi.

P/s: Siz hokim yordamchisi emassiz. Shunday ekan, chalg'imasdan o'qishga tayyorlanishda davom etavering )

Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
733 views16:36
Ochish/sharhlash
2022-12-05 13:15:52 To'langan kontrakt pulidan 12% qaytarib olishni bilasizmi? Xattoki xususiy universitetdan ham! Xattoki, ta'lim kreditidan ham!

Aytaylik, siz yillik 10 mln so'm kontrakt to'lagan bo'lsangiz, bemalol 1.2 mln so'mni qaytarib olishingiz mumkin. 4 yilda 40 mln to'lagan bo'lsangiz, demak 4.8 mln so'mni qaytarib olishingiz mumkin!

Soliq chegirmasini olish uchun to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi:

o‘z mablag‘lari;
jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari.

To‘lov ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda yillik daromad to‘g‘risidagi deklarasiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.

Soliq chegirmasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlash uchun quyidagilar taqdim etiladi:

to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi;
bank bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
OTM hisob raqamiga pul mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
pasport nusxasi va talabaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi.

Huquqiy asos: lex.uz/docs/-4674902

Eslatma: Bu qaytarib olinayotgan pul aslida davlatga har oy oylik olganda oyligingizdan ushlab qolinadigan (podoxod) soliqlaringizdir. Agar siz rasmiy ishda ishlamagan bo'lsangiz, yoki qaytarib olishingiz kerak bo'lgan summaga mos soliqni davlatga to'lamagan bo'lsangiz bu imkoniyatdan umuman yoki to'la foydalana olmaysiz.

Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
1.6K views10:15
Ochish/sharhlash
2022-12-05 10:17:11
Rasman: Qishki ta’til 26-dekabrdan

OTM talabalari va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 2022-yilning 26-dekabridan 2023-yilning 9-yanvariga qadar etib belgilandi.

OTMlarning talabalar turar joylari 2023-yil 5 yanvardan faoliyatini boshlaydi. Zaruriyat tufayli vaqtliroq keladigan talabalar shunga qarab reja tuzishlari mumkin.

Maʼlumot uchun, talabalarga poyezd chiptalari 50% arzon sotilmoqda. Ammo uzunquloq gaplarga qaraganda temir yo'l kassalarida chegirmali chiptalar allaqachon tugab bo'lgan.

Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
832 viewsedited  07:17
Ochish/sharhlash
2022-12-04 21:58:22
Oliy ta'limni ma'naviy xastaliklariga barham berish kerak. Buning uchun rahbar shaffof bo'lishi kerak!

Abduqodir Toshqulov

Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
1.5K views18:58
Ochish/sharhlash
2022-12-04 18:27:23 Akademik litseylarda o'qishni ko'chirish mumkinmi?

Albatta mumkin

"Akademik litseylarga umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini tanlab olish, o‘qishga qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish va o‘qishdan chetlatish tartibi to‘g‘risidagi" nizomni tasdiqlash haqidagi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-martdagi 212-son qarori mavjud. Unga ko'ra:

O‘quvchilar o‘qishini bir akademik litseydan boshqasiga ko‘chirish bo‘yicha arizalar yozgi ta’til davrida 20-iyundan 20-iyulgacha qabul qilinadi.

O‘quvchilar o‘qishini bir ta’lim muassasasi doirasida ta’limning turdosh va mos yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘chirish akademik litsey direktorining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.

O‘quvchilar o‘qishini turdosh va mos yo‘nalishlar bo‘yicha bir ta’lim muassasasidan boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ruxsati bilan amalga oshiriladi.

O‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi o‘quvchining hujjatlar yig‘ma jildi bir hafta muddatda akademik litsey direktori tomonidan oliy ta’lim muassasasining yo‘llanma xati asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etiladi.

Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
1.8K viewsedited  15:27
Ochish/sharhlash
2022-12-04 07:55:33 #tonggi_motivatsiya

Garvard universiteti talabalarini ilhomlantirgan oltin qoidalar

1. Agar hozir uxlasang, albatta, orzuingni tush ko‘rasan. Agar uxlash o‘rniga o‘qishni tanlasang, orzuingni amalga oshirasan.

2. Endi kech bo‘ldi, deb o‘ylay boshlaganingda, aslida, hali erta bo‘ladi.

3. Bilim olishning azobi - o‘tkinchi. Ilmsizlik azobi – abadiy.

4. Bilim olish bu vaqt emas. Bilim olish – shijoat.

5. Hayot – bu faqat bilim olish emas; Agar sen hayotning bilim olish qismidan ham o‘ta olmadingmi, unda qo‘lingdan nima keladi?

6. Shijoat va g‘ayrat rohat baxsh etishi mumkin.

7. O‘z ishini hammadan avval tamomlaydigan, o‘z ishiga chin dildan yondashadigangagina haqiqiy omad kulib boqadi.

8. Hammaga ham zafar quchish nasib etmaydi. Ammo muvaffaqiyat o‘zini o‘zi mukammal qilishga intiladigan va qat’iyatli bo‘lganlargagina nasib etadi.

9. Vaqt - oqar suv.

10. Bugungi irodasizlik ertangi ko‘z yoshga aylanadi.

11. Kelajakka nimadir olib o‘tadigan insonlar realistlardir.

12. Maoshingning hajmi bilim saviyang darajasiga mutanosibdir.

13. Bugun hech qachon qaytarilmaydi.

14. Dushmanlaring ham ayni damda kitob bilan band.

15. Ter to‘kmasang, pul topmaysan.

Yaqinlaringizga yuborib qo'ying!

Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
440 views04:55
Ochish/sharhlash
2022-12-03 18:22:40
Mohirdev’dan 100 foizli chegirma

3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Mohirdev imkoniyati cheklangan insonlarga barcha kurslarni bepul taqdim etadi. Unda nogironlik guvohnomasiga ega istalgan fuqaro qatnashishi mumkin.

Batafsil ma’lumot: mohirdev.uz/imkoniyat

Unutmang, imkoniyatingiz aslo cheklanmagan.
873 views15:22
Ochish/sharhlash