Get Mystery Box with random crypto!

Endi abituriyentlarning maktabdagi baholari OTMga kirishda his | Abit.uz | Rasmiy kanali



Endi abituriyentlarning maktabdagi baholari OTMga kirishda hisobga olinadi. Hukumat qarori (696-son, 19.11.2021-y.) bilan Taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining oʻrtacha koʻrsatkichini hisoblash va uni oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Baholarning oʻrtacha koʻrsatgichi 6-11-sinflardagi yoki 6-9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yigʻindisini oʻqitilgan fanlarga boʻlish orqali chiqariladi.

Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha oʻtkaziladi:

86-100% uchun – 5 baho;
71-85% – 4 baho;
56-70% – 3 baho va 56%gacha – 2 baho.

Ushbu tartib 2022/2023-yil oʻquv yilidan qoʻllaniladi.

Barcha Abituriyentlarga tarqating!

Abit.uz — Abituriyent uchun maxsus!