Get Mystery Box with random crypto!

Abit.uz | Rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi abit_uz — Abit.uz | Rasmiy kanali A
Telegram kanalining logotibi abit_uz — Abit.uz | Rasmiy kanali
Kanal manzili: @abit_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.06K
Kanalning ta’rifi

Abit.uz | Rasmiy sahifasining telegram kanali☑️
Reklama: t.me/m/LyIsVspGM2Uy
@talim_admin
📩 @abitmurojaatbot

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

3

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2022-12-16 09:00:16
TOP-500 ro'yxatdagi oliygohlarni bitirib O'zbekistonda ishlayotgan kadrlar oyligiga qo'shimcha 22.5 mln so'mgacha ustama beriladi

Xorijning yuqori TOP-500 nufuzli oliy ta'lim massasalarini tamomlab yoki ularda ilmiy daraja olib O'zbekiston davlat tashkilotlarida ishlayotgan kadrlarga qancha ustama berilishi maʼlum qilindi.

Prezidentning "Yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va ularni ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmoni ko'ra, xalqaro reytinglarga kirgan OTMni tugatgan yosh kadrlarga 12 million soʻmgacha, ilmiy daraja olganlarga esa 22,5 million soʻmgacha har oy ustama beriladi.

Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
1.5K views06:00
Ochish/sharhlash
2022-12-16 08:01:06
Samarqand xalqaro texnologiya universitetida tahsil olishni istovchi yoshlar uchun ajoyib yangilik

SXTU 2023-yil 1-fevralda boshlanadigan bahorgi semestr uchun abituriyentlarga quyidagi qo‘shimcha imkoniyatlarni taqdim etadi.

Hujjatlar 2023-yilning 10-yanvargacha qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari 2023-yil 16-20-yanvar kunlari universitetda matematika fanidan (maktab o'quv dasturi asosida) va ingliz tili fanidan (suhbat) xorijlik professor-o'qituvchilar tomonidan o‘tkaziladi.

Darslar 2023-yil 1-fevraldan boshlanadi.

Maxsus til bilish sertifikatiga ega bo‘lmagan abituriyentlar SXTU talabasiga aylangach, ular uchun bepul ingliz tili kurslari tashkil etiladi.

Onlayn hujjat topshirish: http://siut.uz/ru.request.html

Batafsil

Manzil: Samarqand shahri, Spitamen shoh ko‘chasi, 270-uy

Murojaat uchun: +99855 705-50-05
+99897 575-48-29

Telegram | Facebook | Instagram | Sayt
160 views05:01
Ochish/sharhlash
2022-12-15 12:11:03Hoy abituriyent, TEST ISHLA VA PUL ISHLA

Endilikda abituriyentlar DTM standartidagi DIAGNOSTIK IMTIHONda ishtirok etib, ko'plab pulli yutuqlarga ega bo'lishi mumkin:

Bosh sovrin: 500 ming so'm.

Bonus sovrinlar: 9 ta, jami 1 mln 150 ming so'mlik PULLIK yutuqlar mavjud!

— Siz ham ushbu imkoniyatdan foydalanib DTM standartidagi onlayn imtihonda ishtirok eting!

Ishtirok etish BEPUL
Imtihonda qatnashish

BLOK TEST barcha fanlardan bo'ladi.

Test afzalliklari
➞ DTM standartidagi savollar
➞ asosiy fan + majburiy fanni tanlash
➞ barcha fanlardan blok test
➞ to'g'ri javoblar tahlili
➞ umumiy natijalar mandati
➞ Maxsus esdalik sertifikati

Eng muhimi, test yakunida qaysi oliygohga kirishingiz mumkinligi haqida tahliliy ma’lumotlar beriladi.

Testda qatnashish:
@OLIYGOH_BOT

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+rnySOva6ZgpmMjIy
https://t.me/+rnySOva6ZgpmMjIy
273 views09:11
Ochish/sharhlash
2022-12-14 21:20:43 #murojaat

Birgalikda holis niyatda, faqat savob ilinjida bir talabaga kontrakt pulini to'lashda yordam bera olamizmi? Haqiqatdan qiynalgan bir oilaning to'ng'ich farzandi, oila boquvchisi yagona otasi, onasi esa uy bekasi. Rostan sharoiti og'ir, kontrakt pulini to'lashga imkoniyati yo'q va ilojsizlikdan o'qishni tashlab ketmoqchi.

Bilasiz kontrakt to'lashning so'nggi kuni 10-dekabr etib belgilangan edi, shu sababli ham kontraktning 50% qismi tezlikda to'lanishi kerak, yo'qsa talaba o'qishini davom ettira olmaydi.

Barcha ma'lumotlar tekshirilgan va bunga 100% ishonishingiz mumkin. Talaba ma'lumotlari oshkor qilinmaydi. Lekin so'nggida kontrakt to'langanligi haqida hisobotni kanalga tashlab qo'yaman albatta.

Yordam qo'lini cho'zmoqchi bo'lganlar ushbu karta raqamiga pul o'tkazishlari mumkin:

9860 1901 0138 6844
Karta: Javohir Sharipov nomida

Savol, taklif va murojaatlar uchun
@mille_me ga yozishingiz mumkin)

Alloh ehsoningizni qabul qilsin!
1.1K views18:20
Ochish/sharhlash
2022-12-14 10:24:49
Urush tufayli Oʻzbekistonga Rossiyaning ayrim shaharlaridan oʻzbekistonlik talabalarni oʻqishini koʻchirishga ruxsat berildi

Davlat komissiyasining bayonlari bilan quyidagi hududlardan Oʻzbekiston fuqarolarining oʻqishini Oʻzbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida koʻchirishga ruxsat berilgan:

Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlari (7-son bayoni bilan)

Qrim va Sevastopol hududlari (8-son bayoni bilan)

Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
955 viewsedited  07:24
Ochish/sharhlash
2022-12-11 15:33:38
#ibratli_rolik

Bolalar o‘z ota-onalarini tanlay olmaydilar...

Siz ular tanlashni xohlagan ota-ona bo‘ling!

Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
1.3K views12:33
Ochish/sharhlash
2022-12-11 10:20:12

Maktab oʻquvchilari uchun qishki taʼtil 28-dekabrdan boshlanadi

Taʼtil 2023 yilning 10-yanvarigacha davom etadi.

Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
769 viewsedited  07:20
Ochish/sharhlash
2022-12-11 09:43:54
Diplomingizni dublikatini onlayn olishingiz mumkin

Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat (diplom) dublikatlarini olish istagini bildirgan fuqarolarga onlayn murojaat qilish imkoniyati yaratildi.

Endilikda fuqarolarning ta’lim muassasalariga borishlariga hojat qolmadi.

Fuqaro Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali onlayn yoki oʻziga yaqin joydagi Davlat xizmatlari markazlariga borib diplom dublikatini olish uchun soʻrovnomani toʻldiradi, ortiqcha hech qanday hujjat talab etilmaydi.

Murojaat etilgan kundan boshlab o‘n ish kunida vakolatli organdan diplom dublikatini olib ketishi yoki fuqaro pochta xizmatidan foydalangan taqdirda o‘n besh ish kunida uning yashash manziliga yetkazib berilishi mumkin.

Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
913 views06:43
Ochish/sharhlash
2022-12-10 13:42:19 IELTS topshiruvchilar uchun ajoyib taklif:

Batafsil t.me/OlimjonsIELTS/14598
1.0K viewsedited  10:42
Ochish/sharhlash
2022-12-10 13:20:39
#Madhiya30
Bugun, 10-dekabr – Davlatimiz madhiyasi qabul qilingan kun!

Milliy o‘zligimiz, vatanga muhabbat, xalqimizning asriy orzulari, buguni va kelajagi aks etgan davlatimiz madhiyasi 1992-yil, 10-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida qabul qilingan.

Madhiya – qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uyg‘otadi. Bu milliy timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, ziynati, orzu-o‘yi, maslak-maqsadi mujassam.

Jamoamiz nomidan sizni chin qalbimdan tabriklayman!

Abit.uz — Abituriyentlar uchun maxsus!
1.1K views10:20
Ochish/sharhlash